Moskvadagi diniy va jamoatchilik tashkilotlari migrantlarga etarlicha ta'sir ega emas, bu borada ishlashni kuchaytirish lozim. Sputnik xabariga ko'ra, bu haqda Rossiya musulmonlar kengashi rahbari Al'bir Krganov ma'lum qildi.
“Biz hozir migrantlarning Moskvadagi Frantsiya elchixonasi oldidagi oldindan kelishib olinmagan tadbirini yodga oldik. Bu nimani ko'rsatadi? Birinchidan, bu oldindan kelishmaganlik va bu umuman migratsiya markazlari, diniy tashkilotlar tomonidan migrantlarga kuchsiz ta'sir... Ular hech kim bilan maslahatlashishmayapti-ku, o'zlarida shunga o'xshash xatti-harakatlar bilan shug'ullanishmoqda. U erda favqulodda hodisa sodir bo'lganda nima bo'lardi?”, - dedi muftiy.
Krganovning fikriga ko'ra, diniy tashkilotlar bu boradagi ishlarni kuchaytirishi darkor.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Ikkita bir-biriga o‘xshash oyat, lekin Alloh taolo ularni ikki xil xulosa bilan yakunlagan:
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ الْإِنسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ (34)
"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, inson zulmkor va noshukrdir" (Ibrohim surasi, 34-oyat).
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ (18)
"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, Alloh mag‘firatli va marhamatlidir" (Nahl surasi, 18-oyat).
Birinchi oyatda: Insonning Allohga munosabati bilan tugatilgan!
Ikkinchi oyatda: Allohning bandaga munosabati bilan tugatilgan!
Alloh taolo naqadar buyuk Zot! Inson esa naqadar ojiz va nodon mavjudot.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV