Cavol: Bir tanishim bu ish orqali topilgan pul halol emas, bu bilan shug'ullanma dedi. Shu haqida ma'lumot bersangiz.
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Dinimizda hijoma bilan shug'ullanish va u orqali topilgan pul ham halol bo'ladi. Boshqa ishlarda bo'lgani kabi hijoma qilishda ham shariat ko'rsatmalariga amal qilinishi talab qilinadi. Shuning uchun qon olish asnosida mijozga zaruratsiz ozor berish, avrati zaruratsiz ochilishiga yo'l qo'yish kabi ishlardan saqlanish lozim. Bundan tashqari qon bilan ishlash gigiyenik qoidalarga juda ham katta e'tibor berishi ham zarur. Chunki bugungi kunda qon orqali yuqishi mumkin bo'lgan ko'plab xatarli kasalliklar mavjud ekani ma'lum.
Fihqiy manbalarning ijara bobida bu ishning joizligi bayon qilingan. Jumladan Alloma ibn Nujaym bunday deyganlar: “Hajjomlik uchun haq olish joiz. Buning dalili “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qon oldirdirdilar va qon oluvchiga haqini berdilar”, degan hadisdir. Qolaversa, bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlaridan hozirgi kunimizgacha odamlar ichida odat bo'lib kelayotgan ish. Demak, bu ish ijmoga ko'ra ham joiz bo'ladi” (“Bahrur roiq” kitobi).
Mulla Aliy Qori rahmahulloh ham bu haqda bunday deganlar: “Hammomda cho'milish uchun haq to'lash hamda qon oluvchining xizmatiga pul berish joizdir. Qon oluvchi, ya'ni “hajjom”ga kelsak, uning joizligiga ushbu hadisni dalil sifatida keltirish mumkin: Imom Buxoriy va Imom Muslimlar Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam qon oldirdilar va qon oluvchiga haqini berdilar” (“Fathu bobil inoya” kitobi).
Demak, hijoma bilan shug'ullanish shariatimizda joiz kasblardan sanaladi. Vallohu a'lam.
O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.
Ushbu mas’uliyatli vazifaga Samarqand shahar “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidi imom-xatibi Nursultonxon domla Abdumannonov tayinlandi.
Ma’lumot o‘rnida Nursultonxon domla “Mir Arab” madrasasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va “Oriyental” universitetida ta’lim olgan.
Shuningdek, u faoliyati davomida “Damariq” va “Xo‘ja Is'hoqi Valiy” jome masjidlarida imom-xatib, shuningdek, Samarqand shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari sifatida xizmat qilgan.
Alloh taolodan Nursultonxon domlaning yangi lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar so‘raymiz!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati