Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446

Tataristonda IHT mamlakatlari yosh tadbirkorlari forumi bo'lib o'tadi

30.11.2020   1863   1 min.
Tataristonda IHT mamlakatlari yosh tadbirkorlari forumi bo'lib o'tadi

1 dekabr' kuni Qozon shahrida Islom hamkorlik tashkiloti (ICYF) yosh tadbirkorlari forumi bo'lib o'tadi.
ICYF ma'lumotlariga ko'ra, IT-startaplar onlayn va oflayn formatlarda investorlarga taqdim etiladi.
IT parki 18 ta mamlakatdan yangi biznes aloqalari va ularni amalga oshirish uchun investitsiyalarni topishdan manfaatdor bo'lgan 30 dan ortiq loyiha mualliflarini birlashtiradi. Har bir startapning taqdimoti uch daqiqa davom etadi.
Eng qiziqarli loyihalar uchun forum hamkorlari tomonidan ta'sis etilgan 25 ming dollarlik mukofot jamg'armasi taqdim etiladi.
Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, naqd pulsiz sovrinlarning narxi 200 ming dollardan oshadi.
Bundan tashqari, tadbirda "Rossiya-IHT"yo'nalishi bo'yicha xalqaro yoshlar hamkorligi bo'yicha loyiha byurosini tuzish to'g'risida bitim imzolanadi.
Shuningdek, ICYF va Tatariston yoshlar vazirligi o'rtasidagi hamkorlikni o'z iichga oluvchi Yoshlar ishlari bo'yicha federal boshqarma (Rosmolodej') va Tatariston yoshlar vazirligi o'rtasida o'zaro tushunish haqida memorandum imzolanadi.
Idora Tataristonda yoshlarning ishiga baho beradi va Islom dunyosi yoshlari birgalikda ishlaydigan loyihalarni amalga oshiradi.
Loyiha byurosi orqali tadbirkorlik rag'batlantiriladi, iste'dodli yoshlar esa yangi ufqlarni kashf etish imkoniga ega bo'ladi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

"Li iylafi quraysh" surasi

8.01.2025   2916   2 min.

"Li iylafi quraysh" surasi, Quraysh qabilasiga berilgan ne’matlarga urg‘u beradi. 

Bu suraning nozil bo‘lishi sababini o‘rganganda, Allohdan yanada qo‘rqish hissi paydo bo‘ladi. Bu sura hayotdagi muhim muammolardan biri - ne’matga odatlanib, uni qadrsizlantirish haqidadir.
Alloh qurayshliklarni ikki mavsum - qish va yozdagi savdo safarlari orqali tirikchiliklarining yaxshi ketishiga odatlanib qolganliklari, lekin ular bu ne’matlarning haqiqiy Egasini tan olib, shukr qilmaganlarini aytadi.

Johiliyat davrida Quraysh qabilasi faqirlik va ocharchilikda yashagan, hayotlari juda nochor va qiyin bo‘lgan. Hattoki, qashshoqlik kuchayganida, ba’zilar o‘z oilasini olib, “xubo” deb atalgan joyga borishar va o‘sha yerda ochlikdan hammasi halok bo‘lguniga qadar qolishardi. Bu odat johiliyat davrida “i’tifar” deb nomlanar edi. 
Makkaning katta tojirlaridan bo‘lgan Hoshim ibn Abdumanofga bir kuni Bani Mahzum qabilasining barcha a’zolari juda qattiq ochlikda qolib, halok bo‘lish arafasida ekani haqidagi xabar yetadi. U Allohning bayti Ka’baning xizmatida turgan odamlarning shunday qashshoqlik va o‘ta johilona ahvolda ekanliklaridan o‘kindi va qattiq g‘azablandi.

Shu sababdan Hoshim ibn Abdumanof bu yomon odatni o‘zgartirishga qaror qildi va quyidagilarni amalga oshirdi:
– Sizlar Allohning baytini xizmatida bo‘laturib butun arablarga o‘zingizni sharmanda qiladigan yomon odatlarni joriy qilgansizlar, dedi va bir qabilani bir nechta urug‘larga bo‘lib tashladi. Har bir urug‘dagi boy kishilardan o‘z qarindoshlari bilan mol-mulkini teng bo‘lishishni talab qildi. Shunday qilib, kambag‘al ham boy bilan teng bo‘ldi.
Shundan keyin u Quraysh qabilasiga tijorat usullarini o‘rgatdi va ularni yilda ikki marta tijorat safariga chiqish yo‘llarini belgilab berdi. Yozda meva-sabzavotlar savdosi uchun Shomga, qishda esa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi uchun Yamanga safarlarini tashkil qildi.

Shunday qilib, Shom va Yamanning barakasi Makkaga olib kelindi va qurayshliklarning iqtisodiy holati yaxshilandi. Shu bilan birga, “i’tifar” odati ham yo‘q bo‘ldi. Biroq, vaqt o‘tishi bilan Quraysh qabilasi Allohning bu ne’matlariga shukr qilish o‘rniga, ularga odatlanib qoldi va ne’matni qadrlamay qo‘ydi. Ne’matga noshukurlik qilish – bu unga odatlanib, uni ne’mat deb bilmaslikdir.
Quraysh qabilasi Alloh tomonidan tushirilgan ne’matlarga odatlanib, uni qadrsizlantirgani uchun Alloh ularga bu surani tushirdi: "Mana shu Bayt (Ka’ba)ning Parvardigoriga (shukrona uchun) ibodat qilsinlar. Zero, U ularni ochlikdan (qutqarib) to‘ydirdi va xavfu xatardan omon qildi".

Homidjon domla ISHMATBЕKOV