9 noyabr' kuni O'zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning ikkinchi raundi videokonferentsiya shaklida bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
TIV ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirining o'rinbosari Furqat Sidiqov, Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasiga Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirining o'rinbosari Halifa Shahin al-Marar boshchilik qildi.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirishga urg'u qaratgan holda ikki tomonlama munosabatlarning holatini atroflicha ko'rib chiqdi, BMT, Islom Hamkorlik Tashkiloti, Jahon Savdo Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi o'zaro aloqalarning amaliy jihatlari to'g'risida fikr almashdi.
Investitsiya sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va sayyohlar oqimini jadallashtirish, ayniqsa ziyorat-turizmni rivojlantirish zarurligi qayd etildi. Amalga oshirilayotgan qo'shma loyihalar ko'lamini kengaytirish maqsadida O'zbekiston-BAA investitsiya kompaniyasi faoliyatini rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani tasdiqlandi.
BAA tomoni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilgari surgan barcha tashabbuslarini qo'llab-quvvatladi, shuningdek, uzoq muddatli afg'on mojarosini tinch yo'l bilan hal etish, Afg'onistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy va transport-tranzit sohasidagi hamkorlikka jalb qilish bo'yicha O'zbekiston olib borayotgan siyosatga yuqori baho berdi.
2020-2021-yillarga rejalashtirilgan qo'shma tadbirlarning jadvali va kun tartibi, parlamentlararo muloqotni o'rnatish va hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.
Maslahatlashuvlar doirasida umumiy kun tartibning boshqa masalalari ham muhokama qilindi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
حدثنا العباس بن محمد الدوري نا يعلى نا موسى عن مصعب بن سعد عن أبيه سعد بن مالك قال: كنا جلوسا عند رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم فقال: ”أيعجز أحدكم أن يكسب في اليوم ألف حسنة“. قال: فسأله سائل من جلسائه: كيف يكسب أحدنا يا رسول الله كل يوم ألف حسنة قال: ”يسبح مائة تسبيحة يكتب له ألف حسنة أو يحط عنه ألف خطيئة.“
Mus’ab ibn Sa’d otasi Sa’d ibn Molikdan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning huzurlarida o‘tirgan edik.
Shunda u zot: “Sizlardan biringiz bir kunda mingta yaxshilik qilishga ojizmi?” dedilar.
U zot bilan birga o‘tirganlardan biri: “Yo Allohning Rasuli, qanday qilib har birimiz bir kunda mingtadan yaxshilik qila olishimiz mumkin?” deb so‘radi.
“Yuzta tasbeh (“Subhanalloh” deb) aytsa, unga mingta savob yoziladi yoki undan mingta xato o‘chiriladi”, dedilar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi