TNV telekanalidagi syujetga ko'ra, Rossiyada bironta mixsiz qurilayotgan birinchi yog'och masjid qurilishi yakuniy bosqichga kirgan.
Yog'och me'morchiligining barcha qoidalariga muvofiq qurilgan noyob masjid Tataristonning Zelenodol'sk tumani Isakovo qishlog'ida joylashgan.
Qurilish ishlari ikki yil oldin boshlangan. Yaqinda quruvchilar avval tom va fasadni tugallab, minorani o'rnatishni yakunlashdi. Oldinda - masjidning ichini bezatish turibdi. Masjid keyingi yozda o'z eshiklarini ochishi kutilmoqda.
Rossiyada cherkovlar qurish uchun ishlatiladigan qadimiy texnologiya mixlar o'rniga yog'och shkantlardan foydalanishni ko'zda tutadi, ular tufayli puxta ravishda ishlov berilgan to'sinlar va taxtalar bir-birlariga iloji boricha zich yotadi.
Bundan tashqari, mixlardan voz kechish an'anaga to'liq rioya qilish istagi bilan emas, balki binoning ekspluatatsiya qilish muddatini oshirish istagi bilan izohlanadi, chunki aynan mixlar qoqilgan joylarda odatda chirish jarayoni boshlanadi. Bu erda esa yog'ochdan boshqa materiallar yo'q.
Loyiha mualliflarining so'zlariga ko'ra, masjid nafaqat mahalliy aholi uchun, balki sayohatchilar uchun ham diqqatga sazovor joyga aylanadi, chunki u Moskvadan olib boruvchi avtomobil' trassasi yonida joylashgan va Tataristonga kirib kelgan mehmonlarni kutib oladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O'zbekiston Mahallalar uyushmasi tomonidan tayyorlangan yuqoridagi rolikda "Mahalla yettiligi" tarkibining vazifalari haqida ma'lumot berilgan.
"Yettilik" quyidagilardan tarkib topgan: mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq xodimi hamda ijtimoiy xodim.