Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyun, 2025   |   28 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
24 Iyun, 2025, 28 Zulhijja, 1446

Chaqimchi jannatga kirmaydi!

18.10.2023   1051   4 min.
Chaqimchi jannatga kirmaydi!

Hakimlardan birini do'sti ziyorat qildi. Uning oldida ayrim birodarlari to'g'risida u-bu deb gapirib qo'ydi. Hakim aytdi: “Ziyofatni bekor qilding.  Bu bilan uchta jinoyat qilding, birinchi, birodarimni yomonlading; ikkinchi, bo'sh qalbimni mashg'ul etding; uchinchi, o'zingni chaqimchiga chiqarding” dedi.

Ka'bul Ahbordan (Alloh undan rozi bulsin) rivoyat qilindi. «Bani Isroil qabilasiga qahatchilik keldi. Muso alayhissalom qabila ahli bilan uch marta suv so'rab chiqdilar. Ularga suv berilmadi. Shundan sung Muso alayhissalom: “Ey Rabbim, bandalaring suvsizlik va ochlikdan Senga uch marta zorlanib, iltijo qilib, najot berishingni so'radilar. Sen ularning iltimoslarini, duolarini ijobat qilmading!” dedilar. Alloh taolo unga dedi: “Ey Muso! Men sening va sen bilan bo'lgan qavmlaringning duolarini ijobat qilmayman. Chunki sizlarning orangizda chaqimchi bor. U chaqimchilikni uzluksiz davom ettirib kelyapti”. Muso alayhissalom so'radilar: “Kim u? Bizlar uni oramizdan chiqaraylik”. Alloh: “Ey Muso! Sizlarni chaqimchilikdan qaytarmadimi? Hammalaringiz tavba qilinglar!” dedi. Hammalari tavba qilishdi. Shundan sung, Alloh ularga suv berdi».

Faqihlardan biri aytadi: “Sizning oldingizga bir kishi kelib, falonchi sizni bu unday, bu bunday, deb gapirdi”, deb ketib qolsa, sizga olti narsa vojib bo'ladi.

 Birinchi, uni to'g'ri deya topmang. Alloh taolo aytadi: “Ey mo'minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biron qavmga musibat etkazib kuyib, qilgan ishlaringizda afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniklab - tekshirib ko'ringlar”.

 Ikkinchi, siz uni bu ishdan qaytaring, chunki bunday qilish vojibdir. Alloh taolo marhamat qiladi:

“Odamlar chiqarilgan  (ma'lum bo'lgan) ummatning eng yaxshisi bo'ldingiz, (ey, musulmonlar!) zero, siz amri ma'ruf, nahiy munkar qilasiz va Allohga imon keltirasiz”(Oli Imron surasi, 110-oyat)

Uchinchi, Alloh yo'lida uni yomon ko'ring, chunki osiyni yomon kurish vojibdir.

Turtinchi, birodarlaringizga yomon gumonda bo'lmang. Chunki gumon qilish haromdir. Alloh taolo marhamat qiladi: “Albatta ayrim gumonlar gunohdir!”(Hujurot surasi, 12-oyat).

Beshinchi, josuslik qilmaslik. Chunki Alloh taolo Kalomullohda josuslikdan qaytardi.

Oltinchi, chaqimchilikka rozi bo'lmang va o'zingiz ham uni qilmang. Chaqimchi olib kelgan habarni boshqaga aytmang. Zero, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Chaqimchilar jannatga kirmaydilar” deganlar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati).

Alloh taolo barchalarimizni ofiyatda saqlasin, chaqimchilik ofatidan o'z panoxida asrasin.

Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiyning

 «Tanbehul g'ofiliyn» kitobi asosida 

Imom Termiziy bilim yurti 2-bosqich talabasi

Murodullo Choriyev tayyorladi. 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ashuro kuni ushbu 2 amalni bajarishni unutmang!

23.06.2025   1841   1 min.
Ashuro kuni ushbu 2 amalni bajarishni unutmang!

G‘aflatda qolmang! Ertaga Ashuro kuni: Ro‘za tutishni va oilangizga kengchilik qilishni unutmang!


Ashuro kuni ro‘za tutish o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi.

Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ashuro kunining ro‘zasi Allohdan umid qilamanki bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Esda tuting! Muharram oyining yolg‘iz o‘ninchi kunida emas, bu kunga qo‘shib, bir kun oldingi yoki bir kun keyingi kunda ham ro‘za tutish lozim.

 

Ashuro kuni yaqinlarga kengchilik qilish – bir yillik kengchilikka sabab bo‘ladi.

Abu Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy alayhissalom: Kim Ashuro kuni ahli ayoliga hadya ulashsa, Alloh yilning barchasida unga ham hadya ulashadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: “Bu hadisni oltmish yil tajriba qildim va faqatgina yaxshilik ko‘rdim”.

 

Davron NURMUHAMMAD