Avvalo bu so'zning ma'nosiga to'htalib o'tsak. «Internet» so'zi ingliz tilidagi qisqartirilgan jumla bo'lib, tilimizda «xalkaro ma'lumotlar to'ri» degan ma'noni angladi. Ammo bu nom ixtiyor qilinganidan keyin internet tinmay rivojlanishi oqibatida u faqat ma'lumotlar taqdim va qabul qilish bilan cheklanib qolmay, bundan ham katta hajmdagi ishlarni olib borishga xizmat qiladigan bo'ldi. Hayotning barcha soalarida internet yordamida osonlik, arzonlik va tezlik bilan foydalari ko'zlanadigan bo'ldi. Hozirgi vaqtda dunyoni internetsiz tasavvur qilish mushkul, chunki u hayotimizning bir bo'lagiga aylanib ulgurgan. Ayniqsa yoshlar internetsiz hayotni tasavvur etishlari juda qiyin bo'lib qoldi.
Bu cheksiz virtual (hayoliy) olamdagi hamma ma'lumotlar ham asosli va ishonchli deb bo'lmaydi. Yosh avlodlar ko'rgan, eshitgan ma'lumotlarni barchasini to'g'ri deb hisoblashi ko'p kuzatilgan. Shuning uchun hozirgi davr bolasi o'zi ishonchli deb “Kiberdo'st” (internet)ni tanlagan. Farzandlar shu zaylda o'zi uchun eng qadrli bo'lgan ota-onadek, aka-ukadek, yaqinlarini ruhan yo'qotishmoqda. To'g'ri, komp'yuterga himoya vositasi sifatida “Kiberpatrul” kabi ma'lumotlarning barchasini filtrlaydigan dastur o'rnatish mumkindir, ammo bu dastur ham to'liq kafolatlanmagan.
Halqaro zamonaviy aloqa va axborot vositasi bo'lmish internetdan foydalanishning odoblari haqida qisqacha to'xtalamiz :
Sayt egalarining ma'naviy-ma'rifiy huquqlariga to'la rioya qilish chin musulmonlik burchidir.
Ishxona yoki boshqa biror shaxsning internetidan ruxsatisiz foydalanish mumkin emas. Bolalarning internet va komp'yuterdan foydalanishini oqilona va e'tibor bilan yo'lga qo'yish kerak.
Ali ibn Husayn roziyalloxu anxumodan rivoyat kilinadi. Nabiy sollalloxu alayxi vasallam: «Albatta, kishining o'zi uchun befoyda narsalarni tark qilishi Islomining husnidandir», dedilar.
Hayotimizga diqqat bilan nazar soladigan bo'lsak, kishilarning ko'p vaqti, zexn-zakovati, aql-idroki va imkoniyatlari behuda narsalarga sarf qilinayotganini ko'ramiz. Behuda narsalardan chetda bo'lgan kishi fakat foydali ish bilan mashg'ul bo'layotganini yaxshi anglab etishi lozim. Binobarin, befoyda ishlardan o'zimizni hamisha chetda tutishimiz kerak.
Hozirgi davrda hayotimizni internetsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Dunyo bo'ylab internetning shiddat bilan rivojlanishi natijasida undan faqatgina ma'lumotlarni qabul qilish hamda tarqatish bilan cheklanib qolmasdan, balki bundanda katta ishlarni bajarish imkoniyatlari tug'ildi. Internet orqali insonlar uzoqdagi do'stlari, yaqinlari bilan bemalol ko'rib gaplashadigan, bir-biriga xabarlar yuboradigan bo'ldi. Tasavvur qilish uchun birgina misol keltirishning o'zi kifoya qiladi. Oddiygina talaba uyga berilgan vazifani qilish uchun kutubxonaga borishi, u erdan kerakli kitoblarni qidirib topishi hamda u erda o'tirib ikki-uch soat o'qib daftarga yozishi kerak bo'ladi. Huddi shu ishni uyida internet orqali bajarsa juda ko'p foydali tomonlari bo'ladi. O'sha talaba kutubxonaga bormaydi, u erda vaqtini ketkazmaydi, kerakli ma'lumotlarni internet orqali yaxshilab o'qib, o'ziga ma'lumot sifatida olib qolishi ham mumkin bo'ladi. Yana bir misol, avvallari bir inson o'zining yaqiniga hat yozmoqchi bo'lsa, u xat yozish uchun qog'oz, qalam olishi, unga gaplarni yozishi, uni esa po'chtaga olib borishi kerak bo'lardi. Hat tashuvchi uni olib kerakli joyga elitib bergunicha oradan bir necha kun vaqt o'tardi. Hozirda esa bu ishlar oddiygina bir hol bo'lib qoldi. O'sha ishlarni internet orqali inson uzog'i bilan besh daqiqada bajarishi mumkin. Bunga o'xshash misollarni ko'plab keltirish mumkin.
Har bir narsani yaxshi tomoni bo'lgani kabi yomon jihatlari ham bor. Internetda foydali ma'lumotlar bilan bir qatorda, zararli behayo, buzuq ma'lumotlar ham keng tarqalgandir. Inson ma'naviyatiga ta'sir qiladigan foxishabozlik, behayolikni, axloqsizlikni targ'ib qiluvchi saytlar juda ham ko'payib bormoqda. Ba'zi odamlar internet orqali bir-birlarini aldamoqda, bir-biriga tuxmat qilmoqda, u tufayli ko'pgina yosh oilalar ajrashib ketish holatlari kuzatilmoqda va hokazo. Internet orqakli nafaqat axloqiy buzuqliklar, balki siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy va boshqa ko'pgina sohalarda ham ko'plab jinoyatlar sodir etilmoqda.
Vazifamiz undan faqatgina yaxshilik yo'lida foydalanishimiz kerak. Buning uchun esa dinimizning umumiy ta'limotlari asosida internetdan foydalanish odoblarini yo'lga qo'yishimiz lozim. Eng muhimi inson har bir ishni qilayotganda Alloh taolo uni ko'rib turganligini unutmasin!
U.Rahimov
Imom Faxriddin ar-Roziy O'MIBYu ma'naviyat
ishlari bo'yicha mudir muovini
Shu yil 13-28 may kunlari haj amallarini bajarish uchun jo‘nab ketayotgan ziyoratchilar mamlakatning sakkizta hududiy xalqaro aeroporti – Toshkent, Samarqand, Namangan, Qarshi, Termiz, Navoiy, Urganch va Nukus shaharlaridan Madina shahriga yetkaziladi.
Joriy yilda Uzbekistan Airways 6 267 nafar ziyoratchi tashuvini amalga oshiriladi.
Jiddadan Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga ortga qaytuvchi aviaqatnovlar 12-29 iyul kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur bosqich doirasida 15 150 nafar ziyoratchi tashuvini amalga oshirish rejalashtirilgan.
uzbekistanairways