23 sentyabr' kuni tajvid ustozi va ijoza sohibi – Jahongir qori Ne'matovning onlayn-tajvid darslarining 5-mashg'ulotlari o'tkaziladi. Unda Qur'oni karimning 111-surasi bo'lgan "Masad" surasining o'qish qoidalari o'rgatiladi.
Onlayn-tajvid darslarini ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzating va bevosita ishtirokchisiga aylaning!
Youtube: MuslimTV
Internet telekanali : ITV.UZ
Facebook: MuslimUz
? O'z qiroatlarini tekshirmoqchi bo'lganlar jonli efir vaqtida 97-760-70-49 raqamli telefonga qo'ng'iroq qilishlari mumkin
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taolo aytadi: "Ularni (Allohning) O‘zi ularga tanitgan jannatga kiritur" (Muhammad surasi, 6-oyat).
Imom Tabariy rahimahulloh: "Jannat ahli jannatdagi uylarini tanib olishadi. Hatto bir kishi jannatda o‘z uyiga dunyodagi uyiga kelgani kabi borib oladi", dedi.
Ibn Kasir rahmatullohi alayhi: "Ya’ni, ular jannatda o‘z manzillarini oson topadilar", dedi.
Imom Qurtubiy rahimahulloh: "Bu oyat mo‘minlarga berilgan ulug‘ bir mujdadir. Chunki dunyoda ular sabr qildilar, iymonlarini mustahkam tutdilar. Endi jannatda o‘z makonlarini Allohning hidoyati bilan osongina topadilar. Bu Allohning ularga lutfidir", dedi.
Alloh taolo mo‘minlar va taqvodorlarni O‘zi ularga tavsiflab, ta’riflab bergan jannatga kiritadi. Bu jannat ular uchun avvaldan tayyorlangan va ular unda o‘z manzillarini xuddi dunyodagi uylarini bilgandek, osongina topadilar.