Yaxshigamukofot,yomongajazoberuvchi
١4- وَلاَ يَمْضِي عَلَى الدَّيَّانِ وَقْتٌ وَأَزْمَانٌ وَأَحْوَالٌ بِحَالِ
Ma'nolar tarjimasi:
Dayyonga biror vaqt o'tmaydi, hamda zamonlar va holatlardan biror holat ham (o'tmaydi).
Nazmiy bayoni:
Dayyonga nisbatan joriy bo'lmas vaqt,
Shuningdek, zamonlaru va biror holat.
Lug'atlar izohi:
لاَ – nafiy harfi.
يَمْضِي – muzori' fe'li, oxirida kelgan ي ning zammasini bildirib o'qish og'ir bo'lgani uchun taqdiriy zamma bilan marfu' hisoblanadi.
عَلَى – “iste'lo” (ustun bo'lish) ma'nosidagi jor harfi.
الدَّيَّانِ – jor va majrur يَمْضِي لاَ fe'liga mutaalliq. Lug'atda “bo'yinsundiruvchi”, “hukm qiluvchi” va “jazo beruvchi” kabi ma'nolarni anglatadigan Alloh taoloning ismlaridan biri.
وَقْتٌ – يَمْضِي fe'lining foili. Vaqt deganda o'tayotgan davrning bir bo'lagi tushuniladi.
أَزْمَانٌ – zamonlar deganda ketma-ket keluvchi davrlar tushuniladi.
أَحْوَالٌ – kalimasi حَالٌ ning ko'plik shakli bo'lib “sobit bo'lmagan sifatlar” ma'nosini anglatadi. Ya'ni vaqtinchalik bor bo'lib keyin zavolga uchraydigan, o'zgarib turadigan sifatlar hol deyiladi. Masalan turish, o'tirish, yurish kabi sifatlar.
بِحَالِ – بِ jor harfi في ma'nosida kelgan.
Matn sharhi:
Alloh taoloning yaxshiga mukofot, yomonga jazo beriladigan kunning podshohi ekani har namozda takror-takror e'tirof etib turiladi:
﴿مَٰلِكِ يَوۡمِ ٱلدِّينِ٤﴾
“Jazo (va mukofot) kunining (qiyomat kunining) egasidir”[1].
“Dayyon” Alloh taoloning ismlaridan biri ekani hadisi-sharifda bayon qilingan:
عَنْ أَبِي قَلاَبَةَ قَالَ قاَلَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ اَلْبِرُّ لَا يَبْلَى وَالْإِثْمُ لَا يُنْسَى وَالدَّيَّانُ لَا يَمُوتُ فَكُنْ كَمَا شِئْتَ كَمَا تَدِينُ تُدَانُ. مُصَنَّفُ عَبْدِ الرَّزَّاقِ
Abu Qalobadan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yaxshilik eskirmaydi, jinoyatunutilmaydi, Dayyono'lmaydi, basxohlaganingdekbo'l, qilmishinggayarashajazoolasan”, – dedilar”. Abdurrazzoq “Musannaf”dakeltirgan.
Sharh: “Yaxshilik”, ya'ni o'zgalarga qilingan yaxshilik va Alloh taologa qilingan toat-ibodat, “eskirmaydi”, ya'ni zoye ketmaydi, “jinoyat unutilmaydi”, ya'ni ikkisi ham dunyoyu oxiratda zikr qilinadi, ikkisiga ko'ra go'zal mukofotlar yoki yomon jazolar beriladi”[2].
Baytning umumiy ma'nosi shuki, zamon va makonlar Alloh taoloning vujudga keltirgan narsalaridir. Bir paytlar makonlar ham, zamonlar ham va turli holatlar ham bo'lmagan. So'ngra Alloh taolo ularni yo'qdan bor qilgan. Uning yo'qdan bor qilgan narsalari O'zining ustiga joriy bo'lmaydi, balki yaralmish mavjudotlarning ustilariga joriy bo'ladi.
MutlaqehtiyojsizZot
١5- وَمُسْتَغْنٍ إِلَهِي عَنْ نِسَاءٍ وَأَوْلاَدٍ إِنَاثٍ أَوْ رِجَالِ
Ma'nolar tarjimasi:
Ilohim ayollardan behojatdir hamda qiz yo o'g'il bolalardan ham (behojatdir).
Nazmiy bayoni:
Robbimiz oliydir muhtoj qolishdan,
Qiz yo o'g'il bolayu xotin olishdan.
Lug'atlar izohi:
مُسْتَغْنٍ – mubtadosidan oldin keltirilgan xabar. الاِسْتِغْنَاءُ kalimasi “behojatlikni bildirish” ma'nosini anglatadi va quyidagi ma'nolarda ishlatiladi:
Albatta, ushbu kalima bu erda uchinchi ma'noda ishlatilgan.
إِلَهِي – xabaridan keyin keltirilgan mubtado. Mutakallim ي siga izofa qilingan.
نِسَاءٍ – kalimasi مَرْأَةٌ ning ko'plik shaklidir.
– اَوْلاَدٍ kalimasi وَلَدٌ ning ko'plik shakli bo'lib, o'g'il bolaga ham, qiz bolaga ham barobar ishlatiladi. Huddi o'zbek tilidagi farzand so'zi o'g'il bolaga ham, qiz bolaga ham teng ishlatilganiga o'xshash.
– اِنَاثٍ bu kalima اُنْثَى ning ko'plik shakli bo'lib, “ayollar” ma'nosini bildiradi.اَوْلاَدٍ dan badal.
– اَوْ “tab'iyz” (bo'laklarga ajratish) va “tafsiyl” (batafsil bayon qilish) ma'nosidagi atf harfi.
رِجَالِ – رَجُلٌ kalimasining ko'plik shakli bo'lib, bundan tashqari رَجَلَةٌ، رَجْلَةٌ، اَرَاجِلُ va رِجَالاَت shakllarida ham jam bo'ladi.
Matn sharhi:
Alloh taolo biror narsaga muhtoj bo'lishdan pok zotdir. U zot na xotin va na farzandga muhtoj bo'lmaydi. O'shiy rahmatullohi alayh ana shu ma'noni ta'kidlash uchun U zot qiz bolalarga ham muhtoj emas, o'g'il bolalarga ham muhtoj emas, deya batafsil keltirayapti. Aslida, “valadun” kalimasi lug'aviy jihatidan ham, shar'iy jihatidan ham, o'g'il va qiz farzandalarning barchasini qamrab oladigan kalima hisoblanadi. Bunga jinlarning tilidan hikoya tarzda bayon qilingan xabar dalildir:
﴿وَأَنَّهُۥ تَعَٰلَىٰ جَدُّ رَبِّنَا مَا ٱتَّخَذَ صَٰحِبَةٗ وَلَا وَلَدٗا٣﴾
“Albatta, buyukligi oliy bo'lgan Robbimiz o'ziga birorta xotin ham, farzand ham tutgan emasdir”[3].
Ushbu oyatdagi “farzand tutgan emas” so'zi o'g'il bola ham, qiz bola ham tutmaganini bildiradi. Bundan oldingi baytda Alloh taologa zamon va biror holat o'tmasligi bayon qilingan edi. Ushbu baytda esa U zotning hech narsaga muhtoj emasligi keltirildi. Bandaning Alloh taolo to'g'risidagi e'tiqodi qanday bo'lishi lozimligi “Ixlos” surasida qisqa va lo'nda xabar berilgan:
﴿قُلۡ هُوَ ٱللَّهُ أَحَدٌ١ ٱللَّهُ ٱلصَّمَدُ٢ لَمۡ يَلِدۡ وَلَمۡ يُولَدۡ٣ وَلَمۡ يَكُن لَّهُۥ كُفُوًا أَحَدُۢ٤﴾
“(Ey Muhammad!) Ayting: “U Alloh yagonadir. Alloh Samad (ehtiyojsiz, hojatbaror)dir. U tug'magan va tug'ilmagan ham. Shuningdek, Uning hech bir tenggi yo'qdir”[4].
Bu oyati karimalar to'g'risida “Sofvatut tafosir” kitobida quyidagilar aytilgan: “ ... Bilingki, Alloh taolo “Yagonadir” deya vasf qilindi. Buning uchta ma'nosi bor bo'lib, uchalasini ham U zotga nisbatan qo'llash to'g'ridir:
Yuqorida tavhid tushunchasi to'g'risida bayon qilingan bo'lsa-da, ushbu o'rinda yana Alloh taoloning ayol va farzandlarga muhtoj emasligining ta'kidlanishi “Alloh uchtaning uchinchisidir” degan e'tiqoddagi kimsalarga raddiyadir. Zero, bunday e'tiqoddagi kimsalarning kofir bo'lishlari Qur'oni karimda bayon qilingan:
﴿لَّقَدۡ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ ثَالِثُ ثَلَٰثَةٖۘ وَمَا مِنۡ إِلَٰهٍ إِلَّآ إِلَٰهٞ وَٰحِدٞۚ وَإِن لَّمۡ يَنتَهُواْ عَمَّا يَقُولُونَ لَيَمَسَّنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمٌ٧٣﴾
“Alloh Uchtaning (Alloh, Maryam va Isoning yoki Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning) biridir”, – deganlar (ham) kofir bo'ldilar. Yagona Ilohdan boshqa iloh yo'qdir. Agar aytayotgan (gap)laridan qaytmasalar, ular orasidan kofir bo'lganlariga (oxiratda) alamli azob etishi muqarrardir”[5].
Ushbu oyatda ba'zi nasroniy firqalarning “ilohlik Alloh, Iso va Maryamlar oralarida mushtarakdir, ularning har biri ilohdir”, degan e'tiqodlarining noto'g'ri ekani hamda to'g'ri e'tiqod qanday bo'lishi bayon qilingan.
Ulug'lik va oliylik egasi
١6- كَذَا عَنْ كُلِّ ذِي عَوْنٍ وَنَصْرٍ تَفَرَّدَ ذُو الْجَلاَلِ وَذُو الْمَعَالِ
Ma'nolar tarjimasi:
Shuningdek, barcha ko'makchi va yordamchidan ham (behojatdir). Buyuklik sohibi va ulug' ishlar sohibi yagonadir.
Nazmiy bayoni:
Ko'makchiyu yordamchiga muhtojmas aslo,
Zul jalolu Mutaoliy mutlaqo tanho.
Lug'atlar izohi:
كَذَا – “tashbeh” (o'xshatish) harfi bo'lgan كَ va ismi ishora ذَا dan tarkib topgan ism bo'lib, oldingi baytga ma'tuf bo'lib kelgan.
عَنْ – jor harfi مِنْ ma'nosida kelgan. Ya'ni majrur ism مُسْتَغْنٍ ning "mafulun bihi"sidir.
– كُلِّ nakra ismga izofa bo'lgani uchun “istig'roqul jins”ni ifodalab kelgan[6]. Jor majrur oldingi baytdagi مُسْتَغْنٍ ga mutaalliq.
– ذِي“sohib” ma'nosidagi ism bo'lib, “asmai sitta”dan biri. Doimo izofa bo'lib keladi. Faqat mutakallim ى ga izofa qilinmaydi.
– عَوْنٍ lug'atda “xizmatchi” ma'nosini anglatadi.
– نَصْرٍ ismi foil ma'nosidagi masdar. Ya'ni نَصْرٌ رَجُلٌ degan so'zdan نَاصِرٌ رَجُلٌ ma'nosi tushuniladi.
تَفَرَّدَ – ushbu fe'l biror bir xususiyatda hech bir sheriksiz, yakkayu yagona bo'lishga nisbatan ishlatiladi. Nozim Alloh taoloni zotida ham, sifatlarida ham yagona ekanini ifodalash uchun aynan ushbu fe'lni ishlatgan.
الْجَلاَلِذُو – Alloh taoloning ismlaridan biri. ذُو Foillikka ko'ra raf bo'lib turibdi.
مَعَالِ – bu kalima مَعْلاَة ning ko'plik shakli bo'lib, “ulug' ishlar” ma'nosini anglatadi.
Matnsharhi:
Ushbu bayt yuqoridagi baytning davomi bo'lib, Alloh taolo O'ziga xotin va farzand tutishdan xoli bo'lganidek, biror bir ko'makchi va yordamchiga muhtoj bo'lishdan ham xoli degan ma'noni anglatadi. Zero, Alloh taolo butun olamlardan behojat zotdir. Ushbu haqiqat Qur'oni karimda shunday ifoda qilingan:
﴿وَقُلِ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِي لَمۡ يَتَّخِذۡ وَلَدٗا وَلَمۡ يَكُن لَّهُۥ شَرِيكٞ فِي ٱلۡمُلۡكِ وَلَمۡ يَكُن لَّهُۥ وَلِيّٞ مِّنَ ٱلذُّلِّۖ وَكَبِّرۡهُ تَكۡبِيرَۢا١١١﴾
“Hamd farzand tutmagan, podshohligida sherigi yo'q, xorlikdan (qutqaruvchi) do'sti bo'lmagan (ya'ni hech kimga muhtoj bo'lmaydigan) zot – Allohga xosdir”, – deng va (ulug'lab) Unga takbir ayting!”[7].
Ya'ni farzand tutishdan xoli bo'lgan Allohga hamd bo'lsin, ibodat qilinishga haqli ekanida sherigi bo'lmagan Allohga hamd bo'lsin, butun olamlardan behojat bo'lgan, shuning uchun hech qachon biror do'st yo ko'makchiga muhtoj bo'lmaydigan Allohga hamd bo'lsin, degin. Hamda Uni mutlaqo ulug'lagin, Uni oliy va buyuk sifatlari bilan zikr qilgin.
Mazkur ma'nolarni to'ldiruvchi ma'lumotlar 2-baytning sharhida aytib o'tildi.
KYeYINGI MAVZULAR:
QAYTA TIRILIShGA IYMON KYeLTIRISh:
Iymon ruknlaridan biri;
Qiyomat alomatlari;
Qiyomat kunidagi voqealar tartibi;
[1] Fotiha surasi, 3-oyat.
[2] Mulla Ali Qori. Sharhu Musnadi Abi Hanifa 1-juz. “Maktabatush shomila”. – B. 273.
[3] Jin surasi, 3-oyat.
[4] Ixlos surasi, 1, 4-oyatlar.
[5] Moida surasi, 73-oyat.
[6] Bu haqidagi ma'lumot 3-baytning izohida bayon qilindi.
[7] Isro surasi, 111-oyat.
Ba’zi ulamolar insonning hayot bilan vidolashuv damlarini “safar chog‘i”, “safar soati” deyishadi. Xususan, mashhur olim Oiz Qarniy “Sahobalar hayotidan xotiralar” kitobida Amr ibn Os roziyallohu anhuning “safar soati” haqida so‘z yuritib, bu vaqtning rostgo‘ylik, ruhning poklanishi, oshkoralik va shaffoflik onlari ekanini ta’kidlaydi.
Bu vaqtda o‘lim to‘shagida yotgan insondan dunyo bezaklariga intilish, ig‘vo, munofiqlik, soxtakorlik kabi illatlar chekinar va u o‘zining haqiqati bilan yolg‘iz qoladi. Hatto Fir’avn ham jon berish onida ichidagi maxfiy haqiqatni oshkor qilib, bunday degan:
لا إِلَهَ إِلا الَّذِي آَمَنَتْ بِهِ بَنُو إِسْرَائِيلَ وَأَنَا مِنَ الْمُسْلِمِينَ
“Iymon keltirdimki, Isroil avlodi iymon keltirgan Zotdan o‘zga iloh yo‘qdir. Men ham musulmonlardanman” (Yunus surasi, ٩٠-oyat).
Mashhur sahobiy Amr ibn Os roziyallohu anhu o‘lim to‘shagida yotarkan, yuzini devorga burib olgandi. Atrofida o‘tirgan do‘stlari va o‘g‘li Abdulloh Amr ibn Osga Misrni fath etib, Islomning yoyilishiga katta hissa qo‘shganini, Allohning rahmatidan umidvor bo‘lishini eslatar, u zot bo‘lsa, o‘zini qanday oqibat kutayotganini bilmagani bois qo‘rquvdan yig‘lardi.
Amr ibn Os roziyallohu anhu so‘nggi lahzalarini boshdan kechirar ekan, yashab o‘tgan hayotini xotirlab, bunday xulosaga keladi: “Mening umrim uch bosqichda o‘tdi. Islomdan oldin jaholat bosqichida yashadim. O‘sha paytda eng yomon ko‘rganim Rasululloh sollallohu alayhi va sallam edilar. Har qancha hiyla-nayrang ishlatib bo‘lsa ham, u zotni o‘ldirishga tayyor edim. Islomni qabul qilgach, Madinaga hijrat qildim. Bu hayotimdagi ikkinchi bosqich, ya’ni kufrdan Islomga o‘tish bosqichi edi...”
Amr ibn Os Makkadan Madinaga Xolid ibn Valid bilan birga hijrat qilgandi. Ular Madinaga yaqinlasharkan, Amr ibn Os Xolid ibn Validga: “Yo oldinda yur yoki orqada qol. Mening gunohlarim ko‘p. Rasulullohga ular haqida aytmoqchiman. U zot bilan yolg‘iz qolishni istayman”, dedi. Shundan so‘ng Xolid ibn Valid oldinga o‘tib ketdi. Amr ibn Os roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning oldilariga kelib: “Qo‘lingizni bering, bay’at qilaman”, dedi.
Rasululloh Amr ibn Osga bay’at uchun qo‘llarini cho‘zganlarida, u payg‘ambarimizning muborak qo‘llarini mahkam ushlab oldi. Nabiy alayhissalom: “Senga nima bo‘ldi, ey Amr?” deb so‘radilar. Amr ibn Os: “Men shart qo‘ymoqchiman, ey Allohning Rasuli”, dedi. U zot: “Nimani shart qo‘yasan?” dedilar. Amr ibn Os: “Rabbim o‘tgan gunohlarimni mag‘firat qilishini shart qilib qo‘yaman”, dedi. Amr ibn Os johiliyat davrida Islomga qarshi janglarda qatnashgan va ko‘pgina gunoh ishlarga qo‘l urgandi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ey Amr, bilmaysanmi? Islom o‘zidan oldingi narsalarni yo‘q qiladi (gunohlarni kechiradi)”, dedilar.
Amr ibn Os roziyallohu anhu aytadi: «Qo‘limni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo‘llariga qo‘yib, bay’at qildim. Shundan so‘ng muhabbat va itoatkorlik ila u zotga hamroh bo‘ldim. U zot men uchun insonlarning eng sevimlisi edilar. Islomdan avvalgi nafratim muhabbatga aylandi. Rasuli akram sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan hurmatim sababidan u zotga tik qaray olmaganman. Agar mendan u zotni tasvirlab berishimni so‘rasangiz, bu ishni uddalay olmayman. Chunki u zotga bo‘lgan muhabbatim, ehtiromim va hayoim sababli Rasulullohning yuzlariga qaray olmaganman. Ana shu muhabbat tufayli qaytadan dunyoga kelgandek bo‘ldim... Koshkiydi, o‘sha holatimda vafot topgan bo‘lsam. Chunki mazkur holat din uchun kurash, ilm, tavba va hidoyat kabi his-tuyg‘ularni o‘zida jamlagandi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan so‘ng o‘zgarib qoldim. Bu hayotimning uchinchi bosqichi edi. Bu bosqichda dunyo men bilan oshkora o‘yin qildi. Siffin va Jamal kabi fitnali hodisalar sodir bo‘ldi. Allohga qasam, jannatga kiramanmi yoki do‘zaxgami, bilmayman!.. Hozir birgina kalima bor, xolos. Uni Allohning huzurida o‘zim uchun hujjat qilaman. Bu: “La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah. Lahul-mulku va lahul hamdu va huva ’ala kulli shay’in qodir” kalimasidir».
Shundan so‘ng Amr ibn Os roziyallohu anhu kaftini mahkam siqdi va ruhi tanasidan chiqib ketdi. Uning o‘g‘li Abdulloh ibn Amr aytadi: “Otamni yuvgani olib kirdik. G‘assollar uning barmoqlarini yuvish uchun ochmoqchi bo‘ldilar, lekin ular mahkam siqilgandi. So‘ng uni kafanlash uchun barmoqlarini ochdik, lekin ular yana yopilib qoldi. Uni qabrga qo‘yganimizda ham qo‘llari mahkam siqilgandi”...
Ushbu voqea zamirida barchamiz uchun ulkan saboq bor. Amr ibn Os roziyallohu anhuning naqadar samimiyligi, tavhid kalimasini dili va tilida mahkam tutib, Rabbisiga yuzlanganiga havasdamiz, albatta.
Amr ibn Os roziyallohu anhu umrini uch bosqichga bo‘ldi. Bizning “safar soati”miz qanday kecharkin? Hayotimiz necha bosqichdan iborat bo‘ladi? Umrimiz qanday kechyapti? Rabbimiz biz ojiz bandalariga bu borada ham O‘z “taklif”ini taqdim etgan. Oli Imron surasi ٨-oyatida bunday duo bor:
رَبَّنَا لَا تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً إِنَّكَ أَنْتَ الْوَهَّابُ
“Robbanaa laa tuzig‘ quluubanaa ba’da iz hadaytanaa vahab lanaa mil-ladunka rohmah. Innaka antal Vahhaab”.
“Ey Rabbimiz, bizni hidoyat yo‘liga solganingdan keyin dillarimizni (to‘g‘ri yo‘ldan) og‘dirma va bizga huzuringdan rahmat ato et! Albatta, Sen Vahhob (barcha ne’matlarni tekin ato etuvchi)dirsan”.
Mehribon Zot barchamizni ushbu duo-oyat haqiqati bilan rizqlantirsin!
Mavjuda NURIDDINOVA
tayyorladi.