Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Dekabr, 2024   |   20 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:45
Peshin
12:26
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:20
Bismillah
21 Dekabr, 2024, 20 Jumadul soni, 1446

Rag'bat – ezgu ishlarga qanot

8.10.2020   1488   3 min.
Rag'bat – ezgu ishlarga qanot

Bugun shunday davrda yashayapmizki, biror tadbir, marosim u yoqda tursin, ba'zan hatto ko'chaga chiqishga ham ikkilanib, hadiksirab qolyapmiz. Buning asosiy sababi barchaga ma'lum – koronavirus. Bu ofat an'anaviy turmush tarzimizni izdan chiqarib yubordi.

Lekin, shunday bo'lsa-da, karantin davrida ham fidoyilik ko'rsatib, xalq, el manfaatini yo'lida xizmat vazifasini sidqidildan bajarayotgan insonlar zamonamizning chinakam qahramonlaridir. Ular – shifokorlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari...

Bunday fidoyi insonlar safida dinimiz jonkuyarlari bo'lgan imom-xatiblar, otinoyilar ham borligi kishini quvontiradi.

Bugun poytaxtimizdagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf majmuasida karantin davrida ham oilalar mustahkamligini ta'minlash, ayol-qizlar o'rtasida muqaddas dinimizning asl mohiyati va ahamiyatini keng targ'ib qilish, ayollarning turli oqimlar ta'siriga tushib aldanib qolishining oldini olishda jonbozlik ko'rsatgan barcha otinoyilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbir, tabiiyki, kalomlarning eng ulug'i – Qur'oni karim tilovati bilan boshlandi.

  • Butun bashariyat, shu jumladan, xalqimiz boshiga tushgan og'ir sinovli damlarni mardonavor engib o'tyapmiz, – deydi Toshkent shahar bosh imom-xatibi o'rinbosari Abduqahhor domla Yunusov. – Pandemiya odamlarning sabrini sinovdan o'tkazyapti. Shunday og'ir vaziyatda karantin talablariga qat'iya rioya qilgan holda o'z vazifasini muvaffaqiyatli uddalayotgan bir guruh otinoyilarni taqdirlashga qaror qildik. Aslida bugungi hadyalar – ramziy: dinimiz vakilalarini rag'batlantirish, xolos. Haqiqiy mukofotni Buyuk Rabbimiz beradi, inshoalloh. Bunga aslo shubha yo'q.

Yig'ilishda faol bo'lgan otinoyilar so'zga chiqib, o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar.

Tadbir qatnashchilariga Qur'oni karim tuhfa etildi.

Tadbir so'ngida yana Qur'oni karim tilovat qilinib, savobi koronavirus infektsiyasini yuqtirib olib vafot etgan barcha yurtdoshlarimiz, xususan, imom domlalar, otinoyilarning ruhoniyatlariga baxshida qilindi.

 

 

T. Nizom

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lishning zararlari

20.12.2024   18456   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati