Sayt test holatida ishlamoqda!
07 May, 2025   |   9 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:13
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:30
Xufton
20:55
Bismillah
07 May, 2025, 9 Zulqa`da, 1446

Ro'zadorlarga mukofotlar muborak bo'lsin!

09.04.2024   8715   2 min.
Ro'zadorlarga mukofotlar muborak bo'lsin!

1. Jannatdagi “Rayyon” eshigi muborak bo'lsin!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Jannatda bir eshik bor, uni “Rayyon” deb ataladi. Qiyomat kuni undan ro'zadorlar kirishadiulardan boshqa hech kim undan kirmaydi”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).


2. Do'zaxdan uzoq bo'lish muborak bo'lsin!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi bir banda Alloh yo'lida bir kun ro'za tutar ekan, Alloh taolo uning yuzini shu tufayli etmish kuz (etmish yillik masofaga) do'zaxdan uzoq qiladi”(Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).


3. Ro'zaning shafoati muborak bo'lsin!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ro'za va Qur'on ikkisi Qiyomat kuni bandani shafoat qiladi",deganlar (Imom Ahmad rivoyati).


4. Alloh taologa ro'baro' bo'lgandagi xursandchilik muborak bo'lsin!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “... Robbisiga yo'liqqanda, ro'zasi ila xursand bo'ladi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).


5. Do'zaxdan omonlik muborak bo'lsin!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ramazonda har kecha Allohning do'zaxdan ozod qilinadiganlari bo'ladi”,deganlar (Imom Termiziy rivoyati).


6. O'tgan gunohlaringiz kechirilgani muborak bo'lsin!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:“Kim iymon bilan, savob umidida Ramazon ro'zasini tutsa, uning o'tgan gunohlari mag'firat qilinadi”, deganlar (Imom Nasoiy rivoyati).


7. Qabul bo'lgan duolar muborak bo'lsin!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ro'zadorning duosi rad etilmaydi”,deganlar (Imom Ibn Hibbon rivoyati).


8. Allohning mukofoti muborak bo'lsin!

Alloh taolo hadisi qudsiyda aytadi: “...faqat ro'za Men uchundir va uning mukofotini Men O'zim berurman” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Alloh taolo O'zi muvaffaq etib tutgan ro'zalarimizni O'zining roziligi bilan mukofotlasin!

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar

Kim Alloh uchun haj qilsa...

05.05.2025   3894   1 min.
Kim Alloh uchun haj qilsa...

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim Alloh uchun haj qilib, fahsh so‘z aytmasa va fisqu fasod qilmasa, xuddi onasidan yangi tug‘ilgandek bo‘lib qaytadi", dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).