Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda tinchlik bo'yicha Nobel' mukofotiga Ozarbayjon tomonidan nomzodi qo'yildi, deya xabar bermoqda "APA" axborot agentligi Halqaro Nobel' axborot markazi vitse-prezidenti Beybalu Aleskerovga tayanib.
Aleskerovning qayd etishicha, Ollohshukur Poshshozoda Nobel' tinchlik mukofotining ekspert guruhi tomonidan nomzod sifatida tasdiqlangan.
Islam.ru ma'lumotlari bo'yicha, bu mukofotga nomzod ikkinchi marotaba qo'yilmoqda va yashirin ovoz berish natijalari sentyabr' oyi oxirida yoki oktyabr oyi boshida ma'lum bo'ladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).