Niger poytaxti Niameyda shu yil 27-28 noyabr' kunlari bo'lgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a'zo davlatlar tashqi ishlari vazirlari 47 anjumanining yakuniy sessiyasida chadlik diplomat Husayn Ibrohim Toha Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) ning yangi Bosh kotibi etib saylandi. Shundan so'ng u qasamyod qabul qildi.
IHTga a'zo 57 davlat vakillari Husayn Tohani saudiyalik Yusuf Al-Usaymin o'rniga IHT Bosh kotibi etib sayladi. U 2021 yil 17 noyabrdan boshlab 5 yil Islom Hamkorlik Tashkilotining yangi Bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritadi.
Ma'lumot uchun, Toha Husayn Chadning islomiy urf-odatlar keng tarqalgan “Dor vodiy” o'lkasida ulg'aygan, u hozir 69 yoshda. Husayn Toha Yaqin Sharqdagi Chad Respublikasi prezidenti Bosh kotibining o'rinbosari va Chad tashqi ishlari vaziri bo'lib ishlagan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni podshohligida o'z mamlakatining favqulodda va muxtor elchisi, diplomatik vakili sifatida ham faoliyat olib borgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Halqaro aloqalar bo'limi
Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
Agar u pirit (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!
Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:
وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا
"Ular: “Biz suyaklarga va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).
Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.
Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?
Homidjon domla ISHMATBЕKOV