Avstraliyaning mahalliy xalqlari va Torres bo'g'ozi aholisi xristian kolonizatorlari kelishidan ancha oldin musulmonlar bilan muntazam aloqada bo'lgan. Bugungi kunda ham Islom ba'zi aborigenlarning qalbida aks-sado bermoqda.
Avstraliyadagi Islomning kirib kelish tarixini qit'aning shimoliy qismidagi Arnem-Lendr yarim orolida joylashgan qizil qoyalarga o'yib yozilgan elkanli qayiqlarning kichik chizmalari bilan aytish mumkin. Bu an'anaviy indoneziya qayiqlari "prau" sifatida ma'lum - aynan ularda trepang va dengiz bodringini izlab rivojlanayotgan Makasar tijorat shahridan musulmon baliqchilar etib kelishgan.
Ular birinchi marta Shimoliy Avstraliyada qachon paydo bo'lganlari ma'lum emas. Ba'zi tarixchilar bu 1750 yillarda sodir bo'lgan deb aytishadi. Lekin g'or rasmlari ustiga tushirilgan ari mumining radiuglerod tahlili bu ancha oldin bo'lgan, deb taxmin qilish imkonini berdi. Figuralardan biri 1664 yilgacha qilingan ko'rinadi, ehtimol, bu 1500 yillarga to'g'ri kelar.
Makasardan kelgan baliqchilar bu erga har yili Hitoy tibbiyoti va oshxonasida ishlatilishi tufayli yuqori narxga ega bo'lgan dengiz bodringlarini yig'ish uchun kelishgan. Melburndagi Monash universiteti antropologi Jon Bredli so'zlariga ko'ra, bu Avstraliyaning xalqaro aloqalardagi ilk tajribasi bo'ldi va bu muvaffaqiyatga erishdi.
Makasarlik ba'zi savdogarlar Avstraliyada qolishdi. Islom aqidasi aborigenlarning g'or san'atiga ta'sir etibgina qolmay, balki ularning mifologiyasiga ham ta'sir ko'rsatgan. Misol tariqasida "valita-valita"degan figurani keltirish mumkin. Ism arabcha "Alloh taolo" iborasidan kelib chiqqan bo'lib, aynan shu ma'noni anglatadi. Marosim egilishlari musulmonlarnnig sajdasiga o'xshaydi.
Makassar aholisining aborigenlar va Torres bo'g'ozi orollari aholisi bilan savdosi 1906 yilda og'ir soliqqa tortish va oq rangdan boshqa rangli odamlarning savdosini cheklagan hukumat siyosati tufayli yakunlandi. Bir asr o'tgach, Shimoliy Avstraliyada aborigen jamoalar Makasar savdogarlar bilan birgalikda tarixga hurmat, o'zaro ishonch va hurmat bir davr sifatida uni xotirlashadi.
Bu Avstraliyada musulmonlar va mahalliy xalqlar o'rtasidagi yagona aloqa emas edi. XIX-XX asrlar oralig'ida Janubiy-Sharqiy Osiyodan malaylar Avstraliyaning shimoli-G'arbiy sohilidagi Brum shahrida inju sanoatida yollanma ishchilar sifatida Avstraliyaga kela boshladilar. Makasar aholisi singari malaylar ham mahalliy tub xalqlar bilan turmush qurishgan va mintaqaga Islomiy diniy va madaniy amaliyotlarni joriy etishgan. Bu o'zarohamkorlik hozir Shimoliy Avstraliyada ko'plab oilalarda kuzatilmoqda.
26,000 aholisi bo'lgan Alis-Springs shahri chekkasida Avstraliya markazida bir masjid bor. Uni "afg'on masjid" deb atashadi, negaki 1860 va 1930 yillar orasida deyarli 4000 tuya etakchilari o'z tuyalari bilan Avstraliyaga kelishgan. Ularning ko'pchiligi Afg'onistondan edi, lekin ba'zilari Hindiston va hozirgi Pokistondan ham edi. Ular cho'l erlarini rivojlantirishda asosiy rol' o'ynadi va mintaqada infratuzilmani yaratish yordam berishdi.
Uydan uzoqda, afg'onistonlik tuya etakchilar Markaziy Avstraliya bo'ylab ko'plab qo'lbola masjidlar qurishgan va ularning ko'pchiligi mahalliy odamlar bilan qon-qarindoshlik aloqalarini o'rnatishgan. Tuya etakchilari uchun ehtiyoj 1930 yilda hamma joyda avtomobil' transport vositalari joriy etilgandan keyin g'oyib bo'ldi. Bugungi kunda Alis-Springsdagi afg'on masjidi asosan Hindiston, Pokiston va Afg'onistondan kelgan muhojirlar bilan to'lib toshgan.
Islamisemya.com ma'lumotiga ko'ra bugungi kunda tobora ko'proq aborigenler Islomni qabul qilmoqda. 2011 yilda Avstraliyada aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, 1 1140 nafar kishi o'zini musulmon deb atagan. Bu mamlakat aborigenlarining 1% dan kamrog'ini tashkil etadi. Ehtimol, eng mashhur musulmon - ikki karra jahon boks chempioni Entoni Mandayn hisloblanadi.
Ba'zi aborigenlar uchun Islom odatiy madaniy aloqalarning davomi, xristianlik esa mustamlakachilik bilan bog'liq. Musulmon Jastinn Agale aytganidek, "Islom Fitr va Tavhid haqida aniq fikrlarga ega va biz tabiat bilan uyg'un yashashimiz kerak".
Biroq, ba'zi aborigenlar uchun Islomga murojaat qilish yangi hodisadir. Muhammad (nomi o'zgartirilgan) qachonlardir boshpanasiz edi va spirtli ichimliklarni iste'mol qilar edi, lekin shariat ahkomlari - muntazam ibodat, o'z-o'zini hurmat qilish, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar, qimor o'yinlarni rad etish – unga zararli odatlardan qutulish imkonini berdi. Endi u barqaror ishga ega.
"Islom dini bilan tanishganimda, umrimda birinchi marta o'zimni insondek his qildim. Islom dinida topgan eng jozibali narsalarimdan biri, bu uning mukamalligi va butunligidir", - deydi Muhammad.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Insonning fe’li qiziq: biz ko‘pincha o‘zimizda yo‘q narsalar haqida qayg‘urib, qo‘limizdagi bebaho ne’matlarni odatdagi holdek qabul qilamiz. Vaholanki, biz oddiy deb bilgan qulayliklar, sog‘liq va boshqa imkoniyatlar sayyoramizning millionlab aholisi uchun eng katta orzu hisoblanadi.
Jumladan, bugungi tongni dunyo bo‘yicha 174 mingga yaqin inson qarshi ololmadi. Ayni damda 50 milliondan ortiq odam saraton kasalligi bilan kurashmoqda. 300 million inson ranglar jilosini ko‘rish baxtidan mahrum. 400 millionga yaqin kishi esa eshitish moslamalarisiz dunyo tovushlarini eshita olmaydi. 770 milliondan ortiq katta yoshdagi inson hanuzgacha o‘qish va yozishni bilmaydi. 2,5 milliarddan ziyod aholi global axborot va internet imkoniyatlaridan uzilgan holda yashamoqda. 6,5 milliard inson esa samolyotda umuman uchib ko‘rmagan...
Bu raqamlar shunchaki quruq ko‘rsatkichlar emas. Ular ortida millionlab insonlarning ana shunday ayanchli taqdiri yotibdi.
Agar siz hozir ushbu matnni o‘qiy olayotgan, atrofdagi ranglar va tovushlarni his qilayotgan, eng muhimi, yangi kunni sog‘-omon yashayotgan bo‘lsangiz, demak, siz sayyoradagi eng baxtli insonlardan birisiz. Shunday ekan, turmush tashvishlaridan nolishni to‘xtating. Yon-atrofga boqing: siz yashayotgan bugungi kunga kimlardir yetmadi. Demak, har bir xotirjam olingan nafas, har tinch otgan tong uchun Yaratganga hamdlar aytib, shukronalik kayfiyati bilan yashang. Chunki siz eng boy odamsiz!
Akbarshoh RASULOV