Barchamizga ma'lumki pandemiya munosabati bilan mamlakatimizdagi barcha oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida 2020-2021 o'quv yili uchun qabul imtihonlarini ochiq maydonlarda o'tkazildi.
Koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida abituriyentlar test sinovlari o'tkaziladigan joylarga karantin talablariga qat'iy amal qilgan holda tibbiy niqop va qo'lqop bilan antiseptik vositalardan foydalangan holda kiritildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi o'rta maxsus islom ta'lim muassasalarining qabul imtihonlari Davlat test markazi tomonidan o'tkazildi. Test sinovlarining shaffof, ochiq va oshkora o'tkazilishini ta'minlash maqsadida qabul imtihonlari o'tkaziladigan joylar kuzatuv kameralari bilan jihozlanib, Davlat test markazi jalb qilgan kuzatuvchilar tomonidan nazorat qilib borildi.
O'rta maxsus islom ta'lim muassasalari bo'yicha 2020-2021 o'quv yili uchun 2020 yil 16-17 sentyabr' kunlari o'tkazilgan test sinovlari natijalari 2020 yil 25 sentyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasining @mandat_muslim_uz_bot telegram boti orqali e'lon qilinadi.
Abituriyentlar mazkur botda shaxsiy DTM maxsus kodini kiritish orqali o'zining test sinovi natijalari bilishlari mumkin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi va Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi “Mudarris xalqaro maktab”ida poytaxtimizda joylashgan “Minor” jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfutdinov ishtirokida “Kengmakon” mahallasida istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davomida farzand tarbiyasi, odob-axloq va ilm egallashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat va ma’naviy poklik yoshlarni yot g‘oyalardan asrashda muhim vosita ekani ta’kidlandi. Shuningdek, oiladagi tarbiyaning kuchi, ota-onaning farzandga namuna bo‘lishi jamiyat barqarorligiga xizmat qilishi qayd etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati