Kanadadagi kelib chiqishi hindistonlik bo'lgan shifokor o'z bemorlariga Qur'onni tinglashga ruxsat berib, davolaydi, deya xabar bermoqda The Siasat Daily.
Doktor Jagdish Anand Roy Kanadada eng yaxshi oftal'mologlardan biridir. U bir necha yil avval asos solgan o'z klinikasining rahbari.
Qizig'i shundaki, hinduizm ixlosmandi doktor Jagdish musulmon emasligiga qaramay, uning klinikasida doimiy ravishda Muqaddas Qur'on translyatsiyasi yoqilib turadi. U asosan "Yosin"va "ar-Rahmon"suralarini tinglaydi.
"Islomosfera" veb-saytiga ko'ra, bu an'ana haqida gapirganda, doktor Jagdish Qur'on butun insoniyat uchun mo'ljallangan, deydi. Qur'on o'qishning foydalari haqida gapirar ekan, klinika muhitini yanada tinchlantirib, bemorlarning tuzalishiga hissa qo'shishini aytadi. Dr. Jagdish tadqiqotgia ko'ra, "Ar-Rahmon" surasini besh marta tinglash ba'zi ko'z kasalliklarini davolaydi.
Unga ko'ra, klinika tashkil etilganidan buyon bu erda Qur'oni Karim tilovati tinmay qo'yiladi. U va uning bemorlari Qur'on tinglash orqali ma'naviy tinch-xotirjamlikka erishadilar. Ba'zi bemorlar undan nima uchun klinikada Qur'on tilovati efirga uzatilishini so'rashadi. Ular u o'zining diniga bizni chorlamoqchi, degan xayolga borishadi.
Islom tinchlik dini ekanligini eslatib, Jagdish Anand Roy Islom haqidagi noto'g'ri g'oyalardan qutulish lozimligini ta'kidlaydi. Dr. Jagdish har bir dinni hurmat qiladi va kichik farqlarga qaramay, ularning barchasi bir xil nomani o'z ichiga oladi, deydi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Ikkita bir-biriga o‘xshash oyat, lekin Alloh taolo ularni ikki xil xulosa bilan yakunlagan:
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَتَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ الْإِنسَانَ لَظَلُومٌ كَفَّارٌ (34)
"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, inson zulmkor va noshukrdir" (Ibrohim surasi, 34-oyat).
وَإِن تَعُدُّوا نِعْمَةَ اللَّهِ لَا تُحْصُوهَا إِنَّ اللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ (18)
"Va agar Allohning ne’matlarini sanashga urinsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz. Albatta, Alloh mag‘firatli va marhamatlidir" (Nahl surasi, 18-oyat).
Birinchi oyatda: Insonning Allohga munosabati bilan tugatilgan!
Ikkinchi oyatda: Allohning bandaga munosabati bilan tugatilgan!
Alloh taolo naqadar buyuk Zot! Inson esa naqadar ojiz va nodon mavjudot.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV