Savol:
Assalomu alaykum Ustoz. Yaxshimisiz? Sizga savolim quyidagicha: qizimni uzatganimga 7 yil bo'ldi. Alhamdulillax, kuyovim dinu-diyonatli deb, yaxshi niyatlar bilan havas qilib uzatgandim. Hozir ham yomon emas. Qizim uzatilgach, hijobga kirdi. Uch nafar farzandlik bo'lishdi. Qaynona-qaynotasi bilan yashashadi. Menga hech ham gap tashimagan shu paytgacha. Keyingi paytlarda mazasi bo'lmay, tushkunlikka tushib, yuragi og'riydigan bo'lib qoldi. Oxiri so'rab surishtirib bildimki, u hech ham ko'chaga chiqmas ekan. Shu yillar mobaynida ikki haftada bir marotaba uyga keladi. Eri o'zi olib kelib, o'zi olib ketadi. Ko'p qavatli uyda turishadi. Faqat shu 2 haftada bir marotaba ko'chaga chiqadi uyga kelganda. Shunda ham pod'ezdning tagidan mashinaga o'tiradi va uyga qaytayotganida ham shunaqa. Qizim oliy ma'lumotli. Ishlatish niyatligi yo'q. Qarindosh-urug', bordi-keldiga ruxsat yo'q. To'y-hashamlarga ham ruxsat yo'q. Kaltaklarkan, urarkan. Eridan juda qo'rqib qolgan. Qizimdan xavotirdaman. Farzandlari bog'gacha bormaydi. Gap-so'zlari ham g'alati bo'lib qolgan, tarki dunyo qilganga o'xshaydi. San farzandlaringga keraksan, sog'ligini o'yla, farzandlaring bog'chaga borsin, o'zing ham o'sha erda ishlasang bo'ladi-ku, desam. Unga ham yo'q deyishibdi. Bularni bilib kechalari uxlolmay chiqayapman. Eri ham ishlamaydi. Ishlasam, namozlarim qolib ketadi, der ekan. Ilojini qilsa, shunaqa ish topsa bo'ladi.ku namozlarini ham qazo qildirmaydigan. Keyingi paytda juda qiynalib qolishgan. Moddiy tarafdan. Ota-onasining nafaqa puliga yashashadi. Bolalariga kashaga sutni ham qiynalib so'raydi qaynonasidan qizim. Men pul bervoray desam, yo'q emish, ularning nafsoniyatiga tegarmish... Juda hafaman. Nima qilay?.. Oilani erkak boqishi kerak emasmi?.. Ko'p qavatli uyda, to'rtta devor, hech qayerga chiqarmasligi to'g'rimi? Shu muammolar haqida fikringizni bilmoqchi edim. Shular haqida ma'ruzalar qilsangiz, yaxshi bo'lardi. Ko'pchilik eshitardi. Ha. yana bir gap. Bizning diyorimizdagi olimlarimiz, imomlarimizning gapini olmas ekan kuyov... Ular so'fiylar, derkan. Mazhabni tan olmaydi. Bularni yozayapmanu, ko'zimdan yosh tinmayapti. Nima qilay? Boshim qotgan, maslahat bering. Allohim rozi bo'lsin.
Javob:
Ishoqjon domla Begmatov
Bismillahir Rohmanir Rohiym
O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».
Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.
Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:
– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.
– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...
– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.
Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.
– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.
– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.
Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.
Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.
Akbarshoh RASULOV