Qozog'iston musulmonlari diniy idorasining 30 yilligi sharafiga 21-22 oktyabr' kunlari Nur-sulton shahrida Qur'on hofizlarining IX Respublika tanlovi o'tkaziladi .
"Hazrat Sulton" respublika jome' masjidida Diniy idora tomonidan tashkil etiladigan tanlov o'tkaziladi. Unda mamlakatning barcha hududlaridan 74 nafar hofiz ishtirok etadi. Ular Qur'oni Karimning 10, 20 va 30 juzlarini yoddan bilish bo'yicha toifalarda bellashadilar, shuningdek, mamlakatdagi epidemilogik vaziyat tufayli hofizlar tanlovini "Hikmat studiyasi" YouTube kanali da va "Holiq Arna" telekanalida jonli tomosha qilish mumkin.
Muftyat.kz ma'lumotiga ko'ra, tanlov ishtirokchilariga mamlakatning taniqli ustozlari va olimlari - Komiljon Sodiqov, Saidvaqqos O'ljaboy, Erkinbek Shokay, Ersin Amire va Jumanazar Sodirxonovlar hakamlik qilishadi.
Eng keksa ishtirokchi 30 yoshda, eng kichigi esa 13 yoshda. 10 juzni biladigan hofizlar orasida 10 yoshli maktab o'quvchisi bor.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Kitob hadya qilish – ilm tarqatish va xayrli amallarning eng go‘zal namunasidir.
Toshkent islom instituti Axborot-resurs markazi fondi yangi noyob asarlar bilan boyidi.
“Hadis va islom tarixi fanlari” kafedrasi ustozlari tomonidan Abdulmajid Juzjoniyning “Al-Vajiz fi usulil hadis indal fuqohoil usuliyyin val muhaddisin” asaridan 50 dona hadya qilindi.
Ushbu kitoblar talabalarning bilimlarini mustahkamlash va ilmiy saviyalarini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki asar Usulul hadis ilmini o‘rganishda bebaho manba hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati