Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446

Ko'z tegishi bor narsami? (birinchi maqola)

1.12.2020   4764   7 min.
Ko'z tegishi bor narsami? (birinchi maqola)

Gohida odamlar orasida “falonchini ko'zi tegdi. U kelib-ketganidan keyin ahvolim og'irlashib qoldi” degan gap-so'zlar quloqqa chalinib qoladi. Ayni voqe'likda ham bu kabi hodisalarga ko'p bora to'qnash kelamiz. Halqimiz orasida ko'z tegishi va uning ayanchli oqibatlari xaqidagi hodisalar zarbulmasal bo'lib ketgan. Shuning uchun bo'lsa kerak, odamlar ko'z tegishidan saqlanish maqsadida turli chora-tadbirlarni qo'llaydilar. Kimlardir xonadonining kirish yo'laklariga taqa qoqib qo'yadi, kimlardir boshqa allanimalarnidir osib qo'yadi.  Ayrimlar isiriq ilib qo'yadi va hokazo.  Ayrim onalar shirintoy bolachalarning beshigiga oyati karimalar yozilgan qog'ozlarni tumor qilib osib qo'yadilar. Yoki ularning yuz va peshonalariga qandaydir chiziqlar chizib qo'yadilar. Bulardan maqsad ushbu shirintoylarni ko'rgan odamning ilk nigohi mana shu chiziqlarga tushishi uchundir. Undan tashqari xalqimiz orasida “ko'zi bor odam bir engini orqaga qayirib yursin” degan so'z ham ma'lum va mashhur.

Bu masala qadim-qadimdan davom etib kelayotgan jarayon bo'lgani uchun ham hech kimga sir emas. 

Bu kabi ishlar orasida bola beshigiga tumor yoki ko'zmunchoq  taqish masalasi ancha ixtiloflidir. Umuman olganda tumor,  isiriq, ko'zmunchoq kabi narsalarni osib qo'yib aynan shulardan najot kutish, mana shu narsalar bizni balo-qazolardan saqlaydi, deb e'tiqod qilish shirk amali hisoblanadi.

Masalan dori ichgan odam ham dorini “Alloh taoloning izni bilangina shifo bo'ladi” degan e'tiqod bilan iste'mol qilishi kerak. Aks holda bu ish ham isiriq masalasiga uxshab shirk tomoniga aylanib ketishi mumkin. Ayrim odamlar mozorlarga borib u erni tuprog'idan olib kelib nimalardir qilishlari, turli yolg'onchi azayimxonlarning eshigiga zir yugurishlari, qora tovuq, qizil xo'roz suyish kerak deyishlari, “haftaning falon kuni u ishni qil, falon kuni bu ishni qil” qabilidagi yondashuvlarning barchasi bid'at xurofotlardir. 21-asrning madaniyatli kishisi uchun uyatli tushuncha emasmi!?  

Bu aytganlarimiz ayrim odamlarni ko'z borasidagi bugungi  yondashuvlari bo'lib u kabi ishlarni hammasini ham shar'an to'g'ri deb bo'lmaydi, albatta. Aslida boshqa masalalarda bo'lgani kabi ko'z tegishi borasida ham  Kitob va Sunnatda shariatimizning aniq ko'rsatmalari vorid bo'lgan. Ko'z tegishiga oid  hodisalar sahobalarning  hayotida ham tez-tez sodir bo'lib turar edi. Ammo sahobalar ularni muolajasi uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga murojat qilar va bu boradagi ko'rsatmalariga qat'iy amal qilar edilar. Ulamolarimiz mavzuga oid barcha dalillarni o'rganib chiqib, ko'z tegishi haqiqat ekanini takidlaydilar. Uning muolajasi borasida ham Kitob va Sunnatda bir qator ko'rsatmalar vorid bo'lgan bo'lib ulamolarimiz ularni batafsil bayon qilganlar. Demak ko'z tegishi shariatda tan olingan holat bo'lib ayni paytda undan saqlanish choralari, bordi-yu tegib qolsa uni bartaraf qilish yo'llari ham aniq ko'rsatib o'tilgan. Biz quyida,  mazkur ko'z tegishi borasida vorid bo'lgan shariy dalillarni o'rganib chiqamiz.

Ko'z tegishi haqiqat ekaniga Kitob va Sunnatdan dalillar 

Qur'oni karimning xabar berishicha, Yoqub alayhissalom o'g'illarini Misrga jo'nata turib ularga shunday nasihat qiladilar:

“U: «Ey o'g'illarim, bitta eshikdan kirmanglar, turli eshiklardan kiringlar. Men sizlardan Allohning hech narsasini qaytara olmayman. Hukm qilish faqat Allohning O'ziga xosdir. Ungagina tavakkal qildim. Tavakkal qilguvchilar faqat Ungagina tavakkal qilsinlar», dedi.

Otalari amr etgan tomondan kirdilar. Zotan, bu ulardan Allohning hech bir narsasini qaytara olmas edi. Magar Ya'qubning ko'nglidagi ehtiyoj bo'lib, uni qondirdi, xolos. Albatta, u Biz ta'lim berganimiz tufayli bilim sohibi edi. Lekin ko'pchilik odamlar bilmaslar (Yusuf, 67-68).

Mufassirlarimiz jumladan Hafiz ibni Kasir rohimahulloh ushbu ikki oyati karima haqida  Yoqubalayhissalomningbuerdaginasihatlariulargako'ztegishidanqo'rqqanlariuchun. Chunki Yoqib alayhissalomning o'g'illari ko'rkam va ko'zga tashlanib turar edi. Zero ko'z otliqni otdan yiqitishi haqdir” deydilar.     

Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Ko'z tegishi haqdur” (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Ko'z odamni qabrga, tuyani esa qozonga tushiradi”.

Buxoriy va boshqa muhaddislarimizning keltirishlaricha, Rasululloh  sollallohu alayhi vasallam nevaralari Hasan va Husayn roziyallohu anhumolarning haqiga quyidagi lafzlar bilan duo qilar edilar:

“Har ikkalangiz uchun ham Alloh taoloning mukammal so'zlari bilan shayton va uning barcha yomonliklaridan va barcha hasadgo'y ko'zdan panoh so'rayman”. Rasululloh  sollallohu alayhi vasallam ushbu duoni qilib bo'lib shunday dedilar:“Ibrohim (alayhissalom) ikki o'g'li Ismoil va Ishoq(alayhimahassalom)lar haqiga ushbu so'zlar bilan duo qilar edi”.

Anas ibni Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladi:

“Rasululloh  sollallohu alayhi vasallam ko'z tegishi, zaharli hashoratlarning chaqishi va yara-chaqalar paydo bo'lishida ruqyaga ruxsat (maxsus oyatlarni terib o'qib dam urish) berdilar”.   

Ko'z haqida bulardan tashqari ham bir qancha mutavotir darajadagi xadisi shariflar vorid bo'lgan bo'lsada biz aytib o'tilganlari bilan kifoyalanamiz. Kelgusida Rasululloh  sollallohu alayhi vasallamning undan saqlanish va xalos bo'lish borasidagi ko'rsatmalarini ham o'rganib chiqamiz.  

(davomi bor)

Toshkent shahridagi

"Umar ibn Hattob" masjidi imom noibi

Tohir Vohid

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Dunyo tarixidagi eng yaxshi ummat

9.01.2025   1255   10 min.
Dunyo tarixidagi eng yaxshi ummat

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Hech shubha yo‘qki, xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning o‘limlariga sabab bo‘lgan hodisalardan tortib hazrati Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhuning o‘limlarigacha bo‘lgan davrda bo‘lib o‘tgan hodisalar Islom uchun, musulmon ummati uchun misli ko‘rilmagan musibat bo‘ldi.

Ushbu hodisalar tufayli musulmon ummati o‘rtasida bo‘linish yuz berdi. O‘sha paytgacha bir tanu bir jon bo‘lib, butun dunyoga Islom nurini taratib kelayotgan, butun insoniyatga xayru barakani ulashib kelgan dunyo tarixidagi eng yaxshi ummat ichida darz paydo bo‘ldi. Avvallari bu ummat vakillari ixtilof nimaligini bilmas edilar. Vaqti kelib, ular avval ikkiga, keyinroq uchga bo‘linib ixtilof qildilar. Xuddi o‘sha mash’um hodisalar tufayli boshlangan bu bo‘linishlar sekin-asta davom etib, musulmon ummatining sog‘lom tanasi ichidan turli-tuman toifalar chiqdi. Shiy’a, rofiza, xavorij va shunga o‘xshash boshqa har xil toifalarning kelib chiqishi aynan ana shu hodisalardan boshlangan edi.

Mazkur hodisalar tufayli musulmon ummati avval hokim shaxs haqidagi ba’zi mulohazalar bilan bahs boshlagan bo‘lsa, oxiri kelib iymon va kufr borasida bahs qiladigan, bir-birini kufr­ga ketganlikda ayblaydigan darajaga yetdi.

Ushbu hodisalar, avvalo, fitnachilarning hazrati Usmonga u kishi ishga qo‘ygan ba’zi voliylar haqida shikoyat qilishlari bilan boshlangan edi. Oxiri kelib xorijiylar o‘zlariga muxolif bo‘lganlarni, hatto hazrati Aliydek zotni kofirlikda ayblay boshlashdi. Tabiiyki, qarshi tomondan ham o‘ziga yarasha javob bo‘ldi.

Ushbu hodisalar tufayli musulmon ummati ichida bir-birining qonini o‘zi uchun halol bilish va bir-birini o‘ldirishni ravo ko‘rish boshlandi.

Birinchi marta fitnachilar hazrati Usmon roziyallohu anhuning qonlari va mollarini o‘zlariga halol hisoblab, u kishini o‘ldirib, mollarini talashdi. Ana shu nobakorlik oqibatida ishlar rivoj topib, «Tuya hodisasi»da, «Siffin»da bir necha o‘n minglab kishi halok bo‘ldi. Xorijiylar bilan bo‘lgan alohida hodisalarni qo‘shadigan bo‘lsak, bu hisob yana ham ortadi.

Bir tanu bir jon bo‘lib, dunyo xalqlarini birin-ketin bandalarning bandalarga sig‘inishidan Allohning ibodatiga, noto‘g‘ri dinlarning jabridan Islomning adolatiga, dunyo torligidan oxirat kengligiga, johiliyat zulmatlaridan Islom nuriga chiqarayotgan ummat bir-birini Robbiga ibodat qilishdan chiqarish, bir-biriga jabr qilish, Islomning kengligidan ixtilof torligiga, Islom nuridan jaholat zulmatiga o‘ta boshladi.

Ushbu hodisalar tufayli musulmon ummatining guli, yetakchi kuchi bo‘lmish sahobai kiromlarning ko‘pchiligi nobud bo‘ldilar. Ularning ma’naviy kuchlariga futur yetdi.

Ushbu hodisalar tufayli musulmon ummati boshiga tushgan musibatlarni birma-bir sanab chiqish nihoyatda og‘ir ish. Shuning uchun bu borada gapni qisqa qilganimiz ma’qul.

Endi ijozatingiz bilan mazkur hodisalarga baho berish haqida bir necha og‘iz so‘z.

Bu hodisalar bo‘lib turgan vaqtlarning o‘zidayoq ularga baho berish boshlangan. Unda har bir tomon o‘zini haq, o‘zgani nohaq deb bilgan. Tarafkashlik bo‘lib turgan joyda bundan boshqa narsa bo‘lishi mumkin ham emas. Ammo mazkur hodisalarga baho berish ular bo‘lib o‘tganidan keyin nihoyatda avj olgani kutilmagan hol. Ushbu hodisalar bo‘lib o‘tgandan keyin turli sabablarga ko‘ra ularni baholash, «kim nima qilgan-u, kim nima qilmagan, aslida nima qilish kerak edi», kabi mavzularda munozaralar qizib ketgan. Bu borada har kim o‘sha to‘palonlar yuz bergan vaqtdagi har bir harakat va sakanot, har bir og‘iz gap va so‘zdan o‘z fikrini qo‘llashga, o‘zganing fikrini rad qilishga dalil izlagan. Tarafkashlik va nizo olovida qizib ketib, dalil topa olmay qolgan paytlarda o‘zidan qo‘shib yuborishlar bo‘lmaganiga esa hech kim kafolat bera olmaydi.

Tarafkashlik avj olgan joyda har kim o‘zining haq ekanini isbot qilishga urinib, o‘zida bo‘lmagan yaxshi sifatlarni bemalol da’vo qilganidek, o‘zida bo‘lgan salbiy sifatlarni taraddudsiz inkor etadi. Shu bilan bir vaqtda, qarshi tarafning barcha yaxshiliklarini inkor etgan holda, barcha yomonliklarni unga ag‘daradi. Mana shu jarayonda nima bo‘lsa bo‘ladi.

Islom ummati yolg‘on nima ekanini bilmas edi. Ammo fitnachilar o‘z qilmishlarini xaspo‘sh­lash, odamlarni ortlaridan ergashtirish maqsadida bu ummat ichiga «yolg‘on» degan illatni olib kirishdi. Jumladan, ular: «Bizga Aliydan xat keldi» «Bizga Oishadan xat keldi», «Bizga falonchidan xabar keldi» «U debdi», «Bu debdi» degan yolg‘onlarni ham tarqatishgan edi.

Fitnachilar mazkur mash’um hodisalar o‘tib ketganidan keyin ham o‘z tarafini olib, o‘zgani tanqid qilishda davom etaverishdi. Bu narsalar asta-sekin avj ola boshladi. Tarafkashlikda uchiga chiqqan tomonlar esa o‘z gaplarini tasdiqlash uchun oyat va hadislarni nohaq ta’vil qilganlari yetmagandek, yolg‘onlar to‘qib, hatto ularga hadis sifatini berishgacha yetib borishdi.

Ammo mas’ul kishilar, ulamolar bu nobakorlikni darhol bo‘g‘ib tashlash yo‘liga o‘tdilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga oid barcha rivoyatlar yaxshilab himoya qilindi. Hadislarning darajalarini aniqlashning mustahkam qoidalari ishlab chiqildi. Bu borada fitnachilarning fitnasi o‘tmadi.

Ammo tarixchilar keltirgan rivoyatlarga bu qadar e’tibor qaratilmadi, chunki tarix haqidagi rivoyatlar din va e’tiqod masalalari bo‘yicha rivoyatlar ahamiyatiga ega emas, degan o‘y bor edi. O‘sha paytlarda bo‘lib o‘tgan hodisalar haqidagi rivoyatlar to‘plandi. Ammo ularni saralash va yaroqsizini tashlab yuborish ishlari qilinmadi. Bu narsa ayniqsa hukmdorlik uchun o‘zaro kurash olib borgan toifalarga qo‘l keldi. Ular turli asossiz rivoyatlardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish bilan birga, yetmay qolgan joylariga o‘zlaridan qo‘shib yuborishdi.

Asta-sekin sahobai kiromlarga til tekkizish boshlandi. Til tekkan sahobiyning tarafdorlari o‘ziga yarasha javob berishdi. Har kim o‘zi ergashgan shaxsni ulug‘lashga o‘tdi.

Ayniqsa, hazrati Aliy roziyallohu anhu haqlarida bunga o‘xshash gap-so‘zlar ko‘p uchraydi. Ba’zi g‘uluvga ketgan toifalar u zotni ilohlik darajasigacha ko‘targan bo‘lishsa, xorijiylarga o‘xshash kimsalar: «Kufrga ketdi», deyishgan.

Yana boshqa bir toifalar hazrati Aliy roziyallohu anhuning taraflarini olish maqsadida u zotni mazlum qilib ko‘rsatishga urinib, bosh­qa bir nechta katta sahobalarni esa kofirga chiqarib qo‘yishgan.

Bu masalalarga bag‘ishlangan majlislar, janjallar bo‘ldi, kitoblar yozildi, xutbalar o‘qildi. Nima bo‘lsa bo‘ldi, lekin ixtilof ko‘payib boraverdi.

Nihoyat, musulmonlar jumhuri – ahli sunna val ja­moa bu masalada ijmo’ ila eng adolatli va so‘nggi nuqtani qo‘ydi: orada bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz hodisalarda hazrati Aliy va u zotning ta­rafdorlari haq bo‘lganlar. Ular haqida boshqacha gap bo‘lishi mumkin emas. Bunga dalil va hujjatlar yetarli. Ularning eng ishonchli va kuchlisi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan sahih hadislardir. Xususan, Ammor ibn Yosir roziyallohu anhu va Zul Sadyaynining hazrati Aliy roziyallohu anhuning fazilatlari haqidagi, kelajakda bo‘ladigan fitnalar haqidagi hadislari fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Orada bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz hodisalarning aybdorlari Ibn Saba’ boshliq fitnachilar va xorijiylardir, barcha qilingan gunohlar ularning bo‘ynida. Ular haqida boshqa gap bo‘lishi mumkin emas.

Fitnachilar asosan Misr, Basra va Kufada tuxum qo‘yib, urchib ketishdi. Fitnaning bosh qarorgohi Misr edi. Uning Islom jamiyatining markazidan uzoqda joylashgani, u yerda haqiqiy ulamolarning, xususan, sahobalarning kam bo‘lgani va boshqa shunga o‘xshash omillar fitnachilarning o‘z fikr-mulohazalarini avom xalqqa yetkazishlariga katta imkon berar edi.

Orada bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz hodisalarda fitnachilarga ham, hazrati Aliy roziyallohu anhuga ham qo‘shilmagan, balki u zotga talab qo‘yib, talabi bajarilgandagina bay’at qilishlarini ayt­gan toifa ham bor edi. Ularning gaplari va qilgan ishlari «Tuya» va «Siffin» hodisalaridan hammamizga ma’lum. Ushbu toifaning mashhur shaxslari sifatida Talha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom, Muoviya ibn Abu Sufyon va Amr ibn Os roziyallohu anhumni eslash mumkin. Ahli sunna val jamoa musulmonlari ularni: «Xato ta’vil va ijtihod qilganlar», deb baholaydi. Ular haqoratlanmaydilar, yomonlanmaydilar. Balki sahobiy bo‘l­ganlar boshqa sahobai kiromlar bilan bir qatorda ko‘riladi.

Ulamolarimiz va musulmonlar jumhuri bu ishda g‘oyatda talabchan bo‘lgani sababli bu haqda har bir musulmon shaxs e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan narsani aqiyda kitoblarimizga bitib ham qo‘yganlar.

Jumladan, ahli sunna val jamoaning eng mash­hur aqiyda kitoblaridan biri bo‘lmish «Aqiydai Tahoviyya»da quyidagilar aytiladi:

«Biz ularning hammalari haqida yaxshilik bilan: «Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o‘tgan birodarlarimizni mag‘firat qilgin, iymon keltirganlarga nisbatan qalbimizda g‘ashlik qilmagin. Robbimiz, albatta, Sen o‘ta shafqatlisan, o‘ta rahmlisan», deymiz (Hashr surasi, 10-oyat).

Alloh taolo bizning qo‘llarimizni o‘z vaqtida bo‘lib o‘tgan fitnadan asragan. Biz Allohdan tillarimizni ham mazkur fitnadan saqlashini so‘raymiz».

«Islom tarixi» birinchi juzi asosida tayyorlandi

Maqolalar