Kuni kecha O'zbekistonning Qohiradagi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov “Al-Azhar” diniy majmuasi rahbari Doktor Ahmad Tayyib bilan uchrashuv o'tkazdi.
Samimiy muloqot davomida Doktor Ahmad Tayyib hazratlari bunday dedi: “O'zbekistonga ikki marta borishga muyassar bo'ldim. Har ikkisida ham islom merosini asrab-avaylash va qayta tiklashga bo'lgan samimiy istagim qaror topdi.
Tashriflarimda “Al-Azhar” majmuasi va O'zbekiston o'rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga doir bir qator vazifalarni bajarishda muvaffaqiyatga erishdik. Jumladan, O'zbekistondagi “Imom al-Buxoriy” nomli xalqaro markazi markaz rahbariyati bilan islomiy merosimiz va ilmlarimiz rivojiga xizmat qilish uchun ikki markaz o'rtasida islomiy mafkura sohasidagi amaliy ishlar va tadqiqotchilarimizning tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish bo'yicha ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini uzluksiz davom ettirishga kelishdik”.
O'z navbatida Qohiradagi O'zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov “Al-Azhar” majmuasi rahbari, Doktor Ahmad at-Tayyibning O'zbekistonga ikki tashrifi Misr va O'zbekiston o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashini ta'kidlab, tashriflar natijasiga oid bayonnomalar rasmiylashtirilgani, Doktor Ahmat Tayyib ma'ruzalari o'zbek va rus tillariga tarjima qilinganini qayd etdi.
Halqaro aloqalar bo'limi xodimi
Ilyosxon Ahmedov tayyorladi
Ikkita bir-biriga o‘xshash oyat, lekin Alloh taolo ularni ikki xil xulosa bilan yakunlagan:
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ الْإِنسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ (34)
"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, inson zulmkor va noshukrdir" (Ibrohim surasi, 34-oyat).
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ (18)
"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, Alloh mag‘firatli va marhamatlidir" (Nahl surasi, 18-oyat).
Birinchi oyatda: Insonning Allohga munosabati bilan tugatilgan!
Ikkinchi oyatda: Allohning bandaga munosabati bilan tugatilgan!
Alloh taolo naqadar buyuk Zot! Inson esa naqadar ojiz va nodon mavjudot.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV