Avval xabar berganimizdek, ushbu nufuzli anjuman va uning doirasidagi tadbirlarda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari ishtirok etmoqdalar.
Anjumanda Misr Arab Respublikasi muftiysi, professor Shavqiy Allom, Vaqf ishlari vaziri Muhammad Muxtor Juma, Misr Arab Respublikasi bosh imomi o'rinbosari doktor Muhammad Abdurrahmon ad-Duvayniy, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi va Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda kabi yirik ulamolar, muftiylar, islomshunos olimlar, ekspert va soha mutaxassislari qatnashmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Insonlarning Allohga eng sevimlisi - ularga eng ko‘p foyda keltiruvchisidir”.
Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh aytdilar: “Haqiqiy inson o‘zgalarga shodlikda ham, qiyinchilikda ham vafo ila mudom yordam berganidir.
Insonlar orasida eng karamlisi – boshqalarning ehtiyojlarini qondirgan kishidir.
Ehson qo‘lini hojatmand kimsadan uzma. Zero, ma’lumdirki, kim insonlarning ehtiyojini qondirishda davom etsa, kunlar uning sharafini qayta-qayta tasdiqlaydi. Allohning senga bergan ushbu fazliga shukr qil. Zero, seni o‘zgalar uchun hojatbaror qildi, seni o‘zgalarga muhtoj etmadi.
Ko‘pchilik odamlar o‘tdilar, ammo ularning fazilatlari halizamon barhayot, yana kimlardir hayot, ammo ular odamlar orasida go‘yoki o‘lik kabi”.
Homidjon domla ISHMATBЕKOV