إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكۡتُمُونَ مَآ أَنزَلۡنَا مِنَ ٱلۡبَيِّنَٰتِ وَٱلۡهُدَىٰ مِنۢ بَعۡدِ مَا بَيَّنَّٰهُ لِلنَّاسِ فِي ٱلۡكِتَٰبِ أُوْلَٰٓئِكَ يَلۡعَنُهُمُ ٱللَّهُ وَيَلۡعَنُهُمُ ٱللَّٰعِنُونَ١٥٩
159. Biztushirganravshanoyatlarnivato'g'riyo'lniKitobdaodamlargaochiqbayonqilganimizdankeyinhamyashiradiganlarniAllohla'natlaydivala'natlovchilarhamla'natlashadi.
Alloh taolo butun insoniyatga O'zining so'nggi Payg'ambari orqali Qur'oni karimni nozil qilib, unda odamlarga hidoyat yo'lini ko'rsatib qo'yganidan keyin ham barcha davrlarda ilohiy vahiylarni insonlardan yashiradigan, ularni odamlar ongi va shuuriga etib qolishidan xavfsiraydigan, o'zining tor shaxsiy manfaatlari deb Parvardigor oyatlarini, hatto Uning elchisini inkor etadigan, yolg'onga chiqaradigan kimsalar chiqib turadi. Ular albatta Alloh azza va jallaning la'natiga va g'azabiga uchrashadi, ularni qiyomatda tuganmas va alamli azoblar kutib turibdi. Ularni Alloh taolodan tashqari barcha la'natlovchilar, ya'ni insonlar, farishtalar, jinlar va hatto boshqa jonzotlar ham la'natlaydi.
إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُواْ وَأَصۡلَحُواْ وَبَيَّنُواْ فَأُوْلَٰٓئِكَ أَتُوبُ عَلَيۡهِمۡ وَأَنَا ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ١٦٠
160. Faqattavbaqilgach, o'zlarinio'nglabhaqiqatnibayonqilganlarningtavbasiniqabulqilamanvaMenginatavbalarniqabulqiluvchi, rahmliman.
Dunyo g'arazlari uchun Alloh taolo tushirgan hukmlarni yashiruvchi kimsalar yuqoridagi oyati karimalarning dalolaticha, Alloh taoloning, shuningdek la'natlovchilarning (insonlar, jinlar va farishtalar) la'natiga uchraydi. O'lishidan oldin tavba qilsagina va buzgan narsalarini tuzatsagina, Alloh taolo ularning tavbasini qabul qiladi. Chunki yaratgan Parvardigorga xolis tavba qilish dengiz ko'pigidan ko'p gunohi bo'lsa ham kechirilishiga sabab bo'ladi. Holis tavba qilish gunohlariga va xatolariga astoydil afsuslanish, nadomat chekish, endi bu gunohlarga qaytmaslikka azmu qarorga kelish orqali ro'yobga chiqadi. Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat qilinadi: "Ey odamlar, Allohga tavba qilinglar! Men bir kecha-kunduzda yuz marta tavba qilaman". U zot shunday deb turganlarida biz, ummatlari tavba qilmasdan va istig'for aytmasdan umr o'tkazishimiz nechuk bo'larkin?! Ya'ni, tavba har qanday sharoitda, hech bir istisnosiz vojibdir. Bandaning tavbasi tugal va umr bo'yi davom etsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. "Zero, Allohningrahmatidanfaqatkofirlarqavmiginaumidsizbo'lur" (Yusuf, 87). Hasan Basriy Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: "Alloh taolo iblisni tushirgan vaqtda (iblis): "Sening izzating bilan qasam, men Odam farzandidan to uning ruhi jasadidan ajralmagunicha ajralmayman!" dedi. Alloh taolo aytdi: "Mening qudratim, ulug'ligim haqqi, bandamdan tavbani o'lim bilan kelayotgan g'ar-g'ara vaqtida ham to'smayman!"
Luqmoni hakim o'g'illariga aytganlar: "Ey o'g'lim, tavbani kechiktirma! Chunki o'lim kutilmaganda keladi. Kim tavbani kechiktirib, najotga shoshilmas ekan, ikkita katta xatar ichida qoladi: birinchisi – gunohlar zulmati to'planib, qalbni to'la qoplaydi, so'ng uni muhrlab tashlaydi. Gunoh muhrlangan qalbdan o'chmaydi: ikkinchi xatar – kasallik yoki o'lim tavbadan ilgari kelib, xatolarni o'nglash uchun vaqt qolmaydi".
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَمَاتُواْ وَهُمۡ كُفَّارٌ أُوْلَٰٓئِكَ عَلَيۡهِمۡ لَعۡنَةُ ٱللَّهِ وَٱلۡمَلَٰٓئِكَةِ وَٱلنَّاسِ أَجۡمَعِينَ١٦١
161. Kufrdabo'lib, kofirligichao'lganlar, shubhasizAllohning, shuningdekfarishtalar, barchainsonlarningla'natigauchrashadi.
Insonlar uchun kufrda yurish, kufrda o'lishdan ham og'ir musibat yo'qdir. "Kufr" so'zi lug'atda "inkor etish", "rad qilish" ma'nolarini bildiradi. Shar'iy hukmlarni inkor etuvchi odam "kofir", uning qilmishlari "kofirlik" deyiladi. Allohning borligini va birligini, Muhammad alayhissalom etkazgan xabarlarni inkor, rad etganlar kofir sanaladi. Shuningdek, kishi Allohni inkor etmasa-da, imon keltirish zarur bo'lgan xabar va farzlarni rad qilsa, shar'iy muqaddasotlarning hurmatini toptasa, shar'iy hukmlarni masxara qilsa ham kofir bo'ladi. Kofirning joyi do'zaxdadir. Umri nihoyasigacha Alloh taolo nozil qilgan narsalarni inkor etib, kufrda o'tib ketganlar Allohning, shuningdek, U yaratgan farishtalar va barcha insonlarning la'natiga qolishadi.
Ulamolarimiz kufrning bir necha xil bo'lishini aytishgan: 1. Inkor kufri – qalbi ham, tili ham kufr keltirgan, tavhiddan hech narsani bilmaydigan kishining kufri. Bundaylarni “Allohning tavhidini (yagonaligini) inkor qilganlar” deyishadi. Qo'rqitsang ham, qo'rqitmasang ham ularning imon keltirmasliklari Qur'oni karimda bayon qilingan. 2. Inodiy (o'jarlik) kufi. Shayton Alloh taoloning zotu sifatini yaxshi bilaturib, Uning farmonini bajarmadi, Odam alayhissalomga sajda qilmay, la'natlandi va kufrga ketdi. Ahli Kitoblar Alloh taoloning yakkaligiga va o'zlariga nozil qilingan ilohiy kitoblarni U yuborganiga ishonib, Islom kelganida uni inkor etdilar. Bunday «Kofirlarga Allohning la'nati bo'lsin!» deya Qur'oni karimda Olamlar Parvardigorining hukmi bayon qilingan. 3. Sarkashlik kufri – qalbida idrok qiladi, tili bilan iqror bo'ladi, lekin qabul qilishdan bosh tortadi. Bunday kufrga Rasuli akramning amakilari Abu Tolibning kufri misol bo'ladi. U mushriklar malomatidan qo'rqib (xijolat bo'lib qolmaslik uchun) musulmonlikni qabul qilmagan. 4. Nifoq kufri – kufr egasining qalbida imoni yo'q bo'lsa-da, tilida imonni da'vo qiladi, bular munofiqlardir. 5. Hukmiy kufr – ba'zan shariatga xilof ishlarni qilish yoki kufr so'zlarni bilib-bilmay gapirib qo'yish sababli kufrga hukm qilinuvchi holat. Masalan, bir musulmon odam Qur'onni tepsa yoxud shariatni masxara qilsa yoki «namoz farz emas», «to'ng'iz go'shti harom emas» kabi rad so'zlarini aytsa, musulmonchilikning boshqa hamma ko'rsatmalarini bajarayotgan bo'lsa ham u kofir deb hukm qilinadi.
Hoh haqiqiy, xoh hukmiy kofir bo'lsin, umr bo'yi qilgan toat-ibodatlari bekor bo'ladi. Birovni kofir deb hukm chiqarilsa va o'shanday bo'lsa, ortidan o'ta xatarli oqibatlar kelib chiqadi. Bular: 1. U bilan xotini o'rtasidagi nikoh buziladi. 2. Bolalari uning qaramog'idan chiqadi. 3. Jamiyat a'zoligidan mahrum bo'ladi. 4. Uni mahkamaga berib, «murtad» degan hukm chiqariladi. 5. U o'lsa, yuvilmaydi, kafanlanmaydi, janozasi o'qilmaydi, musulmonlar qabristoniga ko'milmaydi va merosdan mahrum bo'ladi. 6. O'sha holida o'lsa, do'zaxiy bo'ladi. Bordiyu odam adashib shunday holatga tushib qolsa, unga yaxshi nasihat etib, tavba qilishi va nikohini yangidan o'qitib olishi tavsiya etiladi. Kufr isyondan pok, osiy bo'lmagan va Parvardigorining ismini yod etib, besh vaqt namozini o'qiganlar najot topuvchi odam bo'ladi.
خَٰلِدِينَ فِيهَا لَا يُخَفَّفُ عَنۡهُمُ ٱلۡعَذَابُ وَلَا هُمۡ يُنظَرُونَ١٦٢
162. Bu abadiydir, ularning azobi engillatilmaydi ham, ularga muhlat berilmaydi ham.
Kufrda o'tganlar ma'lum muddatgagina jazolanamiz, keyin Alloh bizlarni ham kechiradi deb, xomtama bo'lishmasin. Alloh azza va jalla bandaning barcha xato-gunohlarini kechiradi, ammo kufrni, shirkni aslo kechirmaydi. Qiyomatda ularning azobi hatto biroz ham engillatilmaydi, ularga tavba qilishlari uchun muhlat ham berilmaydi. Jon tomoqqa kelib, g'ar-g'ara holatigacha tavbaga ijozat bor, undan keyin hech qanday tavba-tazarru, afsus-nadomat inobatga o'tmaydi. Alloh taoloning O'zi bu haqda bandalarini ko'p bora ogohlantirgan: "Do'zaxdagi kimsalar jahannam qo'riqchilariga: "Parvardigoringizga duo qilinglar, bizlardan biror kunga azobni engillatsin", deganlarida, ular: "Axir payg'ambaringiz sizlarga hujjat keltirmaganmidi?!" deyishadi. "Yo'g'-e, keltirishgandi, lekin ularni yolg'onchi qilgan edik", deyishadi. Shunda farishtalar: "U holda iltijo qilaveringlar, (lekin) kofirlar duosi albatta zoyedir", deyishadi" (G'ofir, 49-50); "Uning (kofirning) ro'parasida jahannam turar, unga yiring suvidan berilur. Uni yutmoqchi bo'ladiyu o'tkaza olmaydi, unga har tomondan o'lim keladiyu o'la olmaydi. Uning ortida (bundan ham) og'ir azob bordir" (Ibrohim, 16-17).
Shu yilning 12 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaat va taklif-mulohazalarini tingladi.
Mazkur qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan shar’iy masalalar, masjidlar qurish, haj va umra, ishga joylashish, oilaviy munosabatlar, kitob chop etish, moddiy yordam va sohani rivojlantirishga oid masalalar atroflicha o‘rganilib, mas’ullarga qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan topshiriq berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati