Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Yanvar, 2025   |   13 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:35
Shom
17:19
Xufton
18:38
Bismillah
13 Yanvar, 2025, 13 Rajab, 1446

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni himoya qilishni istasangiz

7.09.2020   2565   5 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni himoya qilishni istasangiz

 

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo'lsin.

Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Sevikli Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga muhabbatli bo'lish mukammal mo'minlik belgisidir. Bu haqda Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

عَنْ أَنَسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ:لاَ يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى أَكُونَ أَحَبَّ إِلَيْهِ مِنْ وَالِدِهِ وَوَلَدِهِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَمُتَّفَقٌ عَلَيْهِ.

Sizlardan birortangiz men unga farzandi, otasi va barcha insonlardan mahbubroq bo'lmagunimcha (komil) mo'minbo'laolmaydi”, dedilar (Muttafaqunalayh)

Ushbu hadisda komil mo'min bo'lish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga muhabbatli bo'lish lozimligi bayon qilinmoqda.

Chindan ham, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam mo'minlar uchun barcha muhabbat qilinadigan kishilaridan ko'ra, sevishlikka haqlidirlar. Bu haqda Alloh taolo bunday marhamat qiladi:

﴿النَّبِيُّ أَوْلَى بِالْمُؤْمِنِينَ مِنْ أَنْفُسِهِمْ

Nabiymo'minlaruchuno'zlaridanko'rahaqlidir”. (Ahzob surasi, 6-oyat)

Ammo so'nggi yillarda sevikli Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sha'nlariga yolg'on to'quvchilar, u zotga atab turli mazax (karikatura)larni ishlab chiquvchilar paydo bo'lib, ko'payib bormoqda. Bunday odobsizlikni qiluvchilar haqida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh bunday degan edilar:BizRasulullohsollallohualayhivasallamniyaxshitanimadik, tanitaolmadik. Agarularuzotnitanishganida, bundaybeodobliklargajur'atqilaolishmasedi.

Darhaqiqat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni himoya qilish u zotning siyratlarini, sunnatlarini ko'proq o'rganish, ularga avvalo o'zimiz amal etishimiz bilan bo'ladi.

Habibimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini sevishimiz va go'zal xulqimiz ila ahli-oilamiz hamda butun insoniyatni ham sevdira olishimiz bilan bo'ladi.

Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytadilar:

فكان عالمة حبهم إياه إتباع سنة رسوله

Insonlarning Allohga bo'lgan muhabbatlarining alomati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashishdadir”.

Alloh taolo har bir ishda ummatlariga namuna bo'lgan, Robbul a'lamiyn O'zining kalomida: “Rasulullohda go'zal o'rnak bor” deya maqtagan sevikli Payg'ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning go'zal xulqlari, muborak sunnatlariga hayotimizning har bir soniyasida ergashimizga va unda bardavom bo'lishimizga tavfiq ato etsin!

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Siz kutayotgan kun hech qachon kelmaydi

10.01.2025   7570   2 min.
Siz kutayotgan kun hech qachon kelmaydi

G‘am-qayg‘usiz hayotni kutib yashayotgan qizga «Siz kutayotgan kun bu dunyoda hech qachon kelmaydi», deb aytish kerak.

Alloh taolo «Biz insonni mashaqqatda yaratdik», degan (Balad surasi, 4-oyat).

Bu hayot – g‘am-tashvishli, azob-uqubatli, mashaqqatli hayotdir. Mo‘min odam buni juda yaxshi tushunadi. Bu dunyoda qiynalsa, azob cheksa, oxiratda albatta xursand bo‘lishini biladi. Inson mukammal baxtni faqatgina oxiratda topadi. Shuning uchun ulug‘lardan biriga «Mo‘min qachon rohat topadi?» deb savol berishganda, «Ikkala oyog‘ini ham jannatga qo‘yganida», deb javob bergan ekan.

Allohning mehribonligini qarangki, oxirat haqida o‘ylab, unga tayyorgarlik ko‘rish hayotni go‘zal qiladi, qayg‘ularni kamaytirib, uning salbiy ta’sirini yengillatadi, qalbda rozilik va qanoatni ziyoda qiladi, dunyoda solih amallarni qilishga qo‘shimcha shijoat beradi, musibatga uchraganlarni bu g‘am-tashvishlar, azob-uqubatlar bir kun kelib, bu dunyoda bo‘lsin yoki oxiratda bo‘lsin, baribir yakun topishiga ishontiradi. Oxirat haqida o‘ylab, faqat solih amallar qilishga intilish insonni baxtli qiladi.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Kimning g‘ami oxirat bo‘lsa, Alloh uning qalbiga qanoat solib qo‘yadi, uni xotirjam qilib qo‘yadi, dunyoning o‘zi unga xor bo‘lib kelaveradi. Kimning g‘ami dunyo bo‘lsa, Alloh uning dardini faqirlik qilib qo‘yadi, parishon qilib qo‘yadi, vaholanki dunyodan unga faqat taqdir qilingan narsagina keladi».

Alloh taolo faqat oxirat g‘ami bilan yashaydigan (oxirat haqida ko‘p qayg‘uradigan, har bir amalini oxirati uchun qiladigan) qizning qalbini dunyoning matohlaridan behojat qilib qo‘yadi. Qarabsizki, bu qiz har qanday holatda ham o‘zini baxtli his qiladi, hayotidan rozi bo‘lib yashaydi. Xotirjamlikda, osoyishtalikda, qanoatda yashagani uchun istamasa ham qo‘liga mol-dunyo kirib kelaveradi. Zero, Alloh taolo oxirat g‘amida yashaydigan, shu bilan birga, hayotiy sabablarni ham qilish uchun harakatdan to‘xtamagan kishining rizqini kesmaydi, uni ne’matlariga ko‘mib tashlaydi.

Ammo Alloh taolo bor g‘am-tashvishi dunyo bo‘lgan qizni faqirlar qatorida qilib qo‘yadi. Bunday qiz mol-dunyoga ko‘milib yashasa ham, o‘zini faqir, bechora his qilaveradi. Natijada dardi yangilanaveradi, dardiga dard qo‘shilaveradi, fikrlari tarqoq bo‘lib, iztirobga tushadi. Afsuski, shuncha yelib-yugurgani bilan faqat dunyoning ne’matlariga erisha oladi, oxiratda nasibasi bo‘lmaydi.

Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh,
Abdulhamid Umaraliyev 
tarjimasi.