Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Fevral, 2025   |   29 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
06:59
Peshin
12:41
Asr
16:28
Shom
18:16
Xufton
19:28
Bismillah
28 Fevral, 2025, 29 Sha`bon, 1446

BAAdan Hitoy musulmonlariga tuhfa

3.11.2020   2291   1 min.
BAAdan Hitoy musulmonlariga tuhfa

Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Hamid bin Roshid an-Na'imiy” nomidagi Qur'oni karimga xizmat ko'rsatish markazi BAAning Ajman shahridagi Hitoy bozoriga Qur'oni karim ma'nolarining xitoy tiliga tarjima qilingan 500 ta kitobni hadya qildi.
Markaz direktori Husayn Muhammad Hammadiy markaz qarorgohida Hitoy bozori idorasidagi jamoatchilik bilan ishlash bo'limi direktori Ali Yangga mazkur Qur'oni karim ma'nolarining xitoy tiliga tarjimasi kitobidan bir nusxani topshirdi.
Hammadiy o'z so'zida Qur'oni karimning xitoy tiliga tarjima qilinishi, undan Birlashgan Arab Amirliklaridagi xitoy musulmonlari jamoat markazlariga tarqatilishi yangi xitoylik musulmonlarga Allohning kitobini o'rganish va uning ma'nolarini to'la tushunishini osonlashtirish va bag'rikeng Islom dini ta'limotlarini tarqatishga o'z hissasini qo'shish maqsadi qilinganini ta'kidladi.
O'z navbatida Ali Yang Ajmandagi Hitoy bozori idorasiga Qur'oni karim ma'nolarining xitoy tiliga tarjimasi kitobining tuhfa qilinganidan mamnunligini bildirib, unda Qur'oni karim ma'nolarining izohli tarjima qilingani bilan oldingilardan ajralib turishi va uni o'qigan xitoylik musulmonlarning Qur'oni karimdagi oyatlarning ma'nolari va hukmlarini to'liq tushunishini aytib o'tdi.

Halqaro aloqalar bo'limi xodimi
Ilyosxon Ahmedov tayyorladi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Taroveh namozlarida o‘qiladigan xatmi Qur’on sahifalarining kunlik taqsimoti

27.02.2025   1053   1 min.
Taroveh namozlarida o‘qiladigan xatmi Qur’on sahifalarining kunlik taqsimoti

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

INFOGRAFIKA