Sayt test holatida ishlamoqda!
22 May, 2025   |   24 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
04:58
Peshin
12:25
Asr
17:28
Shom
19:45
Xufton
21:16
Bismillah
22 May, 2025, 24 Zulqa`da, 1446

Zinodan saqlanishlikning 3 ta chorasi

03.11.2020   8320   5 min.
Zinodan saqlanishlikning 3 ta chorasi

Ko'pchilik zinoning kasofati va zararini bilgach undan qutulish va saqlanish choralarini izlaydi. Quyida ulamolar tavsiya etgan uchta chora va uning tafsiloti haqida to'htalib o'tamiz.  

Birinchi chora:Zudlik ila nikoh qilsin.

Alloh taolo O'z kalomi Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi

“Bas, o'zingizga xush yoqqan ayollardan nikohlab olingiz”.

(Niso surasi, 3)

Nikoh orqali erkak va ayol o'zaro juftlashib shahvatni eng yaxshi muolajasini qiladilar. Shahvat holatida tabiatda ajib jumbush va iztirob bo'ladi. Bunday holatda na ibodatga qalb mashg'ul bo'ladi, na xotirjamlik ila biror boshqa ish bo'ladi. Qalb va aqlni shunday sarxushlik qamrab oladiki, uni ado qilmasdan boshqa biror chorasi bo'lmaydi. Er-xotinning juftlashganidan keyin u sarxushlik bartaraf bo'ladi. Tabiatda osudalik his qilinadi. Har turdagi tanglik tugaydi. Inson o'zida huzur-halovat his qiladi. Ayni shuning uchun erkak va ayol bir-biri uchun ilohiy tuhfadir. Alloh ta'olo shunday marhamat qiladi:

وَمِنْ آيَاتِهِأَنْخَلَقَلَكُممِّنْأَنفُسِكُمْأَزْوَاجًالِّتَسْكُنُواإِلَيْهَا

Ya'ni:

“Uning oyatlaridan biri orom olishingiz uchun o'zingizdan juftlar yaratganidir” (Rum surasi, 21).

 Bu muborak oyatdan sobit bo'ldiki, erkak va ayol bir-biri uchun ilohiy qudratning belgilaridir. Ularga bir-biri ila juftlashib sukun va orom nasib bo'ladi. Huddi shunday hadisi sharifda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam o'z ummatlarini nikoh qilishga buyurdilar va uni dinning yarmi deb aytdilar. Bir rivoyatda shunday deyiladi:

 

إذا تَزَوَّجَ العبدُ فَقَدِ اسْتَكْمَلَ نِصْفَ الدِّينِ

 

Ya'ni: “Qachonki, banda uylansa, batahqiq, dinining yarmini mukammal qilibdi” (Mishkoti sharif).

Bundan ma'lum bo'ldiki, zinodan saqlanishlik hamda iffat va pokdomonlik hayotini kechirishlik uchun eng yaxshi chora shuki, banda nikoh qilsin va uning jinsiy xohishi ado bo'lsin hamda unga zino kabi og'ir gunohdan saqlanishlik oson bo'lsin.

Ikkinchi chora: Nazarni tiyishlik.

Alloh ta'olo Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:

قُل لِّلْمُؤْمِنِينَيَغُضُّوامِنْأَبْصَارِهِمْوَيَحْفَظُوافُرُوجَهُمْ

Ya'ni:

“Mo'minlarga aytingki, ular nazarlarini pastga qaratsinlar va farjlarini saqlasinlar” (Nur surasi, 30).

Badnazarlikdan inson ichida shahvat olovi alanga oladi. Huddi tugmachani bosishlik ila mashina qo'zg'algani kabi, nomahram ayolga nazar solishlik ila inson jismida shahvat a'zolari jumbushga keladi. Pokdomonlik hayotini kechirishni istaydigan odamlar uchun badnazarlikdan saqlanishlik lozimdir. Nazar pokiza bo'lmasa, shahvat olovini alanga olishidan hech kim to'xtata olmaydi. Hattoki, bir kunmas bir kun badnazarlikka odatlangan odamlar zinoga mubtalo bo'ladilar. Shuning uchun Qur'oni karimda nazarlarni pastga qaratishlikka hukm qilinish bilan birga farjni muhofaza qilish ham hukm qilingandir. Bundan sobit bo'ldiki, bu ikkisi bir-biri ila chambarchas bog'liqdir. Kimning nazari jilovda bo'lsa, uning farji ham saqlangan bo'ladi. Bas, ma'lum bo'ldiki, zinokorlik va buzuqlikdan saqlanishning eng yaxshi chorasi banda nazarini tiyishidir. Inshaalloh, zinodan saqlanishlik oson bo'ladi.

Uchinchi chora:Sabr ila namozga bardavom bo'ling.

Alloh ta'olo O'z kalomi Qur'oni karimda shunday marhamat qiladi:

وَاسْتَعِينُوا بِالصَّبْرِوَالصَّلَاةِ

Ya'ni:  “Sabr va namoz ila yordam so'rang” (Baqara surasi, 45).

Insonga lozimki, shahvatni sabr orqali jilovlasin. Qachonki, to'fon ziyoda ko'tarilayotganini ko'rsangiz, u holda sabr qilib namoz o'qing. Allohdan madad so'rang. Alloh qalbga xotirjamlik solib qo'yadi va behisob go'zal natijalar yuzaga keladi. Chunki, Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِنَّ الصَّلَاةَتَنْهَىٰعَنِالْفَحْشَاءِوَالْمُنكَرِ

Ya'ni:

“Albatta, namoz faxsh va munkar (yomon ishlar)dan qaytaradi” (Ankabut, 45).

 Bundan ma'lum bo'ladiki, sabr ila namozga e'tiborli bo'lish ila bandaning yomonlikdan saqlanishi oson bo'ladi. Shunga ko'ra, kim zino kabi qabih gunohdan saqlanishni xohlasa, namozga e'tiborli bo'lsin. Farzlarni ado qilgandan keyin nafllarni ham ko'paytirsin. Inshaalloh, shahvat nazoratda bo'ladi.

Alloh ta'olo barchamizni O'zi muhofaza qilsin!

 

"Zina ke nuqsaanat aor us se bachne ki tadaabiyr"

kitobidan  Abdulqayyum Komil tarjimasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bir xurmoning yarmi

21.05.2025   1665   1 min.
Bir xurmoning yarmi

Bir o‘smir “ulg‘ayib, boy bo‘lsam hammaga yordam beraman” deb yurar edi. U boylik bo‘lsagina odamlarga yordam berish mumkin, degan fikrda ekan, bir kuni Payg‘ambar alayhissalomning bir xurmoni yarmini sadaqa qilib bo‘lsa ham do‘zaxdan saqlanish lozimligi haqidagi hadisini eshitib qoldi. Bir kichik xurmoning yarmi qancha bo‘lardi, deb tasavvur qilolmadi.
 

Ertasiga ko‘chaga chiqish oldidan bir xurmoni cho‘ntagiga solib oldi. Yo‘l bo‘yda tilanib turgan otaxonning yonidan o‘tarkan, cho‘ntagiga qo‘lini tiqib, beixtiyor kechagi hadisni esladi. Xurmoni olib, yarmini otaxonga uzatdi. Shunda otaxonning ko‘zlari quvonchdan porlab ketdi. O‘smir yigit o‘yladiki, “hatto ko‘p pul berilsa ham bu qadar xursand bo‘lmasdi”, deb o‘yladi. Qilgan ishidan o‘ziyam shodlandi. Angladiki, otaxon o‘ziga berilgan narsaning qiymatidan emas, o‘ziga berilgan e’tibor va baham ko‘rishdan nihoyatda shodlangandi.
 

Yigitcha bu ishidan keyin yuqoridagi hadisning hikmatini tushunib ketdi. Endi u bir ko‘ngilni obod qilish uchun boy bo‘lishni kutib yurmaslik kerakligini bildi. Zero, ko‘ngil Xudoning nazargohidir. Uni quvontirgan kishini Alloh quvontirishi shubhasizdir.

Akbarshoh Rasulov

Ibratli hikoyalar