Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

Bid'at

10.11.2020   2482   3 min.
Bid'at

“Bid'at” so'zi lug'atda “biror narsa­ni yangidan paydo qilish”, “o'ylab to­pish” degan ma'nolarni anglatadi. Fiqh entsiklopediyasida bu so'zga qu­yidagicha izoh berilgan: “Kim bir narsani paydo qilsa, yangilik qilgan bo'ladi. Agar uni amalda qo'llasa, bar­po etgan, boshlab bergan bo'ladi”.

Izz ibn Abdussalom bid'atga: “Rasu­lulloh sollallohu alayhi va sallam davr­larida bo'lmagan narsa”, deya ta'rif bergan.

Ulamolar bid'atni ikkiga: “bid'ati hasana” – “yaxshi bid'at” va “bid'ati sayyia” – “yomon bid'at”ga ajratishgan.

Imom Shofi'iy: “Yangi paydo qilingan ishlar ikki xil bo'ladi. Birinchisi, Qur'on, sunnat, asar (sahobiy va salafi solihlar so'zi) yoki ijmoga xilof bo'lgan yangilik­lar bo'lib, bu yomon bid'at hisoblanadi. Ikkinchisi, yaxshi narsalar uchun paydo qilingan ishlar bo'lib, bu yaxshi bid'at hisoblanadi”, degan.

E'tiqod va ibodat masalalari mukammal bo'lgan. Endilikda kim aqidaga yoki ibodatlarga o'zgartirish kiritmoqchi bo'lsa, yomon bid'at qilgan bo'ladi. Kimdir ikki rakatli farz namozni to'rt rakat o'qisa yoki shunga o'xshash ishni qilsa, adashadi.

Yaxshi bid'at esa dinning asliga yangilik kiritish ma'nosida emas. Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam “Handaq” jan­gida Madina atrofiga o'ra qazdirib, uni suvga to'ldirtirganlar va shu orqali sha­harni mudofaa qilganlar. Bu yaxshi bid'at, chunki avval bunday qilinmagan edi.

Abu Bakr roziyallohu anhu Qur'onni ­kitob holiga keltirdilar. Umar roziyal­lohu anhu Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhu musulmonlarga imom bo'lib taroveh namozini o'qiganlarini ko'rib, “Qanday yaxshi bid'at”, deganlar. U zot birinchi bo'lib dengiz flotini tashkil qildi­lar. Holbuki, bu ishlar Payg'ambar alayhis­salom davrlarida bo'lmagan. Sahobalar: “Bu zalolatdir”, deyishmagan.

Shariatning maqsad va mohiyatini yaxshi tushunmagan kishilar yangi paydo bo'lgan barcha narsani, dinning asliga ta'siri bo'lmasa-da, bid'at, har bir bid'at zalolat, har bir zalolat do'zaxga eltadi, deyishadi. Bu – noto'g'ri.

Bid'at bo'ladi deb ko'zoynak taqmagan, mashina minmaganlar adashadi. Islom – saodat dini. Inson manfaatlariga xizmat qiladigan har qanday ezgu ishni, yangilikni qo'llab-quvvatlaydi.

Imom Noblusiy bunday yozadi: «Bugungi kunda dunyo kattadan-katta o'zgarishlar, taraqqiyotni boshidan kechirmoqda. Inson aqlini shoshirib qo'yadigan yangi ixtirolar dunyo yuzini ko'rmoqda. Ho'sh, Rasululloh alayhissalom: “Har qanday bid'at zalolatdir”, degan hadislarida shularni nazarda tutganmilar?! Yo'q, albatta. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nazarda tutgan bid'at bu – aqoid, shariat yoki ibodat masalalarida biror yangi narsani qo'shishdir».

Manbalar asosida

Abdulloh ALIQULOV

tayyorladi.

“Hidoyat” jurnalining 2020 yildagi 1-sonidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Dinshunoslik ekspertizasi va dinshunoslik ekspertiza xulosasi deganda nimalar nazarda tutiladi?

04.08.2025   465   1 min.
Dinshunoslik ekspertizasi va dinshunoslik ekspertiza xulosasi deganda nimalar nazarda tutiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi

Matbuot xizmati