INSONNING MUKARRAMLIGI VA ULUG'LIGI E_''LONI
Muhammad sollallohu alayhi vasallamning bashariyatga taqdim qilgan ulkan xizmatlarining uchinchisi insonning mukarramligi va ulug'ligining e'lonidir.
Bu insonning sharafi va qadari oliyligi e'lonidir. Risolai Muhammadiyadan avval inson xorlik va zorlikning eng past darajasiga tushgan edi. Yer yuzida undan ko'ra kichikroq va haqirroq narsa yo'q edi. Ba'zi bir turli afsona hamda e'tiqodlar ila qamrab olingan «muqaddas» hayvon va daraxtlar ham o'z «banda»lari nazdida insondan ko'ra ulug' edi. Ularga insonlar qoni va go'shtidan, vijdonlar qiynalmagan holda, qurbonliklar qilinar edi. Bu narsalarning ba'zi manfur namunalarini yigirmanchi asrda Hindistonga o'xshash taraqqiy etgan yurtlarda ko'rdik.
Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam insoniyatga uning sharafini va karomatini qaytarib berdilar.
U zot unga uning e'tiborini va qadr-qiymatini qaytardilar. U zot ushbu borliqdagi eng aziz mavjudot inson ekanini, uning bu olamdagi eng qimmatbaho javhar ekanini e'lon qildilar. Insondan ko'ra muhabbatga, muhofaza qilishga haqliroq va loyiqroq hech narsa yo'qdir. Islomda insonning martabasi eng yuqori nuqtaga ko'tarildi. U Allohning erdagi xalifasi bo'lish darajasiga erishdi. Alloh olamni uning uchun xalq qilgandir. U yolg'iz Allohning xalqidir.
«U er yuzidagi barcha narsani sizlar uchun yaratgan...» (Baqara surasi, 29-oyat).
«Batahqiq, Biz Banu Odamni azizu mukarram qilib qo'ydik, ularni quruqligu dengizda (ulov-la) ko'tardik hamda ularni pok narsalardan rizqlantirdik, uni O'zimiz yaratgan ko'p narsalardan mutlaqo afzal qilib qo'ydik» (Isro surasi, 70-oyat).
Insonning mukarramligi va uning ulug'ligi e'tirofiga u zot sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislaridan ko'ra yaxshiroq dalil yo'q: «Haloyiq Allohning ahlidir. Haloyiqning Alloh huzurida eng mahbubi U Zotning ahliga yaxshilik qilganlardir».
Insonning ulug'vorligiga, unga xizmat va mehribonlik qilish Allohga qurbat hosil qilish ekaniga eng kuchli dalil quyidagi hadisi sharifdir.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh azza va jalla qiyomat kuni: «Ey Odam bolasi, men bemor bo'ldim, ko'rgani kelmading!» deydi. Banda: «Ey Robbim, qanday qilib Seni ko'rgani boraman? Sen Robbul olamin bo'lsang?» deydi.
Alloh azza va jalla: «Axir falon bandam bemor bo'ldi. Sen uni ko'rgani bormading. Agar uni ko'rgani borganing-da, Meni uning huzurida topgan bo'lar eding», deydi.
So'ng: «Ey Odam bolasi, sendan taom so'radim, Menga taom bermading!» deydi. Banda: «Ey Robbim, qanday qilib Senga taom berayin? Axir Sen Robbul olamin bo'lsang?»deydi.
Alloh azza va jalla: «Falon bandam sendan taom so'radi. Sen unga taom bermading. Agar unga taom berganingda, o'shani Mening huzurimda topgan bo'lar eding», deydi.
So'ng: «Ey Odam bolasi, sendan suv so'radim, Menga suv bermading!» deydi. Banda: «Ey Robbim, qanday qilib Senga suv beray? Sen Robbul olamin bo'lsang?» deydi.
Shunda U Zot: «Falon bandam sendan suv so'radi. Sen unga suv bermading. Agar unga suv berganingda, o'shani Mening huzurimda topgan bo'lar eding», deydi».
Muslim rivoyat qilgan.
Insonning ulug'vorligini, uning martabasi oliy ekanini ushbu e'londan ko'ra ravshanroq va fasohatliroq e'lon qilish mumkinmi?! Inson qadimda ham, hozirda ham hech bir diyonat yoki falsafada ushbu oliy martabaga va sharafga etganmi?!
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Allohning rahmatiga erishish uchun Banu Odamga rahm ko'rsatishni asosiy shart qilib qo'ydilar.
U zot sollallohu alayhi vasallam: «Raxmon rahm qiluvchilarga rahm qilur. Yer yuzidagi bandalarga rahm qilsangiz, sizga osmondagi Zot rahm qilur», deganlar.
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam insoniyat birligi va karomati haqidagi ushbu da'vat ila chiqishlaridan hamda bu g'oya yo'lida kerakli jihod qilishlaridan oldin olamning ijtimoiy va siyosiy holati qanday bo'lganini bilasizmi?
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam yuborilishlaridan oldin bir odam shahvatining, havoi nafsining bahosi minglab, yuz minglab odamlarning jonidan ko'ra qimmatroq va yuqoriroq turar edi. Bir podshohmi yoki imperatormi, ko'ngliga kelib qolsa, yurtlarni qul, xalqlarni qul qilishi hech gap emas edi. U o'zining pastkash niyatiga erishish yo'lida odamlarni chopib, nasllarni va hosillarni yanchib, ho'lu quruqni payhon qilib bitirishi hech gap emas edi.
Iskandar degani chiqib, Hindistonga etgunicha o'z yo'lidagi barcha tsivilizatsiya va madaniyatlarni mahv etdi. Kisro degani esa odamlarni hayvon ovlagandek ovladi.
Bizning zamonimizda ikki marta jahon urushi bo'ldi. Ularda bir necha o'n millionlab odamlar qurbon bo'ldi. Bularning barchasi irqchilik, shaxsiy manmanlik, hokimiyat shahvati va bozor talashish natijasida sodir bo'ldi.
UMIDSIZLIK VA ShUMLANIShGA QARShI KURASh.
INSONDA ORZU-UMIDNI VA O'ZIGA
IShONCh RUHINI TIRILTIRISh
Muhammad sollallohu alayhi vasallamning olamga taqdim qilgan ulkan xizmatlaridan to'rtinchisi umidsizlik va shumlanishga qarshi kurash, insonda orzu-umidni va o'ziga ishonch ruxini tiriltirishdir.
Islom kelishidan oldin odamlar Allohning raxmatidan umidsizlikka, insondagi yaxshiliklardan g'aflatga tushib qolgan edilar. Ularning bunday holga tushishlarida o'sha vaqtdagi qadimiy sharqiy diyonatlarning, Ovrupo va Yaqin Sharqdagi buzilgan nasroniylikning hissasi katta edi.
Hindistondagi qadimiy diyonatlar tanosux (ruhning ko'chib yurishi) g'oyasiga e'tiqod qilar edilar. Bu e'tiqod bo'yicha, inson irodasiga va tasarrufiga mutlaqo o'rin yo'q edi. Har bir inson qandaydir ilojsiz uqubat tortmog'i lozim edi. Buning uchun u qandaydir yovvoyi yirtqich, uy hayvoni yoki pastkash hayvon yoxud azoblangan inson shakliga kirmog'i zurur edi.
Nasroniy diyonati esa inson tug'ilishidan va yaratilishidan osiy va gunohkor bo'lishi, Masih ana o'sha gunohlar uchun kafforat va qurbon bo'lgani haqidagi e'tiqodni olg'a surar edi. Albatta, bu e'tiqod o'z-o'zidan olamning madaniyatli o'lkalaridagi nasroniylikka ergashgan millionlab kishilar qalbiga shumlanish, kelajaqdan va ilohiy rahmatdan umidsizlik ruhini jo qildi.
Mana shunday bir vaqtda Payg'ambar alayhissalom inson tabiati pok-pokiza ekani, unga hali biror narsa bitilmagani, unga eng go'zal narsalar naqsh qilinishi, eng go'zal yozuvlar yozilishi mumkinligini e'lon qildilar. Har bir inson o'z hayotini o'zi boshlashi, savob, gunoh va jannatu do'zax uning o'zining amaliga qarab bo'lishini e'lon qildilar. Qur'oni Karim ko'plab joylarda har bir inson faqat o'z amalidangina mas'ul ekani, o'z qilganiga qarabgina savob yoki iqob (jazo) olishini ta'kidladi:
«Hech bir yukli jon boshqaning yukini ko'tarmas. Har bir insonga o'z qilganidan boshqa narsa yo'q. Albatta, uning sa'y-harakati tezda ko'rinur. So'ngra jazo-mukofoti unga to'liq berilur»(Najm surasi, 38-41-oyatlar).
Ushbu e'lon insonga o'z tabiatiga va tabiiy imkoniyatlariga nisbatan yo'qolgan ishonchni qayta tikladi. U o'ziga Islom tomonidan berilgan kuchli azmu qaror, ziyoda himmat va yangicha quvvat ila o'z kelajagini va insoniyat kelajagini barpo qilishga kirishdi.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam ma'siyatlar, gunohlar, xatolar va adashuvlar inson hayotida o'tkinchi narsalar ekanini, inson bu gunohlarni bilmasdan, g'ururga ketib, tushunmasdan, shaytonning ig'vosiga uchib, havoyi nafsning ko'yiga tushib qilishini e'lon qildilar. U zot yaxshilik, gunohni e'tirof qilish, afsus-nadomat kabi xislatlar insonning javharida borligini va Alloxga yolvorish, tazarru qilish va gunohdan butunlay qaytishga azmu qaror qilish insonning sharafi va Odam atodan qolgan meros ekanini ham e'lon qildilar.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam gunoh va razolatga quloqlarigacha botgan xatokorlarga tavbaning eshigini keng ochib qo'ydilar va unga odamlarni umumiy ravishda da'vat qildilar. U zot tavbaning fazlini etarlicha sharh qilib berdilar. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam dinning bu ulug' asosini qayta tiriltirdilar va shuning uchun o'zlarining go'zal ismlari qatori «Nabiyyut-tavba» (Tavba payg'ambari) laqabini oldilar, chunki u zot tavbaga zarur bo'lib qolganda ishlatiladigan narsa deb emas, balki eng afzal ibodatlardan biri deb qaradilar. Inson tavba vositasi ila tez vaqtda qurbat va valiylikning oliy darajalariga erishadigan bo'ldi. Bu darajaga Allohning obid, zohid, abror va axyor bandalari havas bilan qaraydigan bo'ldilar.
Qur'on tavbaning fazlini va kengligini hamda insonning eng katta gunohlardan poklanish yo'llarini qalblarni larzaga soladigan ajoyib bir uslubda bayon qilib berdi. U osiy va gunohkorlarni, havoi nafs va shayton qullarini Alloxdan panoh so'rash, U Zotga qarab qochishga chaqirdi.
«(Mening nomimdan) ayt: «Ey o'z-o'ziga javr qilgan bandalarim! Allohning rahmatidan noumid bo'lmang! Alloh barcha gunohlarni mag'firat etar. U mag'firatli, rahmlidir»(Zumar surasi, 53-oyat).
Tavba surasidan olingan kelasi oyatda Alloh taolo O'zining solih bandalaridan bir necha toifasini zikr qiladi va ushbu ro'yxatni tavba qiluvchilarni eslash bilan boshlaydi:
«Tavba qyluvchilar, ibodat qiluvchilar, hamd aytuvchilar, ro'za tutuvchilar, ruku' qiluvchilar, sajda qiluvchilar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaruvchilar, Allohning chegarasini saqlovchilardir. Va mo'minlarga bashorat ber!» (112-oyat)
O'z gunohidan qaytib tavba qilgan bandaga beriladigan bunday ulug' martaba Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga sahoba bo'la turib, uzrsiz Tabuk g'azotiga bormay qolgan uch kishining tavbasi qabul bo'lgani e'lon qilinganda yaqqol ko'rindi. Qur'on ushbu muolajani mazkur g'azotdan qolmagan Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam, muhojirlar va ansorlarni zikr qilishdan boshladi. Shundan keyingina haligi uch kishini zikr qildi. Bu o'sha g'azotdan uzrsiz qolganlar o'zlarini noqulay sezmasliklari uchun qilingan edi. Dunyo tarixida, dinlar tarixida, falsafalar va tuzumlar tarixida bundan go'zalroq tavba qabul qilish bormi o'zi?
«Batahqiq, Alloh Nabiyning va unga qiyinchilik soatida ergashgan muhojir va ansorlarning tavbasini qabul qildi. Ulardan ba'zilarining qalblari toyib ketay degandan so'ng tavbalarini qabul qildi. Albatta, U Zot ularga marhamatli va mehribondir.
Ortda qoldirilgan uch kishining ham. Nihoyat, ularga keng er tor bo'lib, yuraklari siqilib, Allohdan Uning O'zidan boshqa boshpana yo'qligiga to'la ishonganlarida butunlay qaytishlari uchun (Alloh) tavbalarini qabul qildi. Albatta, Alloh Uzi Tavvobdir, Rohiymdir» (Tavba surasi, 117-118-oyatlar).
So'ngra Qur'on asosiy qoida sifatida Allohning rahmati kengligini va U Zotning rahmati g'azabidan oldin ekanini e'lon qildi.
«Rahmatim esa hamma narsadan kengdir» (A'rof surasi, 156-oyat),
Hadisi qudsiylardan birida: «Mening rahmatim g'azabimdan o'zib ketgan», deyilgan.
Alloh Qur'onda Ya'qub alayhissalomning tilidan: «Faqat kofir qavmlargina Allohning rahmatidan noumid bo'lurlar», degan (Yusuf surasi, 87-oyat).
Boshqa bir joyda Ibrohim alayhissalomning gaplari zikr qilinadi:
«Faqat adashganlargina Robbining rahmatidan noumid bo'lurlar» (Hijr surasi, 56-oyat).
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam ushbu tavbaga ommaviy ochiq da'vat ila, uning fazlini, kengligini va shomilligini bayon qilish ila holi tang bo'lib qolgan insoniyatni umidsizlik, shumlanish dardidan qutqarib qoldilar.
DIN VA DUNYoNI JAMLASh HAMDA TARQOQ SAFLARNI VA TIJORIY JAMOATLARNI BIRLAShTIRISh
Muhammad sollallohu alayhi vasallam insoniyatga taqdim qilgan ulkan xizmatlarning beshinchisi din va dunyoni jamlash hamda tarqoq saflarni hamda tijoriy jamoatlarni birlashtirishdir.
Qadimgi diyonatlar, xususan, nasroniylik inson hayotini ikki qismga – din va dunyoga taqsimlagan. Ular er kurrasini ikki lagerga – din odamlari va dunyo odamlariga bo'lgandir. Bu ikki toifa ikkiga bo'linibgina qolmay, ularning orasida qalin to'siq ham bor edi. Ikki tomon bir-biri bilan bardavom kelishmovchilikda edi. Ulardan har biri din bilan dunyo o'rtasida xusumat bor deb e'tiqod qilar edi. Agar inson mazkur ikki narsadan birini ixtiyor qilmoqchi bo'lsa, albatta, ikkinchisidan voz kechishi, unga qarshi urush e'lon qilishi kerak edi. Ularning aytishlaricha, bir odam bir vaqtning o'zida ikki kemaga minishi mumkin emas edi. Moddiy manfaat topish uchun harakat qilish va bu sohada muvaffaqiyatga erishish oxiratdan g'ofil qolish va osmonlaru erning Holiqidan yuz o'girish tufayli bo'lmog'i kerak edi. Diniy va axloqiy ta'limotlarni tark qilmay turib, hech bir hukm yoki rahbarlikka erishib bo'lmas edi. Aksincha, tarkidunyo qilmay turib dindorlik qilib bo'lmasdi.
Insonning engillikni yaxshi ko'rishi ma'lum va mashhur. Odatda, halol huzur-halovat, taraqqiyot, izzat, kuch-quvvat va rahbarlikka izn bermaydigan har bir diniy fikr bashariyat uchun kerakli bo'la olmaydi, chunki bunday ish sof insoniy tabiatga qarshi kurashdan iboratdir. Ana o'sha ku rash natijasida ko'plab aql-zakovat va ilmu irfon sohibi bo'lgan kishilar dindan yuz o'girib, dunyoga yuz tutgan edilar. Ular bu ishni ijtimoiy ehtiyoj, voqelikdagi haqiqat deb bilishgan edi. Shuning uchun ular hayotni yaxshilashga, uning lazzatlari ortidan quvishga o'tib ketdilar. Ularda diniy va ruhiy taraqqiyot uchun imkon qolmagan edi.
Dinni tark etganlarning ko'pchiligi uni dunyo bilan chiqisha olmaydi, degan gumon asosida tark etgan edilar. Dunyo vakili bo'lgan hukm va saroy egalari dinga qarshi isyon qildilar. Uning qaydlaridan ajrab chiqishga harakat qildilar. Din bilan dunyo orasidagi ushbu ajralish, din arboblari bilan dunyo ashoblari orasidagi o'zaro dushmanlik xudosizlik va dinsizlikka keng yo'l ochdi. Buning birinchi qurboni g'arb bo'ldi. Keyingi qurbon unga fikr, madaniyat va ilmda qaram bo'lgan xalqlar bo'ldi.
Ishning yanada chigallashishiga nasroniylikning mutaassib da'vatchilari sabab bo'ldilar. Ular insoniy tabiatni ruhiy poklanish, oyemon ila bog'lanish yo'lidagi eng katta to'siq hisoblar edilar. Ular insonning to'g'ri ma'nodagi xohishlarini turli shafqatsiz hukmlar va zulmkor ta'limotlar ila xorlashda, azoblashda, pastga urishda barcha kuch-g'ayratlarini ayamadilar. Ular dinni iymon keltirganlarning terilari junjikib ketadigan darajada vahshiylik surati qilib ko'rsatshpdi. Oxir-oqibatda dinning haybati yo'qoldi. Havoi nafsga ibodat qilish o'z cho'qqisiga chiqdi. Dunyo ikki qarama-qarshi taraf o'rtasyda chayqala boshladi. Va nihoyat, din zaiflashib, dunyo dinsizlik va axloqiy buzuqlik jariga qulab tushdi.
Risolai Muhammadiya amallar va axloqlarning asosi ulardan ko'zlangan maqsad ekanini butun olamga baralla e'lon qilib, uning nomini «niyat» deb atadi. U zot: «Albatta, amallar niyatlarga bog'liqdir. Albatta, har bir kishining niyat qilgan narsasi bo'ladi», dedilar.
Insonning ixlos ila Allohning roziligi uchun, Uning amriga bo'ysunib, qaytarganidan qaytib qilgan har bir amali Allohga qurbat hosil qilish vositasidir. Ana o'sha vosita ila iymonning oliy maqomlariga, dinning yuksak martabalariga etish mumkin bo'ldi. Agar o'sha ish jihod, urush, hukm, idora, erning pok narsalaridan huzurlanish, nafsning talablarini qondirish, rizq talab qilish, vazifa bajarish, halol yo'l bilan ko'ngil yozish, oilaviy va er-xotinlik hayoti bo'lsa ham, baribir. Bularning barchasi ibodat va diniy xizmat hisoblanadi.
Aksincha, agar amal Allohning roziligini talab qilishdan, Uning amrlariga bo'ysunishdan, qaytarganlaridan qaytishdan xoli bo'lsa, dunyoviy hisoblanadi. Agar o'sha amal farz namoz, hijrat, jihod, zikr, tasbeh va Allohning yo'lidagi urush bo'lsa ham, baribir. Ularni qilgan odam savob olmaydi, o'ziga ofat bo'lib qaytadi.
Muhammad sollallohu alayhi vasallam insoniyatga armug'on etgan beshinchi ulkan xizmat tufayli din bilan dunyo orasidagi ajralish yo'q bo'ldi. Doimiy xusumat va dushmanlikda kelayotgan bu ikki narsa bir-biri bilan do'stlashdi. U zot sollallohu alayhi vasallam birlik va do'stlik Payg'ambaridirlar.
U zot insoniyatni ikki bir-biriga qarama-qarshi jabhadan olib, iymon va savob, bashariyatga mehr, Allohning roziligini talab qilish jabhasida birlashtirdilar. U zot bizga quyidagi jamlovchi duoni o'rgatdilar:
«Robbimiz! Bizga dunyoda ham yaxshilikni, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do'zax azobidan saqlagin» (Batsara surasi, 201-oyat).
Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam Qur'oni Karimdagi «Mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir» oyati (An'om surasi, 162-oyat) ila mo'minning hayoti bir-biriga zid bo'lgan turli-tuman bo'laklarning yig'indisi emas, balki ibodat va savob ruhi sohibi bo'lgan yaxlit birlik ekanini e'lon qildilar. U hayotni Allohga iymon va Uning amrlariga taslim bo'lish boshqarib boradi. Bu narsa hayotning barcha sho''balarini, kurash maydonlarini, hamma turdagi amallarni o'z ichiga oladi. Faqatgina ixlos, yaxshi niyat va Allohning roziligi iroda qilinsa va payg'ambarlar keltirgan to'g'ri yo'nalishda bo'lsa, bo'ldi. Mana shularning o'zi u zot sollallohu alayhi vasallamning birlik, inoqlik, jipslik, kamolot Payg'ambari ekanlariga yorqin dalildir. Shu bilan birga, u zotning bashorat beruvchi va ogoxdantiruvchi ekanlariga dalolatdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam din bilan dunyoning orasidagi ayrilishga barham berdilar. Hayotni borligicha ibodatga aylantirdilar. Yerni borligicha masjidga aylantirdilar. U zoti bobarakot insoniyatning qo'lidan tutib, bir-biriga qarama-qarshi urishayotgan joylaridan amali solih, insoniyatga foydali xizmatlar va Allohning roziligini izlovchi jabhaga olib keldilar. Bunda podshohlarni faqirlar jandasida, zohidlarni podshohlar ziynatida, hilm tog'larini, ilm ummonlarini, tungi obidlarni, kunduzgi otliqlarni ajoyib bir uyg'unlikda ko'rasan.
MAQSADU G'OYa, AMAL VA KURASh MAYDONINI TAYIN QILISh
Muhammad sollallohu alayhi vasallam insoniyatga armug'on etgan oltinchi ulkan xizmat maqsadu g'oya, amal va kurash maydonini tayin qilishdan iboratdir.
U zot insonni o'ziga yarasha joyga qo'yib, unga kuch-quvvatini va imkoniyatlarini eng to'g'ri va foydali ravishda sarflashni o'rgatdilar.
Insoniyat risolai Muhammadiyadan avval o'z maqsadini aniq bilmas edi. Qay tarafga yuzlanishni idrok eta ol masdi. Borar joyi qayerligini ham anglamas edi. U o'z kuch-quvvatini, imkoniyatlarini va sa'y-ko'shishlarini qanday tasarruf qilishni ham bilmas edi.
U o'zi uchun xayoliy va sun'iy maqsadlarni tanlab, o'zini tor doiraga kiritib olgan edi. O'sha paytdagi inson uchun eng oliy maqom ko'proq molu dunyoli bo'lish, ko'proq odamlar ustidan hokim bo'lishga o'xshagan narsalar edi. Millionlab kishilarning birdan-bir orzusi yaxshi taom, chiroyli rang va shirali ovozdan iborat edi. Ular bunda qo'y, mol va boshqa hayvonlardan farq qilmas edilar. Minglab odamlar esa podshohlarning saroylarida butun aql-zakovatlarini amirlar, boylar va zodagonlarning ko'nglini ovlashga sarflar edilar.
Muhammad alayhissalom kelib, insonning haqiqiy maqsadini va asl g'oyasini ko'z oldiga olib kelib qo'ydilar. U zoti bobarakot inson qalbiga uning mehnati, sa'y-harakati, qobiliyati, orzu-niyati qay tomonga yo'nalgan bo'lishi kerakligni ko'rsatdilar. U ham bo'lsa, osmonlaru erning Holiqini tanish, U Zotning sifatlarini, qudratini, hikmatini va osmonlaru erning malakuti kengligini, ulug'ligini, abadiyligini bilish, iymon va yaqiynga erishish, Allohning roziligini qozonish, Undan, Uning qadaridan rozi bo'lish, o'zining ichki quvvatlarini va ruhiy iqtidorini o'stirib borish, qurbatning oliy darajalariga etish, insoniyat xizmatiga, boshqalarni o'zidan ustun qo'yishga, fidokorlikka urinish – ana shular ila muqarrab farishtalar ham erisha olmaydigan darajalarga erishishdir. Mana shu insonning haqiqiy saodatidir. Mana shu uning kamolining nihoyasidir. Mana shu uning qalbi va ruhining me'rojidir.
YaNGI OLAM VA INSONNING TUG'ILIShI
Muhammad alayhissalom payg'ambar bo'lnb kelganlaridan keyin, Islom ta'limotlari tufayli olam xuddi ob-havo o'zgargandek, butunlay o'zgarib ketdi. Insoniyat qurg'oqchilikdan, garmselli bir fasldan bahorga, gullar, daraxtlari ostidan anhorlar oqib turgan bog'lar fasliga o'tdi. Odamlarning tabiatlari ham o'zgardi. Qalblar Robbining nuri ila munavvar bo'ldi. Allohga yuzlanish umumiy bo'ldi. Inson o'zi avval bilmagan yangi ta'm, tatib ko'rmagan zavq va oldin tuymagan huzurni topdi.
Bo'm-bo'sh bo'lib, sovib, qurib qolgan qalblar iymon harorati va mehr quvvati ila jonlandi. Aqllar yangi nur ila nurlandi. Qalblar yangi huzur ila huzurlandi. Insoniyat guruh-guruh bo'lib chiqib, yangi yo'lni, o'zining yangi maqomini izlay boshladi. Qay bir xalqni yoki yurtni ko'rsang, mazkur sohada musobaqa qilayotgan bo'ladi. Arablaru ajamlar, Misru Shom, Turkistonu Eron, Iroqu Huroson, Shimoliy Afrikayu Andalus, Hindistonu Jazoir – barcha-barchasi oliy muhabbat va samoviy fayzdan sarmast bo'ldilar. Oliy maqsadning oshiqlari bo'ldilar.
Ha, insoniyat asrlar bo'yi davom etgan qattiq uyqudan ko'z ochib, uyg'onib, o'ziga kelgan edi. U endi avvallari qo'ldan chiqargan imkoniyatlarni ham qaytarib olishga urinar edi. Olamning barcha tomonlari muxlislar, mujohidlar, muslihlar, murabbiylar, oriflar va rabboniy da'vatchilarga to'ldi. Ular Allohning xalqi uchun kuyib yondilar. Insoniyat xayri uchun boru budlarini va jonlarini tutdilar. Ular farishtalarning hasadini keltiradigan kishilar edilar. Ular sovuq qalblarda ilohiy ishq olovini yoqdilar, ilohiy muhabbat shu'lasini pokladilar. Ilmlar, adablar, hikmatlar va ma'rifatlar anhorlari to'lib-toshdi. Ilmu irfon va iymonu hanon buloqlarining ko'zini ochdilar. Odamlar ko'nglida zulm, jabr, dushmanlik va hasadga qarshi qahru g'azab uyg'otdilar. Horlangan xalqlarga tenglik haqida darslar o'tdilar. E'tibordan chetda qolgan, hayot chetiga uloqtirilganni mehru muhabbatga to'la bag'irlariga bosdilar. Dunyoning qay burchagiga borsang, ularning mehnati samarasini ko'rasan.
Sen ularning qilgan ishining soniga emas, sifatiga nazar sol. Ularning fikrlarining oliyjanobligiga va yuqori ufqlarda qanot qoqishiga qara. Ularning hassos sezgilariga, latif va raqiq ruxdariga, o'tkir zehnlariga va sog'lom tabiatlariga boq. Ularning nafslari va ruhlari xaloyiqqa nisbatan mehr-shafqat alangasi ila yonar edi. Ular xaloyiq uchun foydali bo'lgan narsalarga haris edilar. Ular odamlarni qutqarish, ulardan balolarni daf qilish uchun o'zlarini balo-ofatlarga urar edilar. Ularning hokimlari va voliylari mas'uliyatni xis qilar, kechalari tinim bilmay, xalq xizmatida bo'lar edilar. Halq esa ular bilan jipslashgan holda ularga itoat qilar edi.
Shuningdek, ularning ibodatlari, zohidliklari va duo qilishdagi holatlari, axloqlarining oliymaqomligi, o'zlariga qarshi bo'lsa ham, haq shahodat berishlari, kichiklarga va zaiflarga mehrlari, do'stlar va og'aynilarga muhabbatlari, dushmanlarga bo'lgan karamlari, afvlari haqidagi xabarlarni o'qib ko'r. Ana o'shanda shoirlaru adiblarning xayoli ham avvalgi musulmonlar erishgan oliy cho'qqilarga eta olmasligini ko'rasan. Bu haqtsagi xabarlar do'stu dushman birdek ko'rgan, guvoh bo'lgan voqelikdagi ulkan haqiqat bo'lmaganida, tarixning ishonchli guvohligi bo'lmaganida, ularni afsona deb o'ilash mumkin edi.
Albatta, ushbu buyuk inqilob Muhammad alayhissalomning mo''jizalaridan, u zot qoldirgan izlardan biridir. Barcha zamonlar va makonlarni qamrab olgan ilohiy rahmatning fayzidir.
Ulug' Alloh haq so'ylaydi:
«Biz seni olamlarga rahmat qilib yubordik».
Ushbu maqola asrimizning buyuk allomasi Abul Hasan Ali Hasaniy Nadaviy hazratlarining Laknou shahrida qilgan ma'ruzalaridir. Uni o'zlarining siyrat haqidagi kitoblari oxiriga qo'ygan edilar. Ustozga vafo tariqasida mazkur matnni erkinroq tarjima qilib, shu erga qo'yishni munosib topdik. Alloh u kishini rahmat aylasin. Omiyn!
HULOSA
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinai munavvarada birinchi Islom jamiyatiga asos soldilar. Ushbu jamiyat adolat, muhabbat va to'laligicha ijtimoiy tenglik asosida qurildi. Bu jamiyatning dasturi to'kis, nizomi to'liq bo'ldi. U zotga Alloh taolo salavot va salomlar yuborsin.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh subhanahu va taolo tomonidan ato etilgan, oliyjanob sifatlar bilan yo'g'rilgan samoviy ruhiyat sohibi edilar, hollari pokiza zot edilar. Alloh taolo u zot orqali butun olamga munosib din berdi, uni dinlarning oxirgisi bo'lishini iroda etdi. Bashariyat din va dunyo nizomini undan oladigan bo'ldi.
Albatta, bu haqiqatlarning barchasi Alloh taoloning O'zining irodasi va ko'rsatmasi ila bo'ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning elchisi sifatida ilohiy ta'limotlarni bandalarga etkazdilar, o'z shaxslarida tatbiq qilib ko'rsatdilar. Boshqacha qilib aytganda, Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning yuborib turgan vahiysi orqali ish tutdilar.
Vahiyning ta'rifi va xususiyatlari haqida avval to'xtalib o'tdik. Endi esa Nabiy sollallohu alayhi vasallam vahiy asosida jamiyat qurishda qanday ish yuritganlari haqida qisqacha ma'lumot berib o'tmoqchimiz. Avvalo vahiyning darajalari haqida so'z yuritamiz.
KYeYINGI MAVZULAR:
Vahiyning darajalari
Hadis, hadisi qudsiy va Qur'on
ISLOM DINI
Avratga qarash ham zinoning bir turidir. Erkakning, ayolning avratiga qaraydigan kimsalarga qanday jazo berilishi quyidagi oyatlarda aytilgan:
«(Mo‘minlar) Allohdan boshqa hech qanday ilohga ibodat qilmaydilar; Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o‘ldirmaydilar; zino qilmaydilar. Kim bu ishlarni qilsa, uqubatga duchor bo‘ladi. Qiyomat kuni ularning azobi bir necha barobar ko‘paytiriladi, ular u yerda xor bo‘lib, abadiy qoladi. Kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa, Alloh o‘shalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtiradi. Alloh mag‘firatli, rahmli Zotdir» (Furqon surasi, 68-70-oyatlar).
Mana shu oyatga ko‘ra, kim ko‘zi bilan zino qilsa-yu, tavba qilmasa, Qiyomatda uqubatga duchor bo‘ladi. Uqubat jahannamdagi bir vodiy bo‘lib, u yerda zinokorlar azoblanadi. Kimki zinokorlar vodiysiga tushadigan bo‘lsa, uning uchun azob ko‘proq bo‘ladi, u yerda xor bo‘lib, abadiy qolib ketadi.
Zaharli o‘qdan saqlaning!
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisi qudsiyda bunday deganlar: «(Nomahramga) qarash iblisning zaharli o‘qlaridan biridir. Kim bu ishni Mendan qo‘rqib tark qilsa, buning o‘rniga qalbiga halovat beraman» (Imom Hokim rivoyati).
Oddiy o‘q bilan zaharlangan o‘qning farqi
Oddiy o‘q ba’zan tegsa ham, insonni o‘ldirmaydi, faqat tekkan joyigagina zarar yetkazadi. Zaharli o‘q esa salgina silab o‘tsa ham, zahari butun tanaga tarqab ketadi. Tezda chorasi ko‘rilmasa, odamni o‘ldiradi. Bunday o‘q tekkanda zahar butun tanaga tarqab ketmagunicha uning ta’siri sezilmay turadi.
Birovning avratiga qarash ham o‘sha avrat egasiga zarar beradigan zaharli o‘qdir. Bunday o‘q insonga tegsa, u bilan birga butun tanaga tarqab ketadigan kuchli zahar ham sanchiladi. Natijada insonning ruhiy holati ostin-ustin bo‘ladi, ibodatlariga, darslariga salbiy ta’sir qiladi, oilaviy aloqalarini buzib, barbod qiladi. Zahar (nazar) qanchalik oddiy bo‘lmasin, baribir tanaga tarqab, ta’siri uzoq vaqtdan keyin bo‘lsa ham yuzaga chiqadi. Demak, maktabda ham dugonasining avratiga qarash – zaharli o‘qdir. Xonanda va raqqosalarning avratlariga qarash – zaharli o‘qdir. Barcha harom narsalarga qarash haromdir. Bu zaharli o‘qlarning ta’siri boshida sezilmaydi. Harom narsaga qarab, yo‘lingizda davom etib ketaverasiz, lekin bu qarashlar namozingizga, Qur’on yod olishingizga, o‘qishingizga va oilaviy munosabatlaringizga singib, siz sezmagan holda bularning barchasini barbod qiladi. Demak, ko‘zni haromdan tiyish insonning qalbiga, tanasiga zahar yetib borishidan asraydi.
Bir qiz aytadi:
«Bo‘sh vaqtlarimda rosa serial, kino ko‘rardim. Tabiiyki, hammasida harom narsala (ochiq-sochiq tanalar, behayo sahnalar, uyat so‘zlar) bor edi. Haromga qarash zaharli o‘qligini, kim bu ishini Allohdan qo‘rqqani uchun tark etsa, Alloh uning qalbiga saodat ato etiishini bilgunimcha shunday yuraverganman. Bilganimdan keyin esa telefonga, internetga bilan qaraydigan bo‘la boshladim. Nimalarni ko‘rayotganimga, ular hayotimga qanday ta’sir qilayotganiga e’tibor bera boshlagan edim, ajoyib holat bo‘ldi. Har gal behayo narsalarni ko‘rganimda qalbimda qandaydir og‘riqni his qilardim – xuddi menga zaharli o‘q tekkandek bo‘lardi. Ko‘zimni tiyib, haromdan saqlana boshlaganimda esa butunlay boshqa holat bo‘ldi. Bu safar qalbim sururga, xotirjamlikka to‘ldi. Shundan keyin televizor pulti men uchun faqat televizorni emas, balki qalbimning holatini ham nazorat qiladigan vosita bo‘lib qoldi: behayolikni, buzuqlikni ko‘rsatadigan kanallarga olsam, qalbimda qayg‘u va tushkunlik eshigini ochgan bo‘laman; lekin boshqa kanalga olib, haromdan saqlansam, qalbimda baxt-saodat eshigini ochgan bo‘laman. Ko‘zimni haromdan saqlaganim sari hayotim go‘zallashib boraverdi. Avvallari biror kunim kino va seriallarsiz o‘tmaydigandek edi, endi esa ularsiz mutlaqo baxtli, pokiza yashayapman».
Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh,
Abdulhamid Umaraliyev tarjimasi.