Koronavirus kasalligi butun dunyo va yurtimiz aholisi boshiga soya solib turibdi. Undan himoyalanish uchun barcha sabablarni, ya'ni tibbiyot mutaxassislari ko'rsatmalariga amal qilib, Alloh taologa tavakkal qilish lozim.
Shu bois O'zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakilligi tashabbusi bilan sahovatpesha homiylar ko'magida eng so'nggi rusumdagi ikkita zamonaviy nafas olish qurilmasi, ikkita tibbiyot to'shagi, to'rtta tanometr va ikkita ingalyator sotib olindi.
Ushbu qurilmalardan viloyatda faoliyat olib borayotgan diniy soha xodimlari va ularning oila a'zolari ehtiyoj yuzasidan vaqtincha foydalanib turishi mumkin. Qurilmalar vakillik tomonidan bemorlarga etkazib beriladi. Undan foydalanib bo'lgandan so'ng jihozlar tozalanib, vakillikga olib kelinadi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: “Kim bir mo'mindan dunyo qiyinchiliklaridan birini engillashtirsa, Alloh taolo undan qiyomat og'irliklaridan birini engil qiladi. Kim hayotda qiynalgan kishiga osonlikni ravo ko'rsa, Alloh taolo unga dunyo va oxiratda engillikni ato qilur” (Imom Muslim rivoyati).
Alloh taolo koronavirus va boshqa kasallikdan aziyat chekayotgan bemorlarga komil shifo bersin!
Toshkent viloyati vakilligi matbuot xizmati
Ikkita bir-biriga o‘xshash oyat, lekin Alloh taolo ularni ikki xil xulosa bilan yakunlagan:
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ الْإِنسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ (34)
"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, inson zulmkor va noshukrdir" (Ibrohim surasi, 34-oyat).
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ (18)
"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, Alloh mag‘firatli va marhamatlidir" (Nahl surasi, 18-oyat).
Birinchi oyatda: Insonning Allohga munosabati bilan tugatilgan!
Ikkinchi oyatda: Allohning bandaga munosabati bilan tugatilgan!
Alloh taolo naqadar buyuk Zot! Inson esa naqadar ojiz va nodon mavjudot.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV