وَمَنۡ أَظۡلَمُ مِمَّن مَّنَعَ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ أَن يُذۡكَرَ فِيهَا ٱسۡمُهُۥ وَسَعَىٰ فِي خَرَابِهَآۚ أُوْلَٰٓئِكَ مَا كَانَ لَهُمۡ أَن يَدۡخُلُوهَآ إِلَّا خَآئِفِينَۚ لَهُمۡ فِي ٱلدُّنۡيَا خِزۡيٞ وَلَهُمۡ فِي ٱلۡأٓخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٞ١١٤
114. AllohningmasjidlaridaUningnomizikrqilinishidanqaytaradiganvaularnixarobqilishgaurinadiganlardanhamzolimrog'ibormi? Bundaylarfaqatqo'rqqanhollaridaginamasjidlargakirishlarikerakedi. Ulargadunyodasharmandalik, oxiratdaqattiqazobbordir.
Nasroniylar jangda yahudiylar ustidan g'olib chiqqanlarida ulardan o'ch olish uchun ibodatxonalarini buzib tashlashdi. Insonlarga o'chakishib, Alloh taolo uchun bino qilingan masjidlarni buzish yo odamlarni masjiddagi ibodatlardan man etish juda katta zolimlikdir. Kalbiyning rivoyat qilishicha, bu oyat nasroniy Totlis Rumiy va safdoshlari haqida nozil bo'lgan. Ular Bani Isroil ustiga yurish qilib, jangchilarini o'ldirishdi, zurriyotlarini asir olishdi, Tavrotni yoqishdi, Baytul-Maqdisni xarob etib, u erga o'liklarni tashlashdi. Qatoda aytadi: "Bu kimsa Buxtunasir va uning sheriklari edi. U yahudlarga qarshi urush ochib, Baytul-Maqdisni xarobaga aylantirdi. Bu ishda unga Rum nasorolari yordam berishdi". Ato rivoyatida Abdulloh ibn Aboos bunday degan: "Bu oyat Makka mushriklari haqida bo'lib, musulmonlarni Masjidul-Haromda Alloh taoloni zikr etishdan to'sganlari xususida nozil bo'lgandir".
Mana shu voqealardan keyin 1187 yili musulmonlar qo'shini Quddusi sharifni egallash uchun hujum boshlaganida qo'shin boshida Islom tarixida eng yorqin iz qoldirgan musulmon sarkardalardan biri Salohiddin turgan edi. Islom qo'shinlariga zafar yor bo'lganida esa ular Quddusi sharifga “Allohu akbar” takbirlari ostida kirib kelishdi. Muqaddas shahar yana musulmonlar qo'liga o'tdi. Ushbu voqealarning o'ziyoq Salohiddinning nomini “Quddusi sharif xaloskori” sifatida tarix sahifalariga yozib qo'yish uchun kifoya edi. Biroq uni mashhur qilgan narsa bugina emas edi, balki shaharning nasroniy aholisiga ko'rsatgan munosabatlari uni afsonaga aylantirdi. Salohiddin sakson sakkiz yil oldin nasroniylarning musulmonlar va yahudiylarning qonini daryo qilib oqizgani kabi Quddusi sharif ko'chalarini qonga botirmoqchi emas edi. Buning o'rniga muzaffar musulmon askarlari zudlik bilan shaharni bosib ketgan najas va nopokliklardan tozalashga tushishdi. Buyuk Islom sarkardasi qasosni taqiqladi, buning sharofati bilan yuz mingdan oshiq nasroniyning hayoti saqlab qolindi. Muqaddas shahardagi nasroniylarning muqaddas ibodatxonalarini ziyorat qilishga ruxsat berib qo'yildi. Holbuki, salibchilar shaharni bosib olganidan keyin musulmon va yahudiylarning shaharga kirishini taqiqlab qo'ygan edi. Tarix hanuzgacha Salohiddinning buyuk odamiyligi, bag'rikengligi, o'zga din vakillariga mehr-shafqati borasida taajjub va hayratda qolib kelyapti. Vaholanki, salibchilar musulmonlar va yahudiylarni ayovsiz qatliom qilgani holda nega Salohiddin etakchiligidagi musulmon askarlar biror kishidan qasos olmadi, birovning qonini nohaq to'kmadi? Bu savolga Salohiddin Ayyubiyning Quddusdagi olamshumul ishlari eng yaxshi javob bo'la oladi.
وَلِلَّهِ ٱلۡمَشۡرِقُ وَٱلۡمَغۡرِبُۚ فَأَيۡنَمَا تُوَلُّواْ فَثَمَّ وَجۡهُ ٱللَّهِۚ إِنَّ ٱللَّهَ وَٰسِعٌ عَلِيمٞ١١٥
115. Mashriqham, mag'ribhamAllohnikidir, demakqayoqqayuzlansangizhamAllohnitopasiz. Allohalbattakengqamrovlivabilimlidir.
Boshqa dindagilarga faqat o'z ibodatxonalarida diniy marosimlarni o'tkazish buyurilgani holda musulmonlarga Yer yuzining hamma joyida namoz o'qish, ibodat qilish ne'mati ato etilgan. Shu bois Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Butun Yer yuzi menga sajdagoh bo'ldi" deb marhamat etganlar (Buxoriy, Muslim, Nasoiy rivoyati). Islom dinida ibodatlar, diniy marosimlar to'rt devor ichiga qamab qo'yilmagan. Masjidlar qubbasigina emas, osmon qubbasi ostida, tog'dayu cho'lda, suvdayu quruqlikda, jome' yoki uydayu undan tashqarida, xullasi Allohning hamma eri ibodat qilishga munosib maskanlardir, faqat qiblaga yuzlanilsa, bas! Islomiyat musulmonlarga hamma erda ibodat qilish imkonini berdi, Yer yuzining hamma joyida Allohga yuzlanish yo'lini ko'rsatdi. Chunki Alloh azza va jalla har erda hoziru nozirdir.
Islomiyat istalgan erda ibodat qilish hurriyatini e'lon qildi, chunki qayoqqa yuzlanilsa ham o'sha joy Allohning tarafidir. Qur'oni karimda bunday marhamat etiladi: "Sizlarqayerdabo'lsanglarhamUsizlarbilanbirgadir. Allohqilayotganamallaringizniko'ribturuvchidir" (Hadid, 4). Ushbu oyati karimaning nozil bo'lish sabablari haqida ulamolarning bir necha xil rivoyatlari bor. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kichik bir qo'shinni jangga yubordilar. Men ham o'sha guruhda edim. Atrofimizni zulmat qoplab olib, qibla qaysi tarafdaligini bilolmay qoldik. Ayrimlarimiz: "Qiblani bilamiz, u shimol tomonda" deya chiziq tortib namoz o'qishdi. Boshqalar esa: "Qibla janub tomonda" deya shu tomonga chiziq tortdi. Tong otib quyosh chiqqach, bu chiziqlarning hech bir qiblani ko'rsatmagani ma'lum bo'ldi. Safardan qaytgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bu haqda so'radik. U kishi sukut qildilar. Shunda Alloh mazkur oyatni nozil qildi" (Ato ibn Abu Raboh rivoyati).
Robiya otasidan rivoyat qiladi: "Safarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. Qibla qay tomondaligini bilmay har birimiz o'z holimizcha namoz o'qidik. Tong otgach, buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytdik. Shunda ushbu oyat nozil bo'ldi". Ibn Umar roziyallohu anhumoning fikricha, bu oyat nafl namozda ixtiyorli bo'lish (qiblani bilmagan taqdirda xohlagan tarafiga qarab o'qish) haqida nozil bo'lgan. Ibn Abbos roziyallohu anhumo bunday degan: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelganlarida Madina ahlining ko'pchiligi yahudiy edi. Alloh u kishini Baytul-Maqdisga qarab namoz o'qishga buyurdi. Bundan yahudiylar xursand bo'lishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u tarafga yuzlanib, bir necha oy (o'n uchdan o'n to'qqizgacha) namoz o'qidilar. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibrohim alayhissalomning qiblalarini yaxshi ko'rardilar. Alloh u kishini Ka'ba tarafga burgach, "Ularni oldingi qiblalaridan nima o'zgartirdi ekan-a", deya odamlar ikkilanib qolishdi. Shunda Alloh mazkur oyatni nozil qildi" (Ibn Abu Talha Sa'libiy rivoyati).
No‘monxon Yahyoxon,
Toshkent islom instituti talabasi