Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2025   |   1 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:41
Peshin
12:30
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:31
Bismillah
24 Avgust, 2025, 1 Rabi`ul avval, 1447

Namozga kirishish oldidan imomning “saflarni to'ldirib olinglar” deyishi to'g'rimi?

06.02.2024   871   4 min.
Namozga kirishish oldidan imomning “saflarni to'ldirib olinglar” deyishi to'g'rimi?

Cavol: Imom iqomat takbiridan keyin namozga kirishishdan avval qavmga qarata: “Saflarni to'ldirib olinglar”, deyishi to'g'rimi?

Javob: Bismillahir rohmanir rohiym.

Imom A'zam Abu Hanifa va Imom Muhammad rahimahumalloh nazdilarida muazzin iqomat aytib: “Qod qomatis-sola” degan paytida imom va qavm namozga kirishadilar. Imom Abu Yusuf rahimahullohga ko'ra, imom va qavm muazzin iqomatdan forig' bo'lgandan keyin namozga kirishadi. Bu haqda fiqhiy manbalarimizda bunday deyilgan: “Imom Abu Hanifa va Imom Muhammadga ko'ra, muazzin “Qod qomatis-sola” deganda imom namozga kirishadi. Imom Abu Yusuf: “Muazzin iqomatdan forig' bo'lganda imom namozga kirishadi. Shunda qavm ham muazzin ortidan (iqomat kalimalarini aytishda) etishib olish fazilatiga erishadi va muazzin imom bilan birga namozga qo'shilish imkoniga ega bo'ladi” deganlar”.

“Hulosatul fatavo” kitobida Imom Abu Hanifa va Imom Muhammadlarning so'zlari “to'g'riroq” ekani ta'kidlangan. Shuningdek, “Quduriy”, “Viqoya”, “Kanz” va boshqa mo''tabar fiqhiy kitoblarda faqat Imom Abu Hanifa rahmatullohi alahyining so'zlari naql qilib keltirilganidan, mazhabimizdagi fatvo berilgani shu ekani ma'lum bo'ladi.

Shunga ko'ra, mazhabimizning mutaqaddim ulamolariga ko'ra, imom iqomat bilan takbiri tahrimani orasini ajratmaydi, namozxonlarni saflarini to'g'irlab olishga da'vat qilmaydi, balki, muazzin iqomani aytib bo'lishi bilan namozga kirishadi.

Shunday bo'lsada, “Az-Zohiyriyya” kitobida quyidagi masala ham zikr qilingan: “Agar imom namozga kirishishni muazzin iqomat aytishdan forig' bo'lguniga qadar kechiktirib tursa, barcha imomlar (Imom Abu Hanifa va ikki shogirdlari)ga ko'ra, joizdir” (“Fatavo Az-Zohiyriyya” kitobi).

Demak, imom Abu Hanifa va Imom Abu Yusuf o'rtalaridagi ushbu ikki xil qarash asosan ushbu ikki holatdan qaysi biri afzal ekani borasida ekani ma'lum bo'lmoqda.

Lekin mazhabimizdagi ayrim mutaaaxxir fuqaholar imom qavmga saflarni to'g'rilab olishini eslatishi joiz ekanini ochiq aytishgan. Jumladan, Imom Zaylaiy “Kanz”ning sharhida bunday deydilar: “Qavm namozga turganlarida, saflarini rostlab, tekislashlari va oradagi ochiq joylarni to'ldirishlari hamda elkalarini barobar qilishlari lozimdir. Imom namozni boshlashdan oldin ularga saflarni tekislab, oralarda ochiq joy qolmasligini buyurishi joizdir. Chunki Payg'ambarimiz alayhissalom: “Saflaringizni barobar qilinglar. Zero, safni tekislash namozning mukammalligidandir”, deganlar.

Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yo saflaringizni tekislaysizlar yoki Alloh taolo bir-birlaringizga yuzlaringizni ters qilib qo'yadi”, deganlar. Bu hadisda zikr qilingan “yuzlarni ters bo'lib qolishi” qalblarni o'zaro qarama-qarshi bo'lib qolishiga bog'liq” (“Tabyinul haqoiq” kitobi).

Ushbu ma'lumot “Durarul-hukkam”da va “Fathullohul-mubiyn” kitoblarida ham keltirib o'tilgan.

Hulosa qilib aytganda, imom ushbu masalada holatdan kelib chiqib ish tutishi maqsadga muvofiq. Ya'ni, agar qavm saflarni to'g'irlab olishini eslatishga ehtiyoj bo'lmasa, iqomat bilan takbiri tahrima orasini bo'lmasligi afzal. Agar namozni boshlashdan avval qavmning saflarni to'g'irlab olishini eslatishga ehtiyoj bo'lsa, “Saflarni to'ldirib, tekislab olinglar” deyishi ham joiz. Lekin takbiri tahrimadan oldin “ma'ruza” qilib, iqoma va takbiri tahrima orasini ko'p miqdorda bo'lib qo'yish yaxshi emas. Vallohu a'lam.

 O'zbekiston musulmonlari idorasiFatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Toshkent islom instituti magistratura imtihonlari 21–22 avgustda bo‘lib o‘tadi

21.08.2025   8280   1 min.
Toshkent islom instituti magistratura imtihonlari 21–22 avgustda bo‘lib o‘tadi

#Qabul_2025 #Magistratura

 Shu yil 21 avgust kuni Toshkent islom instituti magistratura bosqichiga hujjat topshirgan talabgorlar o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha quyidagi fanlardan ijodiy imtihon topshiradi: 


Teologiya (Islom ilohiyoti, falsafasi va moturidiylik ta’limoti) mutaxassisligi bo‘yicha Aqoid va islom falsafasi fanlari; 

Teologiya (Hadis ilmlari) mutaxassisligi bo‘yicha Hadis va Mustalahul-hadis fanlari. 


2025 yil 22 avgust kuni chet tilidan test sinovi o‘tkaziladi. Test imtihoniga ruxsatnoma bilan kiriladi. Talabgorlar mazkur hujjatni @muslimqabulbot telegram botidan olishlari mumkin.


Imtihonlar ushbu kunlarda soat 8:00 da Toshkent shahridagi "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi binosida boshlanadi. Yarim soat oldin talabgorlar ro‘yxatga olinadi. 


Imtihon manzili: Toshkent shahri, Fayzibaland ko‘chasi, 1-uy. (https://maps.app.goo.gl/8ggftBWRhyG37Aps8)


Qabul jarayoniga oid yangiliklarni kuzatib boring: https://t.me/qabulmuslimuz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati