Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Fevral, 2025   |   29 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:41
Quyosh
06:59
Peshin
12:41
Asr
16:28
Shom
18:16
Xufton
19:28
Bismillah
28 Fevral, 2025, 29 Sha`bon, 1446

Ikki shodiyona

1.11.2020   1824   2 min.
Ikki shodiyona

Kecha 31 oktyabr' kuni Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi «Mulla Abdug'affor hoji» hamda «Ittifoq» jome masjidlarining yangi poydevoriga ilk g'isht qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu xayrli ishlarga O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohim domla INOMOV, Masjidlar bo'limi mudiri Muhammadnazar domla QAYuMOV, viloyat bosh imom-xatibi v.b. Nurali domla MAVLANOV hamda tuman hokimi qatnashdilar.

Har ikki tadbir ham Qur'on tilovati bilan boshlandi va tabrik asnosida masjidlarni qurish naqadar yuksak darajali savobli ish ekanligi haqida mav'izalar qilindi.

Tadbir yakunida ushbu ishlarga bosh bo'lgan, biroq Allohning irodasi ila bugun oramizni tark etgan marhum Hayrulloh domla haqlariga rahmat va mag'firatlar so'rab duolar qilindi.

«Mulla Abdug'affor hoji» jome masjidining yangi binosi sig'imi 400 o'ringa, «Ittifoq» jome masjidining yangi binosi sig'imi 350 o'ringa mo'ljallangan.

«Mulla Abdug'affor hoji» jome masjidi
«Ittifoq» jome masjidi

Barchamiz ushbu masjidlarning qurilish ishlariga o'z hissamizni qo'shaylik!

«Ittifoq» jome masjidi

Toshkent viloyati vakilligi matbuot xizmati.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Taroveh namozlarida o‘qiladigan xatmi Qur’on sahifalarining kunlik taqsimoti

27.02.2025   1052   1 min.
Taroveh namozlarida o‘qiladigan xatmi Qur’on sahifalarining kunlik taqsimoti

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

INFOGRAFIKA