Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi: “MollarinikechasiyukunduziyashirinvaoshkoranafaqaqiladiganlarningajrlariRobblarihuzuridadir. Ulargaxavfyo'qvaularmahzunhambo'lmaslar” (Baqarasurasi, 274-oyat).
«Kechasiyu kunduzi» deyishdan murod hamma vaqt nazarda tutilmoqda, «mollarini» degan so'z zamirida esa hamma turdagi mollar va hamma turdagi ehson qiluvchilarga ishora bor.
«Mollarini kechasiyu kunduzi yashirin va oshkora nafaqa qiladiganlarning ajrlari Robblari huzuridadir».
Ularning ajrlari eng oliymaqom joyda – Robblari huzurida ekani ta'kidlanmoqda. Bas, shunday ekan, mo'min-musulmonlar yuqorida vasf qilingan kishilardan bo'lish uchun harakat qilmoqlari lozim. Chunki:
«Ularga xavf yo'q va ular mahzun ham bo'lmaslar»
Ha, bunday kishilarga oxiratda xavf yo'q va bu dunyoda qilgan ishlariga xafa ham bo'lmaydilar.
Islom tuzumi, avvalo, ishga qodir bo'lgan har bir insonning osonlik bilan halol rizq topishini ta'minlaydi. Lekin inson hayoti doimo birdek kechavermaydi, turli favqulodda holatlar, kutilmagan hodisalar oqibatida ba'zi kishilar noqulay iqtisodiy holatga tushib qoladilar. Bunday holatlar sadaqa, xayr-ehson yo'li bilan muolaja qilinadi. O'ta boy kishilardan ma'lum miqdordagi molu mulk zakot sifatida farz hukmi ila olinib, haqdorlarga tarqatiladi.
So'ngra qodir bo'lgan barcha kishilarni ixtiyoriy sadaqa qilishga targ'ib qilinadi.
Shu bilan birga, muhtojlarni ham odob doirasidan chiqmaslik, yuqoridagi oyatda aytilganidek, xiralik bilan odamlardan tilanchilik qilmasdan, iffatli-qanoatli bo'lishga chaqiriladi.
Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi qilgan rivoyatda Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilarki, Payg'ambar alayhissolatu vassalom: «Bir-ikki xurmo yoki bir-ikki luqmani olib, qaytadigan miskin emas, iffatli bo'lib turgan miskindir, xohlasangiz, «Odamlardan xiralik qilib so'ramaslar» oyatini o'qing», – dedilar.
Imom Ahmad ibn Hanbal roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Payg'ambarimiz alayhissolatu vassalom:
– Kim o'zida etarli narsa bo'la turib, odamlardan tilansa, qiyomat kuni tilanchiligi yuzida tirnalish bo'lib keladi, – dedilar. Odamlar:
– Ey Allohning Rasuli, etarli narsa qancha? – dedilar. U zoti bobarakot:
– Ellik dirham, – dedilar.
Shundan kelib chiqib, «Yetarli narsasi bor odamga tilanchilik qilish harom» degan hukm chiqarilgan.
Sadaqa haqidagi oyatlar nozil bo'lganidan keyin moliyaviy muomalalarning yana bir turi, sadaqaga qarama-qarshi turi – ribo (sudxo'rlik) haqida so'z ochiladi.
Ribo (sudxo'rlik) bechoralarning nochorligidan foydalanib, ularning mehnati evaziga boylik orttirishdan iboratdir.
Bir inson nochor bo'lib, ish yuritishga, oila tebratib, bola-chaqa boqishga sarmoyasi qolmay, puldor kishining oldiga hojatini aytib borsa, unga sadaqa yoki yaxshi qarz berish o'rniga sudxo'rlik yuzasidan muomala qiladi. Ya'ni, «Men senga ma'lum muddatga ma'lum miqdor pul beraman, sen bu pulni buncha foizga ko'paytirib berasan», – deydi. Agar tayinlangan muddatdan kech qolsa, yana ustiga foiz qo'shiladi va hokazo.
Shunday qilib, bir toifa odamlar boshqalarning nochor holidan mehnatsiz boylik orttirish uchun foydalanadilar. Riboxo'rlik bor jamiyatda nohaqlik, iqtisodiy zulm avjiga chiqadi. Oqibatda mol-mulk bir guruh sudxo'rlarning qo'liga o'tib qolib, jamiyat ularning xohishiga binoan yashashga majbur bo'ladi.
Islom johiliyatdagi noma'qul ishlardan hech biriga qarshi riboga qarshi o't ochgandek o't ochmagan.
«Tafsiri Hilol» kitobidan
O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi rolikda "Mahalla yettiligi" tarkibining vazifalari haqida ma'lumot berilgan.
"Yettilik" quyidagilardan tarkib topgan: mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodim.