Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha Islom tashkiloti – AYSYeSKO tomonidan 2020 yil Buxoro “Islom olami madaniyati poytaxti” deb e'lon qilinishi munosabati bilan viloyatda, xususan Yetti pir ziyoratgohlarida keng ko'lamda qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
O'zbeksiton Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining joriy yil 7 sentyabrdagi “Buxoro viloyatidagi Yetti pir ziyoratgohlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasi”ga muvofiq, viloyat hokimligi tomonidan barcha Yetti pir silsilasiga kiruvchi ziyoratgohlarda infokiosklar o'rnatildi.
Infokiosklar orqali endilikda sayyohlar mazkur ziyoratgohlardagi me'moriy majmualarni tomosha qilish, pirlarning hayoti va ijodi, ularning asarlari bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ham ega bo'ldi. Shu bilan birgalikda har bir ziyoratgohda mazkur infokioskdagi axborotlar jamlangan QR kodlar ham o'rnatilgan bo'lib, bu orqali ziyoratchilar ushbu ma'lumotlarni qo'l telefonlariga yuklab olishi mumkin.
–Mazkur chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, olimlar hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tadqiqotchilari tomonidan Yetti pir allomalari ma'naviy merosiga bag'ishlangan 20 nomdan ortiq adabiyotlar nashrga tayyorlandi, – deydi viloyat hokimligi apparati jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar kotibiyati mudiri Akbar Rustamov. – Shu bilan birga barcha ziyoratgohlar hududida kutubxonalar ham tashkil etilmoqda.
Zarif Komilov, O'zA
Ramazon – iymon va ixlos oyi, ilm va ma’rifat oyi. Shu muborak kunlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, ustoz Zayniddin domla Samarqand shahridagi "Xo‘ja Is'hoqi Valiy" jome masjidida bo‘ldilar. Ularga viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla hamrohlik qildilar.
Taroveh namozi oldi ustoz Zayniddin domla jamoatga "Mazhab – ummat birligining asosi" mavzusida mav’iza qilib, ulamolar yo‘lidan og‘ishmaslik, mazhabga ergashish Islom ummatining birligi va barqarorligi uchun naqadar muhim ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, mazhabsizlik kishini bid’at va gumrohlikka boshlashi haqida ogohlantirib, haq yo‘ldan yurishning ahamiyatini tushuntirdilar.
Manfaatli suhbatdan so‘ng jamoat bilan birgalikda taroveh namozi ado etilib, xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati