Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Dekabr, 2024   |   22 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:46
Peshin
12:27
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:21
Bismillah
23 Dekabr, 2024, 22 Jumadul soni, 1446

Muborak vasiyatlar: TAQVO HAR IShNING BOShIDIR

22.10.2020   2725   36 min.
Muborak vasiyatlar: TAQVO HAR IShNING BOShIDIR

Abu Zarr (roziyallohu anhu) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan Ibrohim va Muso (alayhimassalom)ning sahifa va kitoblari haqida so'raganidan keyin yana qoniqmasdan: “Yo Rasululloh! Nasihat qiling”, dedi. Rasululloh unga: “Senga Allohga taqvo qilishni vasiyat qilaman, chunki bu har bir ishning boshidir”, dedilar.

Boshqa bir hadisda:

قَالَرَسُولُاللَّهِصَلَّىاللَّهُعَلَيْهِوَسَلَّمَ: “رَأْسُالحِكْمَةِمَخافَةُاللهِ

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Hikmatning boshi Allohdan qo'rqishdir”, deganlar.

Oqil kishi qisqa, lekin ko'p ma'noni o'zida mujassam etgan bu so'z mazmunini yaxshilab tushunishi lozim. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bu muborak vasiyatlari bilan: “Ibodatda taqvo xuddi badandagi bosh kabidir, chunki inson uchun boshsiz hayot bo'lmagani kabi taqvosiz ibodatning na lazzati bor va na rohati”, deganlar,

Ali (roziyallohu anhu) taqvo uchun to'rt arkon (ustun)ni zikr qilgan. Qalblarda dunyoga muhabbat qo'yishdan vujudga kelgan qorong'i-zulmatni mana shu to'rt arkon bilan mustahkamlangan taqvogina tarqatib yubora oladi. U zot (roziyallohu anhu) aytadi: “Jalil Zot Allohdan qo'rqish, tanzil (Qur'on)ga amal qilish, ozga qanoat qilish va foniy dunyodan oxiratga ko'chish – o'lim kuniga tayyorgarlik ko'rish”.

Mana shu to'rt ish taqvoning arkonlaridir. Agar kishining taqvosida mana shu to'rt arkonning birortasi kam bo'lib qolsa, uning qalbida dunyo muhabbatidan paydo bo'lgan zulmat butkul ketmaydi, ya'ni undagi taqvo bu qorong'i-zulmatni bartaraf etishga zaiflik qiladi.

Bu so'zlar zamirida: “Shariat odoblariga qat'iy rioya qilish, Allohdan uzoqlashtiradigan turli amallardan saqlanish, har qanday ishni qilganda, U Zot kuzatib turganini esdan chiqarmaslik, U Zot buyurgan ishlarni qilganda hech narsa yo'qotmaslikka ishonish lozim”, degan ma'no yotadi.

Inson Alloh taolodan, Uning hisob-kitobidan va sodir etilgan gunohlarga avvalo, shu dunyoning o'zidayoq, keyin qabrida, so'ngra esa, oxiratda berilajak jazo – azobdan qo'rqadigan bo'lsa, bu qo'rquv uni barcha harom va shubhali ishlardan, Alloh taologa yaqinlashuvga monelik qiladigan hamda qimmatli vaqtlarini behuda o'tkazib yuboradigan barcha o'yin-kulgi, zeb-ziynatlardan o'zini uzoq tutadigan qilib qo'yadi. Bu qo'rquv uni Alloh taoloning barcha buyruqlarini bajarib, qaytariqlaridan yiroq bo'lishga va oz narsaga qanoat qilishga undaydi. Bu qo'rquv umrini chirkin mol-dunyo va bir necha kunlik mansab yo'lida sarflab yuborishiga yo'l qo'ymaydi. Inson agar mana shu qo'rquvga ega bo'lsa, Alloh taolo talab qilganidek hayot kechirishga harakat qiladi. O'limdan keyin boshlanajak haqiqiy hayotga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Bir so'z bilan aytganda, u dunyoga muhabbat qo'yish sababli vujudga keladigan korong'i-zulmatni tarqatib, yo'q qilib yuboradigan kuchli taqvoga ega bo'ladi.

Taqvo to'rt arkon bilan birga, insonning o'z nafsini hisob-kitob qilib (tergab) turishi bilan ham kuchli bo'ladi. Chunki inson nafsi yomonlikka buyuruvchidir. Inson o'z nafsidan xabardor bo'lib turmasa, nafsi uni albatta to'g'ri yo'ldan chetga burib yuboradi. To'g'ri yo'ldan adashgan kishi zulmatni yorituvchi taqvoga aslo ega bo'la olmaydi va u bu dunyoga muhabbat qo'yish oqibatida vujudga kelgan qorong'i-zulmat aro yo'l topa olmay, qolib ketadi.

Shuning uchun ham, ulug' tobeinlardan Maymun ibn Mihron (rahmatullohi alayh) o'zini hisob-kitob qilmagan, nafsidan bexabar shaxsni taqvoli kishilar sirasiga qo'shmagan. U zot (rahimahulloh) aytadi: “Kishi o'z nafsini tajoratdagi sherigini hisob-kitob qilishidan ko'ra qattiqroq hisob-kitob qilmasa hamda eb-ichishi, ust-boshi harom yoki haloldan kelayotganini aniq bilmasa, taqvoli kishilar qatoriga aslo kira olmaydi” (“Sifatus safvo”, 4-jild, 194-bet).

Demak, inson o'z nafsidan xabardor bo'lib tursa, kuchli, sobit taqvoga ega bo'ladi. Uning qalbiga dunyo muhabbati zulmati soya solgan paytda mana shu taqvo bilan uni bartaraf qilishga muvaffaq bo'ladi.

Biz o'zimizcha hadislarga qanchalik izoh bermaylik, yana ularsiz so'zimizni mukammal qila olmaymiz, ularsiz dilimizdagi narsalarni to'kis etkaza olmaymiz. Shunday ekan, so'zimiz isboti sifatida, yuqoridagi gaplarni maromiga etkazish uchun yana Sodiqul Masduq Sarvari olam (sollallohu alayhi va sallam)ga murojaat etaylik:

قَالَرَسُولُاللَّهِصَلَّىاللَّهُعَلَيْهِوَسَلَّمَ: “أَنْتَعبُدَاللهَكَأَنَّكَتَرَاهُفَإِنْلَمْتَكُنْتَرَاهُفَإِنَّهُيَرَاكَ

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Allohni ko'rib turganingdek ibodat qil. Garchi sen Uni ko'rmasang ham, U seni ko'rib turibdi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati). Taqvodor kishilarning sifatlari Qur'oni karimning bir necha oyatlarida zikr qilingan. Jumladan:

﴿إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَواْ وَّٱلَّذِينَ هُم مُّحۡسِنُونَ١٢٨

«Zotan, Alloh taqvoli bo'lganlar va ezgu ish qiluvchilar bilan (hamisha) birgadir» (Nahl,128).

Abu Umoma Suday ibn Ajlon Bohiliy (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vidolashuv hajida quyidagicha xutba qilganlarini eshitdim: “Allohdan taqvo qilinglar. Besh vaqt namozni ado qilinglar. Ro'za oyi ro'zasini tutinglar. Mollaringiz zakotini beringlar. Boshliqlaringizga itoat qilinglar. Shunda Rabbingizning jannatiga kirasizlar”» (Imom Termiziy).

Taqvodorlarning sifatlarini Ali (roziyallohu anhu) quyidagicha ta'riflaydi: “Ular fazilat sohiblari, to'g'ri so'z, tejamkor, kamtar, ko'zlarini haromdan tiygan, foydali ilm va so'zlarni eshituvchi, ilmiga amal qiluvchi, ko'p gapirmaydigan, nafslarini tergaydigan, qilgan amallaridan Yaratganning rizosini tilay­digan kishilardir. Ularning alomatlari – dinida barqaror, olijanob, imon va irodasi mustahkam, ilmga tashna, molu dunyosini tejab ishlatadigan, xushu bilan ibodat qiladigan, orasta, qiyinchilikka sabr qiladigan, haloldan topadigan, tirishqoq, tamadan yiroq, ezgu amallarga chog'langan, har qanday holatda shukr qiladigan, ilm va hilm bilan hazil qiluvchi va aytganiga amal qiluvchilardir”.

Har bir musulmon xushu nima ekanini hazrat Ali (roziyallohu anhu)dan o'rgansa, maqsadga muvofiq bo'ladi. U kishining hayotlarida sodir bo'lgan voqeaga quloq tutaylik:

Janglarning birida Ali (roziyallohu anhu)ning oyog'iga o'q tegdi. O'q oyoq suyagiga ancha botgani uchun uni chiqara olishmadi. Bir tabib chaqirishdi. Tabib Ali (roziyallohu anhu)ga: “Bu o'qni faqat hushdan ketkazuvchi dori bilan olsa bo'ladi. Yo'qsa, og'riqqa chidayolmaysiz”, dedi. Ali (roziyallohu anhu): “Hushdan ketkazadigan doriga zarurat yo'q. Bir oz sabr qilinglar, namoz vaqti kirsin. Men namoz o'qiy boshlaganimda olib tashlaysiz”, dedi.

Namoz vaqti kirdi. Ali (roziyallohu anhu) namozga turdi. Tabib Ali (roziyallohu anhu)ning oyog'ini yorib, o'qni chiqardi. Yarani bog'lab qo'ydi. Ali (roziyallohu anhu) namozini bitirib, tabibdan: “O'qni chiqardingizmi?” deb so'radi. “Ha, chiqardim”, dedi tabib. “Men hech narsa sezganim yo'q”, dedi Ali (roziyallohu anhu).

Namozdagi xushu-xuzu hazrat Ali (roziyallohu anhu)ni go'yo boshqa olamga olib ketgandek edi. Shuning uchun ham vujudidagi og'riqni aslo sezmadi.

Haqiqiy taqvodor zotlar uchun Alloh taolo qiyinchilik paytlarida najot va halol rizqni va'da qilgan, shuningdek, insonlar orasida eng azizlari boylar yoki amaldorlar emas, balki Allohdan qo'rqadigan kishilar ekanini aytgan:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّا خَلَقۡنَٰكُم مِّن ذَكَرٖ وَأُنثَىٰ وَجَعَلۡنَٰكُمۡ شُعُوبٗا وَقَبَآئِلَ لِتَعَارَفُوٓاْۚ إِنَّ أَكۡرَمَكُمۡ عِندَ ٱللَّهِ أَتۡقَىٰكُمۡۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ خَبِيرٞ١٣

«Ey insonlar! Darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardordir» (Hujurot, 13).

Yer yuzidagi barcha din, tuzum yoki falsafa insonlarni tabaqaga ajratganida ularning boyliklari, nasab va amallariga qaragan. Islom dini esa, kishilarning taqvodorlarigina aziz va mukarram ekanini ilohiy Kalom bilan isbotladi. Islom dini kelgunicha insoniylik darajasidan mahrum bo'lgan qora-habash qul Bilol imoni va taqvosi bilan sahobiy, mo''tabar inson darajasiga etdi. Alloh Rasuli (sollallohu alayhi va sallam)ning muazzini, degan sharafli unvonga sazovor bo'ldi.

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan “Kishilarning hurmatlisi kim?” deb so'ralganida, u zot (sollallohu alayhi va sallam): “Ularning taqvolisi”, dedilar. “Bu haqda so'ramayapmiz”, deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Unday bo'lsa, Halilulloh o'g'li, payg'ambar o'g'li, payg'ambar nabirasi, Alloh payg'ambari Yusufdir”, dedilar. “Bu haqda so'ramayapmiz”, deyishdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Unday bo'lsa, mendan arab qabilalarini so'rayapsizlarmi? Johiliyatdagi yaxshilari Islomdagi yaxshilaridir. Agar (shariat ahkomlarini bilib) faqih bo'lsa”, dedilar» (Imom Buxoriy va Muslim).

Alloh taolo musulmon kishining taqvo tufayli ulug' martabalarga erishishi va jannatga kirishini va'da qiladi:

﴿۞وَسَارِعُوٓاْ إِلَىٰ مَغۡفِرَةٖ مِّن رَّبِّكُمۡ وَجَنَّةٍ عَرۡضُهَا ٱلسَّمَٰوَٰتُ وَٱلۡأَرۡضُ أُعِدَّتۡ لِلۡمُتَّقِينَ١٣٣

«Rabbingizdan (bo'luvchi) mag'firatga va kengligi osmonlaru Yerga teng, taqvodorlar uchun tayyorlab qo'yilgan jannat sari (solih amallar qilish bilan) shoshilingiz» (Oli Imron, 133).

Mufassirlar oyatdagi “jannat sari shoshilinglar” degan so'zdan murod, – “besh vaqt namozni o'z vaqtida ado etish, toat, ixlos, tavba, juma namozini kanda qilmaslik va jamoatga e'tibor berish”, degan (“Tafsiri Nasafiy”, 1-jild. 182-bet).

Ibn Mas'ud (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh, Sendan hidoyat, taqvo, iffatni va behojat bo'lishni so'rayman”, deganlar» (Imom Muslim).

Yana bir oyati karimada bunday marhamat qilinadi:

﴿ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي ٱلسَّرَّآءِ وَٱلضَّرَّآءِ وَٱلۡكَٰظِمِينَ ٱلۡغَيۡظَ وَٱلۡعَافِينَ عَنِ ٱلنَّاسِۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلۡمُحۡسِنِينَ١٣٤ وَٱلَّذِينَ إِذَا فَعَلُواْ فَٰحِشَةً أَوۡ ظَلَمُوٓاْ أَنفُسَهُمۡ ذَكَرُواْ ٱللَّهَ فَٱسۡتَغۡفَرُواْ لِذُنُوبِهِمۡ وَمَن يَغۡفِرُ ٱلذُّنُوبَ إِلَّا ٱللَّهُ وَلَمۡ يُصِرُّواْ عَلَىٰ مَا فَعَلُواْ وَهُمۡ يَعۡلَمُونَ١٣٥ أُوْلَٰٓئِكَ جَزَآؤُهُم مَّغۡفِرَةٞ مِّن رَّبِّهِمۡ وَجَنَّٰتٞ تَجۡرِي مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَاۚ وَنِعۡمَ أَجۡرُ ٱلۡعَٰمِلِينَ١٣٦

«Ular (mazkur taqvodorlar) farovonlik va tanglik kunlarida ham xayr-sadaqa qiladigan, g'azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) afv etadiganlardir. Alloh ezgulik qiluvchilarni sevar. Ular biror fahsh ish qilib qo'ysalar yoki o'zlariga zulm qilib qo'ysalar, (darhol) Allohni eslab, istig'for aytadilar. Vaholanki, gunohlarni faqat Allohgina mag'firat etar. Yana, ular bila turib, qilmishlarida davom etmaydigan kishilardir. Aynan ularning mukofotlari Parvardigorlaridan mag'firat va ostidan anhorlar oqib turuvchi jannat bog'lari bo'lib, o'sha joyda abadiy bo'lurlar. (Solih) amal qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshi!» (Oli Imron, 134–136)

Yuqoridagi oyatlarda “farovonlik va tanglikda ham xayr-sadaqa qiluvchilar” deb, taqvodorlarning sifatlari bayon etildi. Har doim ehson qilish hammaning qo'lidan kelavermaydi. Chunki ehson qilish mardlarning ishi, ixlosli kishilarning amallari bo'lib, ba'zan kishiga malol ham keladi. Lekin haqiqiy taqvodorlar ehson qilishdan aslo og'rinmaydi. Eng ulug' amal hisoblangan ehson orqali jamiyatda tenglik paydo bo'ladi (“Tafsiri Nasa­fiy”, 1-jild, 182-bet).

Shuningdek, g'azablari kelganda uni bildirmasdan, yutib yuboradigan kishilar ham taqvodorlardir.

قَالَرَسُولُاللَّهِصَلَّىاللَّهُعَلَيْهِوَسَلَّمَ: “مَنكَظِمَغَيظًاوهويَقدِرعلىانفاذِهِمَلَأَاللهُقَلبَهُأَمْنًاوإيمانًا

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim g'azabi kelganda uni so'ndira olsa, Alloh uning qalbini imon va ishonchga to'ldiradi”, deganlar (“Tafsiri Nasafiy”, 1-jild, 182-bet).

Musulmon kishi iloji boricha yuqoridagi sifatlarni o'zida mujassam etishga harakat qiladi va natijada, Alloh va'da qilgan mukofotlarni qo'lga kiritadi.

Shoir aytganidek:

Noinsof, nokas-la do'st bo'lma hargiz,

Taqvodor, zokir-la hayoting to'kis.

 

QUR_''ONI KARIM TILOVATI FAZILATI

Abu Zarr (roziyallohu anhu) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning “Allohga taqvo qil”, degan vasiyatlariga qanoatlanmay: “Ziyoda qiling, yo Rasululloh” deb so'radi. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Qur'on tilovati va Alloh zikrini o'zingga vazifa qilib ol, chunki bu sen uchun er yuzida nur, osmonda esa zaxiradir”, dedilar.

Qur'oni karimda bunday deyiladi:

﴿إِنَّ ٱلَّذِينَ يَتۡلُونَ كِتَٰبَ ٱللَّهِ وَأَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنفَقُواْ مِمَّا رَزَقۡنَٰهُمۡ سِرّٗا وَعَلَانِيَةٗ يَرۡجُونَ تِجَٰرَةٗ لَّن تَبُورَ٢٩ لِيُوَفِّيَهُمۡ أُجُورَهُمۡ وَيَزِيدَهُم مِّن فَضۡلِهِۦٓۚ إِنَّهُۥ غَفُورٞ شَكُورٞ٣٠

«Allohning Kitobini tilovat qiladigan, namozni barkamol ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora ehson qiladigan zotlar sira kasod bo'lmaydigan tijoratdan (ajru savob bo'lishidan) umidvordir. Zero, (Alloh) ularning ajrlarini komil qilib berur va O'z fazlini ularga yanada ziyoda qilur. Albatta, U mag'firatli va o'ta shukr qiluvchidir» (Fotir, 29–30).

Qur'oni karim Alloh taoloning kalomidir. Alloh taolo aytadi:

«Unga oldidan ham, ortidan ham (hech qanday) botil (nohaqlik) kelmas. (U) hikmat va hamd egasi (tomoni)dannozil qilingandir» (Fussilat, 42).

Qur'on Alloh taoloning eng ulug' mo''jizasi bo'lib, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ga nozil qilingan so'nggi ilohiy kitob, boqiy hujjat, qat'iy dalil, mustahkam aqidadir. Keling, yaxshisi Qur'on tilovati fazilatlari haqidagi hadislar bilan tanishaylik. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Unda sizdan oldingi va keyingilarning xabari bor, oralaringizdagi hukmlar bor, u chindir, hazil emas. Kim uni tark etsa, Allohdan qismatini oladi, undan boshqasidan hidoyat istaganni Alloh zalolatga duchor qiladi, u Allohning mustahkam arkonidir. U hikmatli zikrdir, u to'g'ri yo'l bo'lib, fikrlarni og'dirmaydi, tillar u bilan mavhumlikka uchramaydi, ulamolar undan to'ymaydi, raddiyalarning ko'pligi tufayli xulqlar buzilmaydi, uning ajoyibotlari tuganmas, uni hatto jinlar ham eshitadi. Kim u bilan gapirsa, to'g'ri so'zlabdi, kim unga amal qilsa ajr oladi, kim u bilan hukm qilsa, adolat qiladi va kim unga chaqirsa, to'g'ri yo'lga hidoyat qilinadi”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Shuning uchun Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Qur'on tilovat qilishni tavsiya etdilar va unga targ'ib qildilar. Abdulloh ibn Mas'ud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda bunday deyiladi:

عن عَبْدَ اللَّهِ بْنَ مَسْعُودٍ قال: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ:“مَنْ قَرَأَ حَرْفًا مِنْ كِتَابِ اللَّهِ فَلَهُ بِهِ حَسَنَةٌ وَالْحَسَنَةُ بِعَشْرِ أَمْثَالِهَا لَا أَقُولُ “ﭑ” حَرْفٌ وَلَكِنْ أَلِفٌ حَرْفٌ وَلَامٌ حَرْفٌ وَمِيمٌ حَرْفٌ”

«Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim Allohning Kitobidan bir harf o'qisa, shu bir harf uchun unga savob yoziladi. Savob esa o'n barobar ko'paytirib beriladi. “Alif, lam, mim”ni bir harf demayman, balki alif – bir harf, lam – bir harf, mim – bir harf”, dedilar» (Imom Termiziy).

Boshqa bir hadisda bunday deyiladi: “Qur'on o'qing! Zero, Qur'on o'z o'quvchilarini qiyomat kuni shafoat qiladi” (Imom Muslim rivoyati). Va yana: “Qur'on o'qilgan uy xuddi erdagilarga yulduz ko'ringani kabi osmon ahliga ko'rsatiladi”, deyilgan (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim Allohga yo'liqishni umid qilsa, Alloh ahlini hurmat-izzat qilsin”, dedilar. Sahoba­lar: “Yo Rasululloh, Allohning ham ahli bo'ladimi?” deb so'rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Ha”, dedilar. “Yo Rasululloh, ular kimlar?” deb so'rashganida, u zot (sollallohu alayhi va sallam): “Ular Qur'on o'quvchilardir. Ogoh bo'linglar, kim ularni izzat-ikrom qilsa, Alloh uni ikrom qiladi va jannatga kiritadi. Kim ularni xorlasa, Alloh uni xorlaydi va do'zaxga kiritadi. Ey Abu Hurayra! Allohning dargohida Qur'on hofizidan hurmatliroq kimsa yo'qdir. Alloh huzurida Qur'on hofizi payg'ambardan boshqa barcha insonlardan ikromliroqdir”, dedilar.

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Payg'ambar (alayhissalom): “Sizlarga qiyomat kunida ummatimning eng afzali kimligini bildiraymi?” dedilar. “Ha, yo Rasululloh!” deyishdi sahobalar. Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Ular Qur'on o'quvchilardir. Qiyomat kunida Alloh: “Ey Jabroil! Kim Qur'on o'qigan bo'lsa, tursin, deb nido qil”, deydi. Jabroil (alayhissalom) uch marta nido qiladi. Shunda ular saf-saf bo'lib, Alloh huzurida turishadi. Alloh ularga: “O'qinglar va ovozlaringni ko'taringlar”, deydi. Ulardan har biri Alloh Qur'onidan ilhomlantirganicha o'qiydi. Kim o'qisa, ovozi, ohangi, xushusi, tadabburiga ko'ra darajasi ko'tariladi. So'ngra Alloh: “Ey ahlim! Dunyoda kim sizlarga yaxshilik qilganini bilasizlarmi?” deydi.“Ha”, deb javob berishadi ular. Shunda Alloh aytadi: “Mahsharga boringlar! Kim ularni tanisa, o'zlari bilan birga jannatga olib kirsin!” dedilar».

Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday marhamat qilganlar: «Isro kechasida Alloh menga aytdi: “Ey Muhammad! Ummatingizga buyuring, uch toifa odamlarni izzat-ikrom qilishsin: ota-onalarini, olimlarni va Qur'on hofizlarini. Ey Muhammad! Ummatingizni ogohlantiring, kim ularni yomon ko'rsa va xorlasa, unga Mening g'azabim qattiq bo'ladi. Ey Muhammad! Ahli Qur'on mening ahlimdir. Dunyo ahliga ikrom qilganimdan ularni dunyoda sizning huzuringizga qo'ydim. Agar Qur'on ularning qalblarida o'rnashmaganida edi, dunyo ahlini halok qilgan bo'lardim. Ey Muhammad! Hofizi Qur'onlar qiyomat kuni azoblanmaydi va hisob-kitob qilinmaydi. Ey Muhammad! Jannat uch toifaga muhtojdir: sizga va sizning sahobalaringiz Abu Bakr bilan Umarga hamda hofizi Qur'onga”».

Boshqa bir o'rinda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur'onni o'rganib, boshqalarga o'rgatganlaringizdir”, deganlar.

Umar ibn Hattob (roziyallohu anhu) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)dan rivoyat qiladi: «U zot (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh Qur'oni karim bilan ba'zi qavmlarning martabasini ko'taradi, ba'zi qavmlarni xor qiladi”, dedilar».

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) hadisi qudsiyda marhamat qiladilar: «Alloh taolo aytdi: “Kimniki Qur'on o'qish Meni zikr etish va duo qilishdan mashg'ul etib qo'ysa, Men unga Mendan iltijo qilib so'rayotganlarga berayotganimdan ham afzalini beraman”. Alloh kalomining boshqa kalomlardan afzalligi Alloh­ning O'z maxluqotidan afzalligi kabidir».

Anas (roziyallohu anhu) rivoyat qilishicha, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Qur'on o'qiydigan mo'min utrujja (limon jinsidan bo'lgan bir meva)ga o'xshaydi, hidi ham xushbo'y, ta'mi ham shirin, Qur'on o'qimaydigan mo'min xurmoga o'xshaydi, ta'mi shirin, hidi yo'q. Qur'on o'qiydigan fojir rayhonga o'xshaydi, ta'mi achchiq, hidi xushbo'y. Qur'on o'qimaydigan fojir achchiq tarvuzga o'xshaydi, ta'mi achchiq, hidi yo'q. Solih suhbatdosh mushk sotuvchiga o'xshaydi, agar u bilan o'tirsang, mushkidan bermasa ham, hidi senga urib qoladi. Yomon suhbatdosh bosqonchiga o'xshaydi, agar uning yomonligi senga tegmasa ham, uning tutuni urib qoladi”, dedilar (Abu Dovud).

Yana bir o'rinda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Kim bir mo'mindan dunyo qiyinchiliklari, musibatlaridan birini aritsa, Alloh undan qiyomat kuni qiyinchiliklaridan birini aritadi. Kim bir qiynalgan odamning mushkulini oson qilsa, Alloh dunyo va oxiratda uning mushkulini oson qiladi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh dunyo va oxiratda uning aybini berkitadi. Banda, modomiki, birodari xizmatida ekan, Alloh uning xizmatida bo'ladi. Kim ilm talab qilib yo'lga chiqsa, Alloh unga jannat yo'lini oson qilib qo'yadi. Modomiki, bir jamoat Allohning masjidlaridan biriga yig'ilib, Allohning kitobini tilovat qilishsa va uni o'rganishsa, ularga xotirjamlik tushadi va rahmat o'rab oladi, atroflarida farishtalar jamlanadi, Alloh o'z huzuridagilarga ularni zikr qiladi”, dedilar.

Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Uhud shahidlarining har ikkitasini bir qabrga qo'yganlar. Avval: “Bularning qay biri Qur'onni ko'proq yod bilar edi?” deb so'rar, so'ng qaysi mayyitni ko'rsatishsa, o'shani lahadga oldin qo'ydirar edilar» (Imom Buxoriy).

Ibn Umar (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Payg'ambar (sollallohu alayhi va sallam)dan: “(Hasad qilish mumkin emas, ammo) ikki kishiga hasad qilsa bo'lur: Alloh unga Qur'on ilmlarini bergan bo'lib, kechayu kunduz uni tilovat qilib, shu asosda ish tutuvchi kishiga; Alloh unga halol mol-dunyo ato etgan bo'lib, o'z boyligini kechayu kunduz infoq-ehson qilayotgan kishiga”, dedilar» (Imom Buxoriy va Imom Muslim).

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Uylaringizni namoz va Qur'on tilovati bilan munavvar qilinglar”, dedilar» (Imom Bayhaqiy).

No''mon ibn Bashir rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Ummatimning eng afzal ibodati Qur'on tilovatidir”, dedilar (Imom Bayhaqiy).

Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) aytadi: “Ey Qur'on (yoxud ilm)ni ko'taruvchilar, ilmingizga amal qiling, bilganiga amal qilgan haqiqiy olimdir va uning amali ilmiga muvofiqdir. Sizlardan keyin bir qavm keladi, ular ilmni ko'tarib yuradi, ammo ilmlari elkalaridan tepaga ko'tarilmaydi, amallari ilmlariga, aytgan gaplari dillaridagiga teskaridir. Ular halqa-halqa bo'lib o'tiradi, lekin oralaridan fitna chiqishi sababli bir-birlaridan g'azablanib, majlisni tark etadi. Ularning o'sha o'tirishlaridagi amallari Alloh taologa ko'tarilmaydi”.

Imom Shofi'iy (rahmatullohi alayh): “Odamlar ushbu ilm (ya'ni Qur'on)ning biror harfini ham qoldirmay o'rganishlari­ni xohlardim”, degan. Bu o'rinda Qur'on yoki ilmni biror harfini ham qoldirmasdan yaxshilab o'rganishga targ'ib qilinmoqda.

Eng avvalo, Qur'on o'quvchi kishi ixlosli bo'lishi, Qur'on odoblariga to'liq amal qilishi lozim. Tilovat asnosida o'zini Alloh taologa munojot qilayotgandek tutishi va Allohni ko'rib turgandek holatda bo'lishini ulamolar tavsiya etadi. Garchi u ko'rmasa ham, Alloh taolo uni ko'rib turuvchidir.

Qur'on tilovatining quyidagi shartlari mavjud:

Qiroat qilishdan oldin tahoratli bo'lish sunnat amali hisoblanadi. Chunki Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) tahoratsiz Qur'on o'qishni xush ko'rmas edilar. Bu xususda hadisi shariflar bisyor. Agar suv topmasa, tayammum qiladi. Junub (odam) va hayz ko'rgan ayolning bir yoki uning yarmicha oyatni o'qishi haromdir. Ammo harflarni talaffuz qilmasdan uni qalbdan o'tkazsalar bo'ladi, shuningdek, ular Mushafga nazar solsalar ham joiz. Junub kishi va hayz ko'rgan ayol tasbeh, tahlil, tahmid, takbir aytishi va Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ga salavot yo'llashi mumkin. Bunga ulamolar ittifoq qilgan.

Qur'on o'quvchi toza erda o'tirishi sunnat hisoblanadi, masjid bo'lsa yana ham yaxshi. Qiroat qilish uchun pok va toza joy tanlanishi lozim. Shuning uchun ko'pgina ulamolar “masjidda qiroat qilish mustahabdir” degan, chunki u er doimo ozoda bo'ladi, boshqa bir tarafdan masjidning hurmati va sharafini ham e'tiborga olmoq lozim.

Qiblaga qarab o'tirish mustahab. Namozdan tashqarida ham qiblaga yuzlanib tilovat qilish mustahabdir. Hadisi sharifda: “Majlislarning eng yaxshisi qibla tomonga qarab o'tirilganidir”, deyilgan. Qur'on o'quvchi sokin va viqor bilan, boshini quyi solib, xuddi ustozi oldida odob saqlab turgan shogirddek o'tirishi lozim. Qiroatni turib yoki to'shakda yotgan holda ham qilsa bo'ladi, lekin o'tirib qiroat qilish afzaldir.

Qur'on o'qishdan oldin “Isti'oza va basmala”ni aytish sunnat.

Misvok tutib, og'izni poklash lozim, chunki og'iz qon yoki boshqa narsalar bilan kirlangan bo'lsa, uni yuvib tashlamasdan oldin Qur'on tilovat qilish karih (yomon) sanaladi.

Qur'onni chiroyli o'qish ham sunnat hisoblanadi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) Qur'onni aniq-aniq, harf-harf qilib o'qir edilar. Alloh taolo marhamat qiladi:

﴿أَوۡ زِدۡ عَلَيۡهِ وَرَتِّلِ ٱلۡقُرۡءَانَ تَرۡتِيلًا٤

«Yoxud unga (bir oz vaqt) qo'shing (yarmidan ko'prog'ida uxlang) va Qur'onni “tartil” bilan (dona-dona qilib) tilovat qiling!» (Muzzammil, 4)

Qur'onni chuqur o'ylab, tafakkur qilib, uning ulug'ligini anglab o'qish lozim. Chunki u bilan dillar yayraydi, qalblar nurafshon bo'ladi, Bu haqda bunday deyiladi:

﴿أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ ٱلۡقُرۡءَانَ أَمۡ عَلَىٰ قُلُوبٍ أَقۡفَالُهَآ٢٤

«Axir, ular Qur'on (oyatlari) haqida fikr yuritmaydilar­mi?! Balki dillarida “qulflari” bordir?!» (Muhammad, 24)

Qur'on o'qishni niyat qilmagan holda musibat etgan paytda “Inna lillahi va inna ilayhi roji'un” deyish, ulovga minilayotganda “Subhanallaziy saxxoro lana haza va ma kunna lahu muqriniyn” deb aytish va duo qilayotgan paytda Qur'on o'qishni niyat qilmagan holda “Robbana atina fid dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina azaban nar” deyish ham joizdir.

Abu Maysara bunday deydi: “Alloh zikri faqat pok joyda qilinadi”.

Yo'lda yoki safarga ketayotganda qiroat qilish, agar qiroat qilayotgan odam adashib ketmasa, joizdir. Agarda qiroatda xayoli chalg'isa yoki yanglishsa, u holda yo'lda tilovat qilish makruh. Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) mudroq holdagi kishini qiroat qilishdan qaytarganlar, chunki bunda odam adashib, xato qiroat qilib qo'yishi mumkin.

Qur'on o'qishda yig'lash, agar yig'lashga qodir bo'lmasa xushu va siniqlik bilan qiroat qilish kerak.

Qur'on o'qilayotgan joyda gapirmasdan faqat tilovatni eshitish lozim.

Sajda oyatlari kelganda sajda qilish shart. Chunki sajda oyati o'qilganda sajda vojib bo'ladi. Bu haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:

عَنْأَبِىهُرَيْرَةَقَالَ: قَالَرَسُولُاللَّهِصَلَّىاللهُعَلَيهِوَسَلَّمَإِذَاقَرَأَابْنُآدَمَالسَّجْدَةَفَسَجَدَاعْتَزَلَالشَّيْطَانُيَبْكِىيَقُولُ: “يَاوَيْلَهُ! أُمِرَابْنُآدَمَبِالسُّجُودِفَسَجَدَفَلَهُالْجَنَّةُوَأُمِرْتُبِالسُّجُودِفَأَبَيْتُفَلِىَالنَّارُ”»

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qilgan hadisda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «Agar odam bolasi sajda oyatini o'qib, sajda qilsa, shayton undan uzoqlashib yig'laydi va: “Holimga voy bo'lsin! Odam bolasi sajdaga buyurilib, sajda qildi va unga jannat bo'ldi. Men ham sajda qilishga buyurildim va bosh tortdim, menga do'zax bo'ladi”, deydi», dedilar (Imom Muslim).

Qur'onga qarab o'qish yoddan o'qishdan ko'ra afzaldir. Chunki qarab o'qish ibodat hisoblanadi.

Qur'on qiroati uchun eng afzal vaqt namoz ichida o'qish, tunda o'qish va tunning oxirgi yarmida o'qishdir. Shom bilan xufton orasida hamda tongda o'qisa ham bo'ladi.

Kunlardan arafa kuni, juma, dushanba va payshanba kunlari Qur'on o'qish afzal hisoblanadi.

O'n kunliklardan Ramazonning oxirgi o'n kunligi, Zulhijja oyining birinchi o'n kunligida o'qish lozim.

Oylardan eng afzali Ramazon hisoblanadi. Zero, Ramazon oyi bejizga Qur'on oyi, deb atalmagan.

Eng afzali Qur'on qiroatini juma kuni boshlab, kelasi payshanba kechasi xatm qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) doim shunday qilgan.

Qur'on xatm qilinadigan kuni ro'za tutish sunnat hisoblanadi. Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) Qur'onni xatm qiladigan kuni ro'za tutib, oilasi davrasida duo qilganini Imom Tabaroniy rivoyat qilgan.

KYeYINGI MAVZU:

ZIKRNING FAZILATI

OYaTLARDAN ZIKR HAQIDA

Kutubxona
Boshqa maqolalar

Shifo oyatlarini o‘qing!

23.12.2024   1341   2 min.
Shifo oyatlarini o‘qing!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Qatoda roziyallohu anhuning haqqiga bunday duo qilganlar: “Allohim, uning yuzini yanada go‘zal qilgin, sochlari va tanasini quvvatli qilgin. Qatoda roziyallohu anhu 75 yoshida vafot etganida go‘yo o‘n besh yoshli yigitga o‘xshardi.

Bir kuni Imom Qosim Kushayriy rahimahullohning o‘g‘li kasal bo‘lib qoldi. Ota farzandining kasalligidan qattiq g‘amga botdi. Kunlarning birida tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘radi va o‘g‘liga shifo tilab duo so‘raydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “O‘g‘lingga shifo oyatlarini o‘qi”, deydilar. Qosim Qushayriy rahmatullohi alayhi ularni o‘qiydi va o‘g‘li tuzalib ketadi.

Shifo oyatlariga quyidagilar kiradi:

وَيَشْفِ صُدُورَ قَوْمٍ مُؤْمِنِينَ

(Alloh) mo‘minlar qavmi qalblariga shifo beradi” (Tavba surasi, 14-oyat).

 

يَا أَيُّهَا النَّاسُ قَدْ جَاءَتْكُمْ مَوْعِظَةٌ مِنْ رَبِّكُمْ وَشِفَاءٌ لِمَا فِي الصُّدُورِ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ

“Ey, odamlar! Sizlarga Robbingizdan va’z (nasihat), dillardagi narsa (shirk va boshqa illatlar)ga shifo va mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi” (Yunus surasi, 57-oyat).

 

يَخْرُجُ مِنْ بُطُونِهَا شَرَابٌ مُخْتَلِفٌ أَلْوَانُهُ فِيهِ شِفَاءٌ لِلنَّاسِ إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآَيَةً لِقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

“Ularning (asalarilarning) qorinlaridan odamlar uchun shifo bo‘lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir” (Nahl surasi, 69-oyat).

 

وَنُنَزِّلُ مِنَ الْقُرْآَنِ مَا هُوَ شِفَاءٌ وَرَحْمَةٌ لِلْمُؤْمِنِينَ

(Biz) Qur’ondan mo‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz” (Isro surasi, 82-oyat).

 

وَإِذَا مَرِضْتُ فَهُوَ يَشْفِينِ

Kasal bo‘lganimda, Uning O‘zi menga shifo berur (Shuaro surasi, 80-oyat).

 

قُلْ هُوَ لِلَّذِينَ آَمَنُوا هُدًى وَشِفَاءٌ

Ayting: “(Ushbu Qur’on) iymon keltirgan zotlar uchun hidoyat va (dildagi ma’naviy illat uchun) shifodir” (Fussilat surasi, 44-oyat).


Davron NURMUHAMMAD