Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Dekabr, 2024   |   29 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:48
Peshin
12:30
Asr
15:21
Shom
17:05
Xufton
18:25
Bismillah
29 Dekabr, 2024, 29 Jumadul soni, 1446

Qadim Keshning Dorut-tilovat majmuasi haqida bilasizmi?

10.10.2020   1803   2 min.
Qadim Keshning Dorut-tilovat majmuasi haqida bilasizmi?
Ko'p asrlik tarixga ega qadim Kesh – Shahrisabzda qad rostlagan me'moriy obidalar serhashamligi, takrorlanmas naqshu bitiklari bilan dunyoga mashhur. Ularning ko'pi Amir Temur, uning avlodlari davrida ko'hna shaharning hozirgi tarixiy qismida bunyod etilib, jahon merosi ro'yxatidan joy olgan. Ushbu arxeologik durdonalar ichida Dorut-tilovat majmuasining o'ziga xos o'rni bor. 

Dorut tilovat memorial majmuasi 1370-1371 yillar buyuk taqvodor arbob, Bahovuddin Naqshbandiyning o'qituvchisi Shamsiddin Kulolning o'limidan so'ng barpo qilingan. Majmuada Ko'k gumbaz jome masjidi, Shamsiddin Kulol va Gumbazi Sayidon maqbaralari joy olgan. Shayx Kulol qabri oldida avval Dor-us-Tilovat madrasasi joylashgan. Amir Temurning hukmronligi davrida Kulolning maqbarasi marmardan ishlangan toshtaxta bilan qoplangan. Mirzo Ulug'bek hukmronligi davrida qabr tepasiga soddagina gumbazli maqbara qurilgan. 1435 yil maqbara qarshisida Ko'k gumbaz masjidi barpo etilgan. Bu masjid Shahrisabzdagi jome masjidi hisoblanadi.
 
 

Majmuada Mirzo Ulug'bek farmoniga muvofiq, bunyod etilgan xilxona Gumbazi Sayidon deb ataladi. Unda Payg'ambarimiz Muhammad (s. a. v.) avlodlari – sayyidlarning Termiz xonadoni a'zolari mangu qo'nim topgan. Maqbara ichkarisida 4 ta marmar toshdan yasalgan sag'ana bor. Shu erdan maqbaraning ikkinchi nomi – Gumbazi Sayid, ya'ni Sayidlarning gumbazi nomi kelib chiqqan. 

Shu tahlid, Dorut-tilovat madrasasining ichki hovlisi atrofida XIV-XV asrlarda yirik memorial majmua hosil bo'lib, u Shamsiddin Kulol maqbarasi, gurxonali Amir To'rag'ay madrasasi, masjidi va Ulug'bek maqbarasidan tashkil topgan. 
 
 
 
 
 
O'zA
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Alloh naqadar buyuk Zot!

25.12.2024   9860   1 min.
Alloh naqadar buyuk Zot!

Ikkita bir-biriga o‘xshash oyat, lekin Alloh taolo ularni ikki xil xulosa bilan yakunlagan:

وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا  إِنَّ الْإِنسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ (34)


"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, inson zulmkor va noshukrdir" (Ibrohim surasi, 34-oyat).

 وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا  إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ (18)


"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, Alloh mag‘firatli va marhamatlidir" (Nahl surasi, 18-oyat).

Birinchi oyatda: Insonning Allohga munosabati bilan tugatilgan!
Ikkinchi oyatda: Allohning bandaga munosabati bilan tugatilgan!

Alloh taolo naqadar buyuk Zot! Inson esa naqadar ojiz va nodon mavjudot.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV