Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Sentabr, 2025   |   11 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:29
Quyosh
05:51
Peshin
12:27
Asr
16:59
Shom
18:57
Xufton
20:12
Bismillah
03 Sentabr, 2025, 11 Rabi`ul avval, 1447

Vaqting ketdi...

30.10.2023   3272   4 min.
Vaqting ketdi...

Vaqt nima? Undan qanday foydalanish kerak? 

Vaqt – go'yo insonning hayot kiyimi to'qiladigan ip. Pishiq va nafisligiga qarab, uning qiymati oshadi. Agar iplari to'zg'igan bo'lsa, hayotning ham ma'nisi qolmaydi.

Vaqt o'tib ketsa, qaytib kelmaydi. U inson sarf etadigan asosiy sarmoyadir. U qanchalik ko'p bo'lsa ham, ozdir. Oz bo'lsayu barakali bo'lsa, ko'pdir. Inson har bir daqiqadan unumli foydalanib, uni yaxshi amallarga sarflasa, umri barakali bo'ladi.

Umrning g'animat ekanini Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan go'zalroq ta'riflagan kishi bo'lmagan.

“Besh narsani besh narsadan oldin g'animat biling:

1) keksalik kelishidan avval yoshligingizni; .

2) kasal bo'lishdan avval salomatligingizni; .

3) faqirligingizdan avval boyligingizni; .

4) bir ishga mashg'ul bo'lishingizdan avval bo'sh vaqtingizni;

5) o'limdan avval tirikligingizni!” (Imomi Hokim rivoyati).

Islom ummati mana shu oltin qoidalarga rioya qilgan paytlarda bashariyatning gultoji bo'lib, musulmon renessansiga asos soldilar.

Afsuski, bugun bunday deya olmaymiz. Chunki umrimiz “telegram”, “instagram”, “feysbuk”, “tik-tok” kabi ijtimoiy tarmoqlarda sovrilmoqda. Hatto kechasi bilan bedor, turli o'yinlar o'ynab yoki ko'ngilxushlik bilan vaqt o'tkazayotganlar ko'payib ketdi. Bunday illatlarning yana biri choyxona, gap-gashtagu turli ziyofatlarning haddan tashqari ko'pligidir. Vaqti-vaqti bilan do'st-yor va birodarlar bilan ko'rishmoq yaxshi. Biroq uning ham me'yori bo'lishi kerak.

Agar inson choyxonaga sarflagan vaqtini farzandlarining ta'lim-tarbiyasiga bag'ishlasa, o'zi uchun ham, farzandlari uchun ham foydadan xoli bo'lmaydi. Shu bilan birga, gap-gashtak, choyxonalarda foydali mavzular ko'tarilib, yaxshilikka targ'ib, yomonlikdan qaytarish bo'lsa, nur ustiga nur. Lekin aksar hollarda choyxona bekorchi va g'iybat gaplardan iborat bo'ladi. Bunday holatlar qalbni qoraytirishdan, umrning, pulning isrofidan boshqa narsa emas.

Halqimizda “So'nggi pushaymon – o'zingga dushman” degan maqol bor. Umrning isrofi qattiq pushaymonlikdir.

Alloh taolo Qur'oni karimda bunday marhamat qiladi: “(Ey Muhammad! Odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring, u xuddi bir suv kabidurki, biz uni osmondan yog'dirgach, bahorda u sababli er o'simliklari bir-biriga aralashib (qo'shilishib) ketur, so'ngra kuzda shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur” (Kahf surasi, ٤٥-oyat).

Ushbu oyatning mazmun-mohiyatini yaxshi anglagan inson umrini isrof qilmaydi.

Bir mulohaza qiling. Ayni shu soatlarda dunyoning turli burchaklarida binolar qad ko'tarmoqda, yangi-yangi kashfiyotlar qilinmoqda, ilm majlislari o'tkazilmoqda, insonlarga yaxshilik ulashilmoqda, yosh yigit-qizlar turmush qurmoqda, chaqaloqlar dunyoga kelmoqda, kimlardir bu foniy dunyo bilan xayrlashmoqda.

Ammo biz-chi? Hech bir ezgu amalsiz hech narsa bo'lmagandek, hech narsa yo'qotmagandek xotirjammiz. Qimmatli vaqtimizni boy berayotganimiz bizni aslo tashvishga solayotgani yo'q. Har bir soniya zavolni topadi, har bir lahza yo'qlik qa'riga ketadi.

Bu hayotda “Esizgina umrim-a, yoshlik yillarimni behuda o'tkazib yuboribman. Qaniydi, umr boshqatdan berilganda bu xatolarni takrorlamagan bo'lar edim”, deya afsus-nadomat chekkan juda ko'p insonlarni ko'ryapmiz.

Siz-chi, azizlar. Chuqurroq bir o'ylab ko'ring... Umringizni nimalarga sarflayapsiz? .

Otabek YO'LDOShYeV,
Arnasoy tumani bosh imom-xatibi

Videolavhalar
Boshqa maqolalar

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

27.08.2025   3920   1 min.
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

Sayyor yig‘ilish

Shu yil hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida yurtga qaytgach har bir hoji «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari» degan ezgu tashabbusni bir ovozdan olg‘a surgan edilar.


Ana shu ezgu tashabbus bugun amalga ko‘chib, hojilar imom-xatiblar, mahalla faollari bilan birgalikda xonadonlarga, oilalarga kirib boryapti.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida bugun, 26 avgust kuni Toshkent viloyati Parkent tumanida o‘tkazildi. 


Tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov Toshkent viloyat bosh imom-xatibi Doniyor domla Ikromov boshchilida o‘tkazildi.


Parkent tumani “Beshkappa” masjidida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi,  Toshkent viloyati vakilligi rahbariyati, tuman-shaharlar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilar, shuningdek, Parkent tumanidagi masjid imom-xatiblari, noiblari, otinoyilar, “Haj-2025” ziyoratchilari va mahalla raislari taklif qilindi.  


Imom-xatiblar 7 toifaga mansub 110 ta oilaga, otinoyilar 4 toifaga mansub 27 ta oilaga, umumiy hisobda 137 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlarini olib bordilar.


Bundan tashqari, adashib turli oqimlar ta’siriga tushib qolgan yoshlar bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi. Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yarashtirildi.


Tumandagi masjidlar imom-xatiblari ham tadbirda faol qatnashdilar.


Xayrli duolar bilan sayyor yig‘ilish nihoyasiga yetdi.

Toshkent viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun! Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!