Sayt test holatida ishlamoqda!
17 May, 2025   |   19 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:27
Quyosh
05:03
Peshin
12:24
Asr
17:26
Shom
19:40
Xufton
21:10
Bismillah
17 May, 2025, 19 Zulqa`da, 1446

Ayol borki, olam munavvar

28.08.2020   3224   4 min.
Ayol borki, olam munavvar

Yurtimida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini yanada yuksaltirishga alohida e'tibor berilgan. Ushbu vaziyatni hattoki, Davlat siyosati darajasiga ham ko'tarilganligiga guvoh bo'lib turibmiz. Sir emas, o'tgan yillar ichida bu sohada talaygina yumushlar amalga oshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Hotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni shu maqsadda qabul qilindi.
Hotin-qizlarga e'tibor hamma vaqt barcha sa'y-harakatlarimiz markazida bo'lishi, hammamizning vazifamizga aylanishi kerak, dedi davlatimiz rahbari. Oilaga e'tibor aslida bu o'zligimizga e'tibordir. Aslida qadim ajdodlarimizning o'gitiga ko'ra, beva bechora, etim-esirning boshi silash savobdir.Shuningdek, dinimiz ayolning sharafi, iffati, haq-huquqlarini ta'minlab berdi. Islom dini bundan o'n besh asr muqaddam ayolni yuqori martabaga ko'tardi. Erkaklar zimmasiga o'z ayollariga yaxshilik qilish, xushmuomila bo'lish, ozor bermaslik, ilm olishiga va dinini o'rganishiga imkon berish, taom, kiyim, boshpana va ro'zg'or ashyolari bilan ta'minlash, nikohda mahrini berish kabi ko'plab majburiyatlar yuklangan.Din ta'limotlariga rioya qilgan holda, joni, sog'ligi, aqlini saqlash va rivojlantirish, aqli va jismi islohoti bilan bog'liq bo'lgan hamma ishda ayol erkak bilan barobar huquqga ega. Bu haqda Qur'oni karimda marhamat qilib aytiladiki, ya'ni: “Erkakmi yo ayolmi-kimda kim mo''min bo'lgan holida biror ezgu ish qilsa, bas, Biz unga yoqimli hayot bahsh eturmiz va ularni o'zlari qilib o'tgan go'zal (solih) amallari barobaridagi mukofot bilan taqdirlaymiz.” ( Nahl surasi -97)
Davlat rahbarining tashabusi bilan barcha mahalla fuqarolar yig'inlarida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo'yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo'linmalari tashkil etilib, aniq vazifalari, maqomi belgilandi. Va o'z-o'zidan ayonki, Mirobod tuman hokimligi rahbariyati bu kabi vazifalarni o'zlariga dasturilamal qilib belgilab olishgan.
Bugungi kunda jamiyatimizdagi mavjud muammoni, hatto kelajagi buyuk davlat qurish vazifasini ham ayollar ishtirokisiz hal qilish mushkul. Kelajagi buyuk davlat qurish borasida biz, eng avvalo, yosh avlodga tayanamiz.Farzandni kamolga etkazish oilaviy tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yishdan boshlanadi. Oiladagi o'g'il-qizlarimizning qanday insonlar bo'lib etishishi hammadan burun ayollarimizga bog'liq. Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barakot kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo'tabar onalarimiz, munis opa - singillarimizdir. Oqila, go'zal ayollar o'zlarining g'amxo'rligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Onani e'zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan fazilat. Ayollarni qancha ulug'lasak, hayotimizning chirog'i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo'lamiz. Payg'ambarimiz (s.a.v.): “Mo'minlarning imon jihatidan komilrog'i xulqi yaxshi bo'lganlaridir. Sizlarning yaxshilaringiz o'z ahli ayollariga yaxshi bo'lganlaringizdir”. (Imom Termiziy rivoyati.)
Tan olib aytmoq joizki, Mirobod tumanida ham xotin-qizlarga alohida rag'bat ko'rsatmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida ularning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlarni yaratilmoqda.
Mirobod tumani hokimligi, imom xatiblari, otinlar, keng jamoatchilik va tuman Kengashi deputatlari ayolga bo'lgan munosabatda doimo ularni qadrlashga, xotin-qizlarga nisbatan hurmat va izzatda bo'lishga da'vat etishmoqda.

Al-Badr jome masjidi imomi xatibi

Odil domla  Holmurodov 

 
 
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bosh imom-xatib juma namoziga Tayloqdagi “O‘rta” masjidga bordi

16.05.2025   7350   1 min.
Bosh imom-xatib juma namoziga Tayloqdagi “O‘rta” masjidga bordi

Bugun, 16 may kuni Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov Tayloq tumanidagi “O‘rta” masjidga bordi. Domla juma namozidan oldin “Kamtarga kamol, manmanga zavol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ma’ruza qildi.


Ma’ruzada insonning ichki kamolotga erishishida kamtarlikning naqadar muhim ekani, manmanlik va kibr kabi xulqlarning inson va jamiyat uchun keltirishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Islom axloq-odobining oliy qoidalari, nafsni tarbiyalash, jamiyatda o‘zaro hurmat va insofni qaror toptirish kabi mavzular keng yoritildi.


Juma namozini o‘qish asnosida yurt tinchligi, el-yurt farovonligini so‘rab duo qildilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Bosh imom-xatib juma namoziga Tayloqdagi “O‘rta” masjidga bordi Bosh imom-xatib juma namoziga Tayloqdagi “O‘rta” masjidga bordi Bosh imom-xatib juma namoziga Tayloqdagi “O‘rta” masjidga bordi Bosh imom-xatib juma namoziga Tayloqdagi “O‘rta” masjidga bordi Bosh imom-xatib juma namoziga Tayloqdagi “O‘rta” masjidga bordi Bosh imom-xatib juma namoziga Tayloqdagi “O‘rta” masjidga bordi
O'zbekiston yangiliklari