6 oktyabrm kuni O'zbekiston vakillari Malayziya poytaxtida bo'lib o'tgan Jahon halol konferentsiyasi («World Halal Conference – WHC-2020») da ishtirok etdi.
«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko'ra, tadbir 2008 yildan buyon Malayziya xalqaro savdo va sanoat vazirligi tomonidan muntazam ravishda o'tkazilib kelinmoqda va jahon bozorlarida halol mahsulotlarni targ'ib qilish platformasi hisoblanadi. Har yili uning ishida butun dunyodan 1 mingdan ortiq delegat, jumladan, Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM), halol mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (oziq-ovqat, meva-sabzavot, farmatsevtika, kosmetika va boshqa) akkreditatsiyadan o'tgan sertifikatlashtirish organlari vakillari ishtirok etmoqda.
O'zbekistonda Milliy standartlarning xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash orqali mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni, jumladan, halol mahsulotlarga qo'yilgan talablarni taqdim etgan elchixona xodimlari xorijiy bozorlarga chiqish rejalari haqida so'zlab berdi.
Anjumanda Malayziya halol sanoatni rivojlantirish korporatsiyasi direktori Hairol Ariffein bilan Malayziya tomoni ko'magida, jumladan, ehtimoliy Toshkentda «Centre of Halal Industry Excellence» halol sanoat ilg'or tajriba markazining ochilish yo'li bilan O'zbekistonda tegishli sertifikatlashtirishni rivojlantirishni muhokama qilish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi. Uchrashuvda JAKIM vakillari ham ishtirok etishdi.
JAKIM sertifikatlash bilan bir qatorda ta'lim berish bilan ham shug'ullanadi, xususan, sinov laboratoriyalari xodimlari uchun zarur standartlar va halol sertifikatlashtirish tizimini joriy etish bo'yicha o'quv kurslarini beruvchi «Latihan Islam» instituti faoliyat ko'rsatadi. Bugungi kunga kelib, JAKIM Malayziyada sertifikatlari e'tirof etilgan 45 mamlakatning milliy sertifikatlashtirish organlari bilan hamkorlik o'rnatgan.
Qayd etish kerakki, "O'zstandart" agentligining JAKIM tomonidan akkreditatsiya qilinishi o'zbek meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlarining Malayziya va Janubi-Sharqiy Osiyo bozoriga to'siqsiz eksport qilinishiga ko'maklashadi.
WHC-2020 da ishtirok etish natijasida O'zstandart agentligi rahbariyati bilan JAKIM o'rtasida videokonferentsiya orqali O'zbekistonda halol sanoatini joriy etish va rivojlantirishni muhokama qilish, shuningdek, noyabr' oyida Agentlik xodimlari uchun o'quv vebinar o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Toshkent viloyati, Chirchiq shahri “Amir o‘g‘li Hasanboy” jome masjidi