Besh musulmon mamlakati raqamli hamkorlik tashkilotini tuzdi.
Saudiya Arabistoni aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi Twitterdagi o'z mikroblogida xabar berishicha, Qirollik tashkilotga rahbarlik qiladi.
"Dunyo raqamli transformatsiyaga e'tiborini qaratgan bir paytda, biz barcha uchun raqamli kelajakni amalga oshirish uchun raqamli hamkorlik bo'yicha tashkilotni tashkil etishdan faxrlanamiz", - ta'kidladi muassasa boshlig'i Abdulloh Al-Svaxaning so'zlarini keltiradi RIA Novosti.
Islam-today ma'lumotlariga ko'ra, Bahrayn, Quvayt, Saudiya Arabistoni, Pokiston va Iordaniya raqamli hamkorlik tashkilotiga a'zo bo'lishdi. Mamlakatlar yangi tashkilotni "2020 yildan keyin Yaqin Sharq mintaqasida ayollar, yoshlar va tadbirkorlarning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishi va innovatsiyalar orqali ilgarilash uchun raqamli kelajakning paydo bo'lishiga yo'naltirishini kutmoqdalar".
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati