Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Aprel, 2025   |   22 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:11
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:09
Shom
19:12
Xufton
20:31
Bismillah
20 Aprel, 2025, 22 Shavvol, 1446

“Ekstremistik g'oyalarni inkor qilishda shar'iy dalillar” (birinchi qism)

09.09.2020   2704   10 min.
“Ekstremistik g'oyalarni inkor qilishda shar'iy dalillar” (birinchi qism)

G'ayridinlar bilan hamjihat bo'lib yashashda mo''tadil  va mutaassibona yondashuv orasidagi  fikrlar 

Bugungi kunda turli ekstremistik guruhlar muqaddas dinimiz nomidan amalga oshirayotgan xunrezliklari sababli muqaddas Islom dinimiz musulmon bo'lmaganlar nazarida tor doiradagi qoloq din sifatida baholanmoqda. Gazeta, jurnal va turli axborot  vositalari orqali Islom diniga qarshi turli ko'rinishlarda bo'lgan global aksiltashviqotlar tarqatilmoqda. Ekstremistik oqimlar keltirib chiqarayotgan oqibatlarni muhokamasi uchun xalqaro anjumanlar o'tkazilmoqda. Ayrim xalqaro anjumanlarda insoniyatni halokat  va qirg'inlardan muhofaza qilish shiori ostida musulmon jamiyatlarida bo'lsa-da, musulmonlikka yot bo'lgan dasturiy choralarga targ'ib qilinmoqda. Ayrim yoshlarini dinimiz haqidagi  bilimlari yuzaki bo'lgani bois mutaassib g'oyalar qarshisida ikkilanib qolmoqdalar. Chunki ularning nazarida go'yo ushbu ekstremistik oqimlar asl musulmonlardir. Ayrimlar Islom diniga adovatda bo'ldilar va Islomga terrorizm va johillik tamg'asini qo'ymoqdalar. Muqaddas dinimizga ushbu yolg'on tamg'ani bosayotganlar Rasululloh sallallohu alayhi vasallamni g'ayridinlar bilan hamjihat bo'lib yashashga doir amaliy sunnatlarini butunlay nazardan qochirmoqdalar.        

Muqaddas dinimiz bizni g'ayridinlar bilan nafaqat hamjihatlikda yashashga, balki, ular bilan islohotlar o'tkazish, o'zaro manfaat va fikr almashinuvlarida ham hamkorlik qilishga chaqiradi. Musulmonlar va musulmon bo'lmaganlar orasida nabaviy sunnat o'laroq  joriy bo'lib kelayotgan ushbu jarayon Islom dinining nurli tongi otgan zamonlardanoq  boshlangan edi. 
Shu nuqtai nazardan biz ushbu bahslarimiz orqali bugun ko'pchilik odamlarni qiziqtirayotgan mazkur muhim masalalarni Kitob va Sunnat asosida  atroflicha chuqur o'rganamiz. Voqelikda ko'p uchraydigan – musulmonlar qanday qilib  g'ayridinlar bilan hamjihatlikda yashagan, qanday qilib turli din egalari orasida tinchlik va xotirjamlikni ta'minlagan, bugun biz etib kelgan joriy holatimizning sababi nimada? – qabilidagi savollarga javob topamiz.       

 Yuqoridagilardan kelib chiqib bu mavzudagi ma'lumotlarni uch faslga bo'lib o'rganamiz. 

1.  Musulmonlarni musulmon bo'lmaganlar bilan hamjihat bo'lib yashashida  nabaviy sunnatning tutgan o'rni.  
2.  Ekstremistik oqim a'zolarining musulmon bo'lmaganlarni qatl qilishdagi da'volari.  
3.  Ekstremistik jamoalarning qilmishlari ortidan yuzaga kelayotgan vaziyat. Ularni jamiyatning boshqa a'zolari bilan murosaga bormasligi.

Darhaqiqat, Islom dini o'zining shonli tarixi davomida musulmonlarni g'ayridinlar bilan bir jamiyatda hamjihat bo'lib yashashi asosini o'rnatdi. Shuning uchun ham musulmonlar jamiyatida, ular bilan birga tinch-totuv yashab kelayotgan ko'plab g'ayridinlarni uchratishimiz mumkin. Qur'oni Karimda   ayni shu hukmga dalolat qiladigan bir qancha oyatlar nozil bo'lgan. Jumladan, Hujurot surasi 13-oyatida shunday deyiladi; 
“Ey odamlar! Biz  sizlarni bir erkak va  ayoldan yaratdik va sizlarni o'zaro tanishishingiz uchun xalqlar va qabilalar qilib qo'ydik. Albatta, Allohning huzurida eng hurmatligingiz eng taqvodoringizdir”.
Aslida ushbu hamjihatlik va madaniy aloqalar butun insoniyat  tarixi davomida mustahkamlash uchun urinib kelayotgan eng oliy haqiqatdir. Ayni mazkur masalada musulmon odam Islom dini ko'rsatmalariga muvofiq hatto, g'ayridin bo'lgan qo'shnisi bilan ham yaxshi muomalada bo'lgan, unga zarar etkazmagan. Garchi uning dinu-diyonati boshqa bo'lsa ham, unga do'stona munosabatda bo'lgan. Islom o'zining dastlabki davridan boshlab, aniqrog'i, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam olamlarga rahmat payg'ambari bo'lib kelgan davrdan e'tiboran xuddi shu uslubni boshlab berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin esa u zotning sahobalari Rasulllohning ushbu  amaliyotlari, sunnatlarini  izchil davom ettirdilar. Ular ulkan mamlakatlarni fath qilar ekanlar, o'zga din vakillaridan birortasi musulmonlar hukmi ostida yashashdan og'rinmadi. Chunki ular musulmonlar jamiyatida yashagan paytlarida o'zlarining izzat-nafsi, ahli oilasi, mol-mulklari to'laqonli himoya ostida edi.   G'ayridinlardan bo'lgan birorta fuqaro o'zi bilan biror musulmon shaxs orasida yuzaga kelgan kelishmovchilikdan  musulmonlar mahkamasiga da'vo bilan chiqsa-yu, haqiqat u tomonda bo'lsa, mahkama qozisi hech bir  taraddudsiz g'ayridin foydasiga hukm qilar edi. Bu kabi olamshumul voqealarga tarix ko'p bora guvoh bo'lgan. Natijada g'ayridinlarning ayrimlari musulmon bo'lar, xohlaganlari  esa o'z dinida bo'lsa-da erkin, hur qolar edi. Musulmonlar tomonidan ularga nisbatan zulm va tajovuz qilinishiga, ularni obro'sizlantirishga aslo yo'l qo'yilmas edi. Muborak hadisi shariflarda “insonni insonga qul bo'lishi yo'qdir. Chunki ularning onalari ularni ham hur holatda tuqqandirlar” deyilgan oliy insoniy me'yor musulmonlar hayotida o'z ifodasini topgan edi.   
Imomi Ahmadning “Musnad”larida Abu Umomadan quyidagi hadisi sharif rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men Alloh Taoloni yolg'iz deb bilgan, xulqda oliyjanob, bag'rikeng bo'lgan din bilan jo'natildim”, dedilar”. 

Qur'oni karimdan dalillar

Kitob va sunnatda bu  masalalarga oid yana ko'plab dalillar mavjud. Jumladan:
  1.  “Dinga majbur qilish  yo'q. Batahqiq, haq botildan ajradi”. ( Baqara, 256 ) 
  2.  “Shuning uchun ham Bani Isroilga “Kim bir jonni nohaqdan yoki er yuzida fasod qilmasa ham o'ldirsa, go'yo barcha insonlarni o'ldirgan bo'ladi. Kim uni tiriltirsa (hayotini saqlab qolsa) go'yo barcha insonlarni  tiriltirgandek bo'ladi”- deb yozdik”. (Moida, 32).
3. “Albatta,  Alloh  sizlarga omonatlarni o'z ahliga etkazishlaringizni va agar  odamlar orasida hukm qilsangiz, adolat bilan hukm qilishni amr qilur. Alloh sizlarga qanday ham yaxshi  va'z qilur! Albatta, Alloh o'ta eshituvchi va ko'ruvchidir”. (Niso, 58).
 4. “Ey, iymon keltirganlar! Alloh uchun haqda turing, adolatli  guvoh  bo'ling. Bir qavmni yomon ko'rishingiz  sizlarni ularga nisbatan adolat qilmaslikka olib bormasin. Adolatli bo'lingki, ana shu ish taqvoga eng yaqin ishdir. Allohdan qo'rqinglar. Albatta Alloh qilayotgan ishlaringizdan o'ta xabardordir” (Moida, 8).
5. “Alloh sizlar bilan diniy urush qilmagan va sizlarni o'z diyorlaringizdan quvib chiqarmagan qavmlarga yaxshilik qilishdan, ularga adolat ko'rsatishdan sizlarni  qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi ko'radi”. (Mumtahana, 7).

Ushbu oyati karimalardan ma'lum bo'lishicha, Islom shariati tom ma'noda jamiyatda adolatni talab qiladi. Odamlarni  diniy e'tiqodi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar,  hammaga birdek ayni talabni qo'yilishi Islomning ulug'vorligidir. Oyatlarni chuqurroq o'rgansak, bir insonning o'limi hatto, umumbashariyat o'limi, uning hayotining saqlab qolinishi esa umumbashariyat hayotini saqlab qolinishiga tenglashtirilmoqda. Boshqa dinlardan farqli o'laroq, ushbu Qur'oniy ko'rsatmalar faqat musulmonlargagina xos qilinmadi. 

 Insofli tarixchilar tomonidan yoritilishicha, musulmonlar kitob va sunnati nabaviya keltirgan nurli manhajda yashagan davrlar har tomonlama  taraqqiyot davri bo'ldi. Bugungi kunimizda ataylab  Islom diniga bog'lanayotgan xalqaro terrorizm va vayronkorliklarni dinimiz  butunlay qoralaydi. Ularning hammasi ochiq-oydin  dinimizga tuhmatdir. 

Bugunning manzarasi  

Bugungi kunda dunyo sahnasiga chiqayotgan yangi avlod orasida bir turfa jamoalar paydo bo'ldi. Ular jamiyatlarni vayron qilish, musulmon va g'ayridinlar orasiga nizo urug'ini sochish bilan band bo'lmoqdalar. Afsuski ular har qanday ishga ham ruxsat beraveradigan, har qanday yaxshilikdan  ko'z yumib ketadigan, har qanday qabihlikni ham qilaveradigan  ekstremistik guruhlar bo'lib shakllandi.

Ularning asosiy da'volaridan biri din va aqidada o'zlariga muxolif bo'lgan tomonni dushman deb bilishdir. Shuning uchun ham ulardan ko'pchiligi o'zlariga ergashmagan musulmonlarni kofir deb ularning molu jonlarini o'zlariga halol qilib olmoqdalar.  Ular Islom jamiyatlari va musulmonlar haqida shu kabi hukm chiqarganidan keyin  g'ayridinlar haqida qanday yo'l tutishi hammaga ma'lum. 

Ular o'z harakatlari bilan  asri saodatdan beri davom etib kelayotgan – musulmonlarni g'ayridinlar bilan ham bir jamiyatda  hamjihat bo'lib yashashidek buyuk islomiy manhajni o'zgartirib yubordilar.  Oqibatda  jamiyat a'zolari orasida o'zaro dushmanlik kayfiyati vujudga keldi. Bir vaqtlar ikki xil diyonat egalari orasida o'zaro uzilish va hech qanday adovat bo'lmagan asliy fitrat o'zgarib ketdi. Musulmonlar o'z zimmalaridagi g'ayridinlarning qo'shnichilik haqlarini ham esdan chiqardilar.  Musulmonlar hatto go'zal mav'iza, chiroyli da'vat ustiga qurilgan Qur'oniy ko'rsatmalarni-da nazardan qochirdilar.   
“Robbingni yo'liga hikmat va chiroyli pandu nasihat bilan da'vat et. Ular bilan eng go'zal uslubda munozara olib bor”. (Nahl, 125)
Hozirda ekstremistik oqim namoyondalari o'ziga muxolif bo'lgan musulmon va musulmon bo'lmagan jamiyatlar orasida turli terakt amaliyotlarini uyushtirmoqda. Musulmon bo'lmagan davlatlarda chet el elchixonalari va cherkovlarni portlatib yubormoqda. Amerika va Yevropa davlatlarida kemalarni garovga olmoqda. Davlatlararo keng qo'llaniladigan o'zaro  ishonch va hamkorlik rishtalarini uzmoqda. Bugungi kunimizda musulmon bo'lmaganlar ularni qilmishlarini ko'rib, go'yo Islom dini mana shunday vayronkor  va zo'ravonlik dini deb tushunmoqdalar. Turli ekstremistik oqimlarning bu kirdikorlari Qur'oni karim oyatlariga mutlaqo  xilofdir. Ya'ni aslida ular insonni molu mulki, izzat-nafsi, qoni, qo'shnichilik haqi va hurriyatini muhofazasiga qaratilgan Islom asoslariga xilof ish qilmoqdalar.
(Davomi bor)

 “Ekstremistik g'oyalarni  inkor qilishda shar'iy dalillar” kitobidan Tohir Vohidov tarjimasi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mehr-muruvvat va iliq taassurotlarga boy tadbir

18.04.2025   3663   3 min.
Mehr-muruvvat va iliq taassurotlarga boy tadbir

Shu yil 16-17 aprel kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosarlari Zayniddin domla Eshonqulov va Obidjon Kadirovlar Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida bo‘lishdi. 

Tashrif avvalida Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Farhod Kushakov va  viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonovlar hamrohligida Shahrisabz “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyiga borib, zaruriy mahsulotlar xayriyalar qilindi. 

Shuningdek, Kitob tumanidagi “Xoja Buxoriy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi ustoz va talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov ma’ruza qilib, yoshlikda ilm olishning fazilati, ilm nafaqat taraqqiyot, balki ma’naviy kamolotning ham asosi ekanligi borasida batafsil to‘xtalib o‘tdi. 

Shundan so‘ng Shahrisabz shahridagi “Sirojiddinxon Burhoniddinxon o‘g‘li” jome masjidida O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari, Qashqadaryo viloyati vakilligi rahbariyati, tuman bosh imom-xatiblari hamda otinoyilari, shuningdek, Shahrisabz shahridagi masjid imom-xatiblari, noiblari, otinoyilar, “Haj-2024” ziyoratchilari va mahalla raislari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Shuningdek, Shahrisabz shahridagi muammoli xonadonlarga kirib, ulardan hol-ahvol so‘radilar. Yot g‘oyalar ta’siriga moyil bo‘lganlar va  ijtimoiy himoyaga muhtojlar bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar qilindi. Kelishmovchilik va janjallar sababli notinch bo‘lib turgan oilalar o‘rganilib, ularga nasihat qilindi. Notinchlik sabablarini bartaraf etish, arazlashganlarni yarashtirish choralari ko‘rildi. Muammolari o‘rganilib, taklif, fikr, mulohazalari tinglandi. Umumiy hisobda 150 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlarini olib borildi. 

Nogironligi bo‘lgan va kasalmand, ehtiyojmand fuqarolar, shuningdek, tabarruk yoshdagi qariyalar yashaydigan oilalarga kirilib, ulardan ko‘ngil so‘raldi, sovg‘a-salomlar berildi, davolanish va dori darmon uchun moddiy yordam ko‘rsatildi. Homiylarni jalb qilgan holda ehtiyojmandlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Ular orasidan o‘ta nochor bo‘lganlarining moddiy ta’minotidan xabardor bo‘lib turish rejalashtirildi.

Qashqadaryo viloyatining shahar va tuman bosh imom-xatiblari Shahrisabz shahridagi masjidlarda peshin namozini ado qilib,  yig‘ilgan qavmga “Yurtimizda bo‘layotgan islohotlar”, “Inson qadri ulug‘”, “Internetdagi xatarlardan ogoh bo‘laylik”, “Yot g‘oyalar ta’siridan saqlanaylik”, “Tinchlik oliy ne’mat”, “Shukronalik fazilati”, “Masjidlarni obod qilish”, “Islom - bag‘rikenglik dini”, “Farzand tarbiyasiga barchamiz mas’ulmiz”, “Yoshlar - kelajagimiz”, “Husni xulq”, “Qo‘ni-qo‘shnichilik odoblari” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilishdi. 

Tadbirlar davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amaliy targ‘ib qilindi. Shahrisabz shahridagi barcha masjidlar hududida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdilar. Zero, Islom dinida ham daraxt ekib bog‘ yaratish savobli amallardan hisoblanadi.  Rasululloh sollallohu alayhi va sallam o‘z ummatlariga dehqonchilik, xususan ko‘chat ekishga targ‘ib qila turib shunday deganlar: “Agar qiyomat bo‘lib qolsa va birontangizning qo‘lida xurmo daraxti bo‘lsa, bas, uni ekib olsin” (Buxoriy va Ahmad rivoyati). 

Albatta, bu kabi tadbirlar  yurtimizda ahillik va hamjihatlikni yanada mustahkamlaydi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Mehr-muruvvat va iliq taassurotlarga boy tadbir Mehr-muruvvat va iliq taassurotlarga boy tadbir Mehr-muruvvat va iliq taassurotlarga boy tadbir Mehr-muruvvat va iliq taassurotlarga boy tadbir Mehr-muruvvat va iliq taassurotlarga boy tadbir Mehr-muruvvat va iliq taassurotlarga boy tadbir Mehr-muruvvat va iliq taassurotlarga boy tadbir Mehr-muruvvat va iliq taassurotlarga boy tadbir Mehr-muruvvat va iliq taassurotlarga boy tadbir Mehr-muruvvat va iliq taassurotlarga boy tadbir
O'zbekiston yangiliklari