Kecha, 28 oktyabr' kuni Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov va fahriy ustoz Mahmudjon hoji domla bilan Samarqand tumanida joylashgan “Yangi masjid” jome masjidining yangi binosi poydevoriga tamal toshi qo'yish marosimida ishtirok etdilar.
Tashrif davomida bosh imom-xatib boshchiligida “Yangi masjid” jome masjidi binosining birinchi g'ishtini tabarrukona qo'yib berdilar. Ushbu ulug' insonlar masjid qurilishiga moddiy va ma'naviy yordam berayotgan barcha insonlarning haqiga duo xayrlar qildilar.
sammuslim.uz
Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston", "Surxon sohil", "Besh qahramon" mahallalari hamda 1-, 2-, 55-sonli maktablarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar haqida ma’ruzalar qilishdi.
Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularning oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuvda tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Tadbir so‘ngida "Tinchlik qadri" mavzusida film namoyish etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati