Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyul, 2025   |   28 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:10
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:53
Xufton
21:23
Bismillah
23 Iyul, 2025, 28 Muharram, 1447

Obod etilayotgan masjidlar: Yangilanayotgan "Yangiqishloq"

25.11.2020   2243   3 min.
Obod etilayotgan masjidlar: Yangilanayotgan

Bugungi kunda Jizzax viloyatidagi binolari eskirib, yaroqsiz holga kelib qolgan 8 ta masjid qaytadan qurilyapti. Shulardan biri, Forish tumani olis Bag'dod shaharchasidagi “Yangiqishloq” masjididir. Masjid shu vaqtgacha, to'g'rirog'i 2019 yilga qadar univermag binosi o'rnida faoliyat ko'rsatib kelgani achinarli hol. Ko'rgan inson bu eski do'konniing devoriga ilingan yozuvidan bilmasa, masjid deb o'ylamas edi.

Diniy idora Jizzax viloyati vakilligining ko'pdan beri shu joyda aholi uchun yozda salqin, qishda issiq bo'lgan tom ma'nodagi namozgohni barpo etish borasidagi sa'y-harakatlari natijasida nihoyat 2019 yili tegishli ruxsat asosida sahovatpesha kishilar ko'magi hamda qishloq aholisining hashari bilan yangi masjid qurish ishlari boshlandi.

Olti sotixdan ortiq maydonda qurilayotgan ibodat uyi 800 kishini sig'dira oladigan xonaqoh, tahoratxona, ayollar uchun namozxona, qo'shimcha ma'muriy xonalardan iborat bo'ladi. Bundan tashqari, masjid hovlisida yordamchi xo'jalik tashkil etilib, issiqxona barpo etish ko'zda tutilgan.

O'tgan bir yildan ziyod vaqt mobaynida xonqahoq va minora ko'tarilib, tom qismlari yopildi. Hozirda tahoratxona qurilishi davom etmoqda. Tez kunda kunda eshik, deraza-romlar o'rnatiladi.

 

 

Ahamiyatlisi, mazkur masjid Jizzax-Nurota-Navoiy katta yo'li yoqasida joylashgan bo'lib, ziyorat turizmi hamda mahalliy yo'lovchilarning ibodatlarini ado etib olishlari  uchun qulay nuqta hisoblanadi. Shu bois savobi ulug' amalga hissa qo'shish istagida bo'lganlar quyidagi hisob-raqamlari orqali qurilish ishlariga hissa qo'shishlari mumkin:

 

Agrobank Forish filiali:

h/r: 20212000904004960001

MFO: 00133      INN:202939611

Uzkard:

p/k: 8600042317309242

t/r: 23120000500000133001

Imom-xatibi Nishonov Rustam nomida.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo'limi 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?

16.07.2025   7394   2 min.
Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?

Osmonlaru yerni yaratgan  Zotning qarshisiga ma’siyatlar ila chiqa ko‘rmang, g‘azabiga toqatingiz, iqobiga sabringiz va azobiga qudratingiz yetmaydi.

Doktor Abdul Muhsin Ahmad o‘zining bir qarindoshi bilan bo‘lgan voqeani aytib berdi. Voqeaga ko‘ra bir yigit ukasiga doim “Allohga hamd aytgin” desa, ukasi: “Nima uchun Allohga hamd aytishim kerak?” – der, Yaratganga bo‘yin eggisi kelmasdi.

Axir uning bu gapini olamlar Rabbi bo‘lgan Zot eshitib turibdi! Alloh uni ikki oyog‘i bilan yurg‘izib qo‘yibdi, qancha odamlar yura olishmaydi. Necha-necha insonlar ko‘rish ne’matidan mosuvo bo‘lganida, uning ko‘zlari ko‘rib turibdi.

Vaqt o‘tib yigit avtohalokatga uchraydi. Uning a’zolari qattiq shikastlanadi. Operatsiyadan so‘ng doktor Abdul Muhsin Ahmad uni bir umr nogiron bo‘lib qolganligini, tanasining yarmi ishlamasligini, aniqrog‘i, bir o‘limdan qolganligini aytadi.

Alloh buyuk! Uning ne’matlari cheksiz. Biz bandalar doim shukrda bo‘lmog‘imiz lozim. Zero, Alloh taolo aytadi: «...Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir»[1].

Tasavvur qiling, bordi-yu, siz do‘zaxiylardan bo‘lsangiz, u yerdagi azobga chiday olasizmi?!  Albatta, yo‘q.

Shunday ekan Allohga tavba qiling! U Zotga xush kelmaydigan ishlardan qayting. Solih amallar ila Rabbingizga yaqinlashing.

Alloh bergan ne’matlarga shukr qiling. Gunoh va ma’siyatning kichikligiga qaramang. Allohning buyukligini nazaringizdan qochirmang. 

Alloh buyuk! U Zot sizni kutilmaganda ushlamasidan avval qalbingizni qo‘rquv ila to‘ldiring. Qazoingiz yaqinlashmasidan avval poklaning.  O‘lim kelgandagi pushaymondan naf yo‘q va buning uchun imkon berilmas...


Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.

 


[1]  Hud surasi, 102-oyat.