MDH Davlat rahbarlari kengashining shu yil 13 oktyabr' kungi yig'ilishida Samarqand shahrini 2024-yilda Hamdo'stlikning madaniy poytaxti deb e'lon qilish to'g'risida qaror qabul qilindi. Bu haqda mynamaz.ru xabar bermoqda.
MDH Ijroiya qo'mitasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, Hamdo'stlikka a'zo davlatlar hukumatlariga dastur tadbirlarida o'z davlatlari vakillarining ishtirokini tashkil etishda yordam ko'rsatish topshirildi.
Davlat rahbarlari, Gumanitar hamkorlik bo'yicha davlatlararo jamg'arma, MDHga a'zo davlatlarning madaniy hamkorlik kengashi, hamkorlikning boshqa manfaatdor soha organlari va Hamdo'stlik ijroiya qo'mitasiga Samarqand shahrida madaniy tadbirlarni qo'llab-quvvatlash imkoniyatlarini ko'rib chiqishni topshirdi.
Ma'lumot uchun, Samarqand dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri bo'lib, 1924 yilda Sovet O'zbekistonining birinchi poytaxti bo'lgan, respublikada uchinchi yirik shahar (2023-yil 1 yanvar holatiga ko'ra shaharda 573,2 ming kishi ro'yxatga olingan).
Bugungi kunda Samarqandda 14 ta arxeologik yodgorlik, 410 ta me'moriy yodgorlik, 23 ta diqqatga sazovor joy, 36 ta yodgorlik, jami 483 ta moddiy-madaniy meros ob'ektlari mavjud. Tarixiy binolarning aksariyati Samarqand temuriylar saltanatining poytaxti bo'lgan 15-17-asrlarga to'g'ri keladi.
2001 yilda Samarqand shahrining tarixiy qismi “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” nomi bilan YuNYeSKOning Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
#xabar #muftiy #juma
Bugun, 18 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari juma namozini Toshkent shahridagi "Yakkasaroy" jome masjidida ado qildilar.
Muftiy hazratlari jamoat namozidan oldin yig‘ilganlarga “O‘zganing haqqidan hazar qilaylik!” mavzusida manfaatli suhbat qilib berdilar.
Mav’izada bugungi kunda birovning molini noto‘g‘ri yo‘l bilan yeyish va o‘zganing xaqqiga xiyonat qilishdek og‘ir gunohlar, jumladan, qarzini qaytarmaslik, tarozidan urish, mualliflik huquqini poymol qilish, poraxo‘rlik, qimorbozlik, firibgarlik kabi illatlardan hazar qilish lozimligini qat’iy ta’kidladilar.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Qur’oni karimdagi: “Ey, imon keltirganlar! Mol-mulklaringizni o‘rtada nohaq (yo‘llar) bilan yemangiz!...” (Niso surasi, 29) oyatini sharhlash asnosida Alloh taolo insoniyatni Yer yuzida halol rizq talab qilishga amr etgani, uning aksi bo‘lmish haromdan hazar qilishga buyurgani hamda halol va harom narsalarni ochiq bayon qilganini aytib o‘tdilar.
Suhbat yakunida Haq taolodan elu yurtimiz tinchlik-farovonligi va halol-pok molu davlat topish, nohaq-botil yo‘llar orqali keladigan mollardan asrashini so‘rab xayrli duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati