Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Yanvar, 2025   |   16 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:46
Peshin
12:38
Asr
15:39
Shom
17:23
Xufton
18:41
Bismillah
16 Yanvar, 2025, 16 Rajab, 1446

E'tiqod durdonalari: YaHShIGA MUKOFOT YoMONGA JAZO BYeRUVChI. MUTLAQ EHTIYoJSIZ ZOT. ULUG'LIK VA OLIYLIK EGASI.

14.11.2020   3023   20 min.
E'tiqod  durdonalari: YaHShIGA MUKOFOT YoMONGA JAZO BYeRUVChI. MUTLAQ EHTIYoJSIZ ZOT. ULUG'LIK VA OLIYLIK EGASI.

 

Yaxshigamukofot,yomongajazoberuvchi

 

١4- وَلاَ يَمْضِي عَلَى الدَّيَّانِ وَقْتٌ     وَأَزْمَانٌ وَأَحْوَالٌ بِحَالِ

Ma'nolar tarjimasi:

Dayyonga biror vaqt o'tmaydi, hamda zamonlar va holatlardan biror holat ham (o'tmaydi).

Nazmiy bayoni:

Dayyonga nisbatan joriy bo'lmas vaqt,

Shuningdek, zamonlaru  va biror  holat.

Lug'atlar izohi:

لاَ – nafiy harfi.

يَمْضِي – muzori' fe'li, oxirida kelgan ي ning zammasini bildirib o'qish og'ir bo'lgani uchun taqdiriy zamma bilan marfu' hisoblanadi. 

عَلَى – “iste'lo” (ustun bo'lish) ma'nosidagi jor harfi.

الدَّيَّانِ – jor va majrur يَمْضِي لاَ fe'liga mutaalliq. Lug'atda “bo'yinsundiruvchi”, “hukm qiluvchi” va “jazo beruvchi” kabi ma'nolarni anglatadigan Alloh taoloning ismlaridan biri.

وَقْتٌ – يَمْضِي fe'lining foili. Vaqt deganda o'tayotgan davrning bir bo'lagi tushuniladi.

 أَزْمَانٌ – zamonlar deganda ketma-ket keluvchi davrlar tushuniladi.

أَحْوَالٌ – kalimasi حَالٌ ning ko'plik shakli bo'lib “sobit bo'lmagan sifatlar” ma'nosini anglatadi. Ya'ni vaqtinchalik bor bo'lib keyin zavolga uchraydigan, o'zgarib turadigan sifatlar hol deyiladi. Masalan turish, o'tirish, yurish kabi sifatlar.

بِحَالِ – بِ jor harfi في ma'nosida kelgan.

Matn sharhi:

Alloh taoloning yaxshiga mukofot, yomonga jazo beriladigan kunning podshohi ekani har namozda takror-takror e'tirof etib turiladi:

﴿مَٰلِكِ يَوۡمِ ٱلدِّينِ٤

“Jazo (va mukofot) kunining (qiyomat kunining) egasidir”[1].   

Dayyon” Alloh taoloning ismlaridan biri ekani hadisi-sharifda bayon qilingan:  

عَنْ أَبِي قَلاَبَةَ قَالَ قاَلَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيهِ وَسَلَّمَ اَلْبِرُّ لَا يَبْلَى وَالْإِثْمُ لَا يُنْسَى وَالدَّيَّانُ لَا يَمُوتُ فَكُنْ كَمَا شِئْتَ كَمَا تَدِينُ تُدَانُ.  مُصَنَّفُ عَبْدِ الرَّزَّاقِ

Abu Qalobadan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Yaxshilik  eskirmaydi, jinoyatunutilmaydi, Dayyono'lmaydi, basxohlaganingdekbo'l, qilmishinggayarashajazoolasan, – dedilar”.  AbdurrazzoqMusannafdakeltirgan.

Sharh: “Yaxshilik”, ya'ni o'zgalarga qilingan yaxshilik va Alloh taologa qilingan toat-ibodat, “eskirmaydi”, ya'ni zoye ketmaydi, “jinoyat unutilmaydi”, ya'ni ikkisi ham dunyoyu oxiratda zikr qilinadi, ikkisiga ko'ra go'zal mukofotlar yoki yomon jazolar beriladi”[2].

Baytning umumiy ma'nosi shuki, zamon va makonlar Alloh taoloning vujudga keltirgan narsalaridir. Bir paytlar makonlar ham, zamonlar ham va turli holatlar ham bo'lmagan. So'ngra Alloh taolo ularni yo'qdan bor qilgan. Uning yo'qdan bor qilgan narsalari O'zining ustiga joriy bo'lmaydi, balki yaralmish mavjudotlarning ustilariga joriy bo'ladi.

 

MutlaqehtiyojsizZot

 

١5- وَمُسْتَغْنٍ إِلَهِي عَنْ نِسَاءٍ     وَأَوْلاَدٍ إِنَاثٍ أَوْ رِجَالِ

Ma'nolar tarjimasi:

Ilohim ayollardan behojatdir hamda qiz yo o'g'il bolalardan ham (behojatdir).

Nazmiy bayoni:

Robbimiz oliydir muhtoj qolishdan,

Qiz yo o'g'il bolayu xotin olishdan.

Lug'atlar izohi:

مُسْتَغْنٍ – mubtadosidan oldin keltirilgan xabar. الاِسْتِغْنَاءُ kalimasi “behojatlikni bildirish” ma'nosini anglatadi va quyidagi ma'nolarda ishlatiladi:

  1. Biror narsadan ehtiyoji qonganligi tufayli undan behojat ekanini bildirish;
  2. Aslida muhtoj bo'lgan narsadan ayrim sabablarga ko'ra o'zini behojat qilib ko'rsatish;
  3. Mutlaq ehtiyojsizlikni bildirib qo'yish.

Albatta, ushbu kalima bu erda uchinchi ma'noda ishlatilgan. 

إِلَهِي – xabaridan keyin keltirilgan mubtado. Mutakallim ي siga izofa qilingan. 

نِسَاءٍ – kalimasi مَرْأَةٌ  ning ko'plik shaklidir.

اَوْلاَدٍ  kalimasi وَلَدٌ ning ko'plik shakli bo'lib, o'g'il bolaga ham, qiz bolaga ham barobar ishlatiladi. Huddi o'zbek tilidagi farzand so'zi o'g'il bolaga ham, qiz bolaga ham teng ishlatilganiga o'xshash.

اِنَاثٍ  bu kalima اُنْثَى ning ko'plik shakli bo'lib, “ayollar” ma'nosini bildiradi.اَوْلاَدٍ   dan badal.

– اَوْ “tab'iyz” (bo'laklarga ajratish)  va “tafsiyl” (batafsil bayon qilish) ma'nosidagi atf harfi.

رِجَالِ – رَجُلٌ kalimasining ko'plik shakli bo'lib, bundan tashqari رَجَلَةٌ، رَجْلَةٌ، اَرَاجِلُ va رِجَالاَت shakllarida ham jam bo'ladi.

Matn sharhi:

Alloh taolo biror narsaga muhtoj bo'lishdan pok zotdir. U zot na xotin va na farzandga muhtoj bo'lmaydi. O'shiy rahmatullohi alayh ana shu ma'noni ta'kidlash uchun U zot qiz bolalarga ham muhtoj emas, o'g'il bolalarga ham muhtoj emas, deya batafsil keltirayapti. Aslida,  “valadun” kalimasi lug'aviy jihatidan ham, shar'iy jihatidan ham,  o'g'il va qiz farzandalarning barchasini qamrab oladigan kalima hisoblanadi. Bunga jinlarning tilidan hikoya tarzda bayon qilingan xabar dalildir: 

﴿وَأَنَّهُۥ تَعَٰلَىٰ جَدُّ رَبِّنَا مَا ٱتَّخَذَ صَٰحِبَةٗ وَلَا وَلَدٗا٣

“Albatta, buyukligi oliy bo'lgan Robbimiz o'ziga birorta xotin ham, farzand ham tutgan emasdir”[3].  

Ushbu oyatdagi  “farzand tutgan emas” so'zi o'g'il bola ham, qiz bola ham tutmaganini bildiradi. Bundan oldingi baytda Alloh taologa zamon va biror holat o'tmasligi bayon qilingan edi. Ushbu baytda esa U zotning hech narsaga muhtoj emasligi keltirildi. Bandaning Alloh taolo to'g'risidagi e'tiqodi qanday bo'lishi lozimligi “Ixlos” surasida qisqa va lo'nda xabar berilgan: 

﴿قُلۡ هُوَ ٱللَّهُ أَحَدٌ١ ٱللَّهُ ٱلصَّمَدُ٢ لَمۡ يَلِدۡ وَلَمۡ يُولَدۡ٣ وَلَمۡ يَكُن لَّهُۥ كُفُوًا أَحَدُۢ٤

(Ey Muhammad!)  Ayting: “U Alloh yagonadir. Alloh Samad (ehtiyojsiz,  hojatbaror)dir. U tug'magan va tug'ilmagan ham. Shuningdek, Uning hech bir tenggi yo'qdir”[4].   

Bu oyati karimalar to'g'risida “Sofvatut tafosir” kitobida quyidagilar aytilgan: “ ... Bilingki, Alloh taolo “Yagonadir” deya vasf qilindi. Buning uchta ma'nosi bor bo'lib, uchalasini ham U zotga nisbatan qo'llash to'g'ridir:

  1. U yagonadir, ikkinchisi yo'qdir. Ya'ni bu so'z adadni rad etadi.
  2. U yagonadir, tengi va sherigi yo'qdir. Bu xuddi “falonchi o'z asrida yagona” degan so'zdan “unga teng keladigani yo'q” ma'nosi tushunilgani kabidir.
  3. U yagonadir, qismlanmaydi ham, bo'linmaydi ham...

Yuqorida tavhid tushunchasi to'g'risida bayon qilingan bo'lsa-da, ushbu o'rinda yana Alloh taoloning ayol va farzandlarga muhtoj emasligining ta'kidlanishi “Alloh uchtaning uchinchisidir” degan e'tiqoddagi kimsalarga raddiyadir. Zero, bunday e'tiqoddagi kimsalarning kofir bo'lishlari Qur'oni karimda bayon qilingan: 

﴿لَّقَدۡ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ ثَالِثُ ثَلَٰثَةٖۘ وَمَا مِنۡ إِلَٰهٍ إِلَّآ إِلَٰهٞ وَٰحِدٞۚ وَإِن لَّمۡ يَنتَهُواْ عَمَّا يَقُولُونَ لَيَمَسَّنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنۡهُمۡ عَذَابٌ أَلِيمٌ٧٣

“Alloh Uchtaning (Alloh, Maryam va Isoning yoki Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning) biridir”, – deganlar (ham) kofir bo'ldilar. Yagona Ilohdan boshqa iloh yo'qdir. Agar aytayotgan (gap)laridan qaytmasalar, ular orasidan kofir bo'lganlariga (oxiratda) alamli azob etishi muqarrardir”[5].

Ushbu oyatda ba'zi nasroniy firqalarning “ilohlik Alloh, Iso va Maryamlar oralarida mushtarakdir, ularning har biri ilohdir”, degan e'tiqodlarining noto'g'ri ekani hamda to'g'ri e'tiqod qanday bo'lishi bayon qilingan.  

 

Ulug'lik va oliylik egasi

 

١6- كَذَا عَنْ كُلِّ ذِي عَوْنٍ وَنَصْرٍ     تَفَرَّدَ ذُو الْجَلاَلِ وَذُو الْمَعَالِ

Ma'nolar tarjimasi:

Shuningdek, barcha ko'makchi va yordamchidan ham (behojatdir). Buyuklik sohibi va ulug' ishlar sohibi yagonadir.

 

Nazmiy bayoni:

Ko'makchiyu yordamchiga muhtojmas aslo,

Zul jalolu Mutaoliy mutlaqo tanho.

Lug'atlar izohi:

كَذَا – “tashbeh” (o'xshatish) harfi bo'lgan كَ va ismi ishora ذَا dan tarkib topgan ism bo'lib, oldingi baytga ma'tuf bo'lib kelgan.

عَنْ – jor harfi مِنْ ma'nosida kelgan. Ya'ni majrur ism مُسْتَغْنٍ ning "mafulun bihi"sidir.

كُلِّ nakra ismga izofa bo'lgani uchun “istig'roqul jins”ni ifodalab kelgan[6]. Jor majrur oldingi baytdagi مُسْتَغْنٍ ga mutaalliq.

 – ذِي“sohib” ma'nosidagi ism bo'lib, “asmai sitta”dan biri. Doimo izofa bo'lib keladi. Faqat mutakallim ى ga izofa qilinmaydi.

عَوْنٍ lug'atda “xizmatchi” ma'nosini anglatadi.

نَصْرٍ ismi foil ma'nosidagi masdar. Ya'ni نَصْرٌ رَجُلٌ degan so'zdan نَاصِرٌ رَجُلٌ ma'nosi tushuniladi.

تَفَرَّدَ – ushbu fe'l biror bir xususiyatda hech bir sheriksiz, yakkayu yagona bo'lishga nisbatan ishlatiladi. Nozim Alloh taoloni zotida ham, sifatlarida ham yagona ekanini ifodalash uchun aynan ushbu fe'lni ishlatgan.

الْجَلاَلِذُو – Alloh taoloning ismlaridan biri. ذُو Foillikka ko'ra raf bo'lib turibdi.

مَعَالِ – bu kalima مَعْلاَة  ning ko'plik shakli bo'lib, “ulug' ishlar” ma'nosini anglatadi.

Matnsharhi:

Ushbu bayt yuqoridagi baytning davomi bo'lib, Alloh taolo O'ziga xotin va farzand tutishdan xoli bo'lganidek, biror bir ko'makchi va yordamchiga muhtoj bo'lishdan ham xoli degan ma'noni anglatadi. Zero, Alloh taolo butun olamlardan behojat zotdir. Ushbu haqiqat Qur'oni karimda shunday ifoda qilingan:   

﴿وَقُلِ ٱلۡحَمۡدُ لِلَّهِ ٱلَّذِي لَمۡ يَتَّخِذۡ وَلَدٗا وَلَمۡ يَكُن لَّهُۥ شَرِيكٞ فِي ٱلۡمُلۡكِ وَلَمۡ يَكُن لَّهُۥ وَلِيّٞ مِّنَ ٱلذُّلِّۖ وَكَبِّرۡهُ تَكۡبِيرَۢا١١١

“Hamd farzand tutmagan, podshohligida sherigi yo'q, xorlikdan (qutqaruvchi) do'sti bo'lmagan (ya'ni hech kimga muhtoj bo'lmaydigan) zot – Allohga xosdir”, – deng va (ulug'lab) Unga takbir ayting!”[7]

Ya'ni farzand tutishdan xoli bo'lgan Allohga hamd bo'lsin, ibodat qilinishga haqli ekanida sherigi bo'lmagan Allohga hamd bo'lsin, butun olamlardan behojat bo'lgan, shuning uchun hech qachon biror do'st yo ko'makchiga muhtoj bo'lmaydigan Allohga hamd bo'lsin, degin. Hamda Uni mutlaqo ulug'lagin, Uni oliy va buyuk sifatlari bilan zikr qilgin.

Mazkur ma'nolarni to'ldiruvchi ma'lumotlar 2-baytning sharhida aytib o'tildi.

 

KYeYINGI MAVZULAR:

QAYTA TIRILIShGA IYMON KYeLTIRISh:

Iymon ruknlaridan biri;

Qiyomat alomatlari;

Qiyomat kunidagi voqealar tartibi;

 

[1] Fotiha surasi, 3-oyat.

[2] Mulla Ali Qori. Sharhu Musnadi Abi Hanifa 1-juz. “Maktabatush shomila”. – B. 273.

[3] Jin surasi, 3-oyat.

[4] Ixlos surasi, 1, 4-oyatlar.

[5] Moida surasi, 73-oyat.

[6] Bu haqidagi ma'lumot 3-baytning izohida bayon qilindi.

[7] Isro surasi, 111-oyat.

 

Kutubxona
Boshqa maqolalar

Rasululloh ﷺ boshlaridan kechirgan eng katta qayg‘u

13.01.2025   2703   5 min.
Rasululloh ﷺ boshlaridan kechirgan eng katta qayg‘u

Muhtarama singlim! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlarida yuz bergan eng og‘ir, u zotga eng ko‘p qayg‘u keltirgan musibat haqida o‘qishdan oldin fikringizni bir joyga jamlab, yaxshilab o‘ylab, quyidagi savollarga javob berib ko‘ring:

Hayotingizda qanday holatlar sizni qayg‘uga solgan?
Ularning sababi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
O‘sha holatlarda o‘zingizni qanday tutgansiz?
Ularning qaysi birini eng og‘ir musibat deb bilgansiz?

Bu savollar haqida kengroq fikr yuritib javob bergan bo‘lsangiz, keling, endi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlarida yuz bergan eng og‘ir musibat bilan tanishamiz.

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari Oisha roziyallohu anho bunday deganlar:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga «Boshingizga Uhud kunidan ham og‘irroq kun kelganmi?» dedim. U zot shunday dedilar: «Ha, bu qavm menga ko‘p ozorlar yetkazdi. Ammo ularning eng og‘iri Aqaba kuni bo‘lgan. O‘shanda Ibn Abdu Yalil ibn Abdukulolga meni himoyaga olishni taklif qilgan edim. Lekin u men istagan narsani qabul qilmadi. Men tashvishlanib, boshim oqqan tomonga qarab yurib ketdim. Bir joyga kelganda o‘zimga kelib, boshimni ko‘tardim. Qarasam, tepamda bir bulut menga soya solib turibdi. Razm solsam, uning ustida Jabroil bor ekan. U menga shunday nido qildi: «Alloh qavmingning senga aytgan gapini, senga nima javob qaytarganini eshitdi. U Zot huzuringga tog‘ farishtasini yubordi, ularni nima qilishni istasang, buyurishing mumkin», dedi. Shu payt tog‘ farishtasi menga salom berib, «Ey Muhammad! Nima desangiz, shuni qilaman. Istasangiz, ularning ustiga Makkadagi ikkita katta tog‘ni to‘ntarib tashlayman», dedi».

Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q! Alloh ularning avlodida yolg‘iz Allohga ibodat qiladigan, U Zotga hech narsani sherik qilmaydigan zotlarni chiqarishini umid qilaman», dedilar (Imom Buxoriy, imom Muslim rivoyati).

Oisha roziyallohu anho Uhud jangida Rasulullohning qanchalar mahzun bo‘lganlarini ko‘rgan edilar. Bu jangda yetmishta eng zabardast sahoba shahid bo‘lgan. O‘sha jangda mushriklardan biri Rasulullohning yuzlariga qilich bilan urganida yuzlari qonab ketgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuzlaridagi qonni arta turib, «Allohga da’vat qilayotgan payg‘ambarining yuziga jarohat yetkazib, tishini sindirgan qavm qanday najot topadi?» deb, kuyingan edilar. Jang tugagach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shahid bo‘lganlarni birma-bir ko‘zdan kechira boshladilar. Amakilari Hamza ibn Abdulmuttalibning jasadi qarshisida to‘xtab qoldilar. Hamza u zot uchun eng suyukli, qarindoshlari ichida eng qadrli inson edi. Mushriklar Hamzaning qornini yorib, ichki a’zolarini chiqarib tashlashibdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam buni ko‘rib, qattiq iztirob chekdilar, «Endi menga sizning firoqingizdan og‘ir musibat yo‘q», dedilar.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Hamza ibn Abdulmuttalibga yig‘laganlaridek qattiq yig‘laganlarini ko‘rmaganmiz. U zot amakilarini qibla tarafga qo‘yib, janozasini o‘qishga turganlarida yig‘idan o‘zlariga sig‘may ketdilar».

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga, sahobalariga yetgan musibatlarni duo bilan, sabr bilan yengar edilar.

Ubayd ibn Rifo’a Zuroqiy otasidan rivoyat qiladi:

«Uhud kuni mushriklar chekingach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Saflarni to‘g‘rilanglar, Robbim azza va jallaga sano aytayin!» dedilar. Sahobalar u zotning ortlaridan saflangach, shunday dedilar: «Allohim! Senga hamdu sanolar bo‘lsin! Allohim, Sen bergan narsani tutib qoluvchi yo‘q. Allohim, Sen uzoq qilgan narsani yaqin qiluvchi yo‘q. Allohim, Sen yaqin qilgan narsani uzoq qiluvchi yo‘q. Allohim, Sen bermagan narsani beruvchi yo‘q, Sen bergan narsani to‘suvchi yo‘q. Allohim, bizga barakotingni, rahmatingni, fazlingni, rizqingni keng qilgin! Allohim, hech qachon tugamaydigan, yo‘q bo‘lmaydigan doimiy ne’mat bergin. Allohim, muhtojlik kunida ne’mat, urush kunida omonlik bergin. Allohim, bizga bergan narsalaringning yomonligidan, bizdan to‘sgan narsalaringning yomonligidan O‘zing asragin. Allohim, bizga iymonni sevdirgin, uni qalbimizda ziynatlagin, qalbimizni kufr, fosiqlik va osiylikdan burgin. Bizni to‘g‘ri yo‘lda yuruvchi bandalaringdan qilgin. Allohim, bizni musulmon holimizda vafot ettirgin, musulmon holimizda tiriltirgin. Bizni xor bo‘lmagan, fitnaga uchramagan holimizda solihlarga qo‘shgin. Allohim, Sening yo‘lingdan to‘sayotgan, rasullaringni yolg‘onchiga chiqarayotgan kofirlarga qarshi O‘zing urush ochgin, ularga azobingni yuborgin! Allohim, Kitob berilgan kofirlarga qarshi O‘zing urush ochgin, Haq iloh O‘zingsan» (Imom Ahmad rivoyati).

Uhud jangi kuni ko‘z yoshlari qonlariga aralashib, nihoyatda og‘ir musibat yetib turgan lahzalarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tutgan yo‘llari eng to‘g‘ri yo‘l edi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarining oldida turib, Alloh taologa duo qilib, ularning qalbidagi iymonni yanada mustahkamladilar. Darhaqiqat, Alloh taolo bergan narsani to‘suvchi yo‘q, U Zot to‘sganini esa beruvchi yo‘q.

Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh,
Abdulhamid Umaraliyev 
tarjimasi.