Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Mas'ullar “Muhammad al-Beruniy” madrasasi faoliyati bilan tanishdi (Foto+)

07.02.2024   1674   2 min.
Mas'ullar “Muhammad al-Beruniy” madrasasi faoliyati bilan tanishdi (Foto+)

Shu yil 6 fevral' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari  Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi o'rinbosari Dilshod Mamadqulov, Diniy idora bo'lim mudirlari Salohiddin domla Sherxonov va Islomiddin domla Zuhriddinov Qoraqalpog'istondagi “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga  tashrif buyurdi.    

Dastlab soha rahbarlari Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramatdin domla Razov, bilim yurti mudiri Jalalatdin domla Abdirazakov hamrohligida bilim yurti faoliyatida talabalarga o'tilayotgan dars jarayonini bevosita kuzatdi.

Tashrif davomida mas'ul vakillar “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida talaba va o'qituvchilarga yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirdi. Hususan, Axborot-resurs markazida 17 756 ta kitob saqlanayotgani, ushbu markaz va uning o'quv zallari zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangani, kitoblarning kataloglari qayday yuritilyotgani haqida tanishtirildi.  

Shuningdek, madrasaning yangi media-markazi bilan ham tanishildi. Uning 2023 yilda video-audio materiallarni tayyorlash, o'qituvchi va talabalarning ommaviy axborot vositalaridagi chiqishini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgani aytib o'tildi.

Soha rahbarlari talabalar bilan suhbatda ilm olish fazilati, yurtimizda ta'lim-tarbiya olish borasidagi imkoniyat va sharoitlar, xususan, diniy sohadagi so'nggi yangilik va istiqbolli rejalar haqida so'zlab berishdi. Jumladan, ta'lim olgandan so'ng o'qishni davom ettirish yo masjidlarda faoliyat yuritish istagidagi talabalarga o'z taklif va maslahatlarini taqdim etishdi.

Ma'lumot uchun, “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi 1992 yili Nukus shahridagi Imom Eshon Muhammad jome masjidi binosida faoliyat boshlagan. Madrasaga 2011 yilda alohida bino ajratilgan bo'lib, bugun zamonaviy o'quv binosi, talabalar turar joyi, yopiq sport zaliga ega bo'lgan majmuada barcha sharoitlar mujassam. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

"Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!..."

16.07.2025   548   1 min.

 

VIDEO