Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Iyul, 2025   |   26 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:08
Peshin
12:34
Asr
17:38
Shom
19:55
Xufton
21:25
Bismillah
21 Iyul, 2025, 26 Muharram, 1447

 «Safo» masjidining yangi imorati foydalanishga topshirildi

30.10.2020   2175   3 min.
 «Safo» masjidining yangi imorati foydalanishga topshirildi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ellikqal'a tumani «Amirobod» ovul fuqarolari yig'inidagi «Safo» jome masjidi o'tgan asrning 1955-yillari qurilgan. 2000-yilgacha har hil tashkilotlar xizmat uyi sifatida foydalanib kelgan. Masjid 2000-yili «Safo» nomi bilan Adliya vazirligidan rasmiy ro'yxotdan o'tib faoliyat ko'rsata boshladi. Eski masjid imorati aholiga noqulay jaydan qurilgan, yonida avtotransport va piyodalar yo'li yo'q. Shu bois kuz va qish mavsumida masjidga boruvchilar, jumladan nuroniy otaxonlarga muammo tug'dirar edi.

2018-yili homiylar va mahalliy aholining ko'magi bilan mazkur masjidning yangi imoratining qurilishi boshlanib, 2020-yili qurilish va obodonlashtirish ishlari yakunlandi

29-oktyabr' kuni «Safo» masjidining yangi imoratini foydalanishga topshirish marosimi bo'ldi. Unda Ellikqal'a tumani hokimi S. Avezov, Qoraqalpog'iston  musulmanlari qoziyoti qozisi Sh. Bauaddinov, tumandagi masjid imom-xatiblari, faxriy nuroniylar ishtirok qildilar. Tuman hokimi S. Avezov, Qoraqalpog'iston  musulmanlari qoziyoti qozisi Sh. Bauaddinovlar  so'zga chiqib, namozxonlarni bu qutlug' dargoh, go'zal koshona, e'tiqod maskani bilan qutladilar, so'nggi yillarda mamlakatda din erkinligi sohasida, namozxonlarning ibodat qilish sharoitlarini yaxshilash bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida alohida to'xtalib o'tdilar.  Tuman aholisini masjid ochilishi bilan tabrikladilar.

Masjid qurilishida o'z kumaklarini ayamagan insonlarga tashakkurnoma va qimmatbaxo sovg'alar topshirildi.  

Masjid kishini o'ziga ohangrobodek tortadi. Loyihaga asosan o'ta mustahkam ta'mal toshi ustiga pishiq g'ishtdan qurilgan.  Masjid majmuasida 300-350 nafar namozxon uchun zarur bo'lgan barcha shart–sharoitlar yaratilgan. Mo'jazgina kutubxona tashkil etilgan. Masjid chorburchak shaklida bo'lib, uning qishki namozxonasi tepasida mahobatli gumbaz qad rostlagan.

 

Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti.

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   7303   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).