1. Jannatdagi “Rayyon” eshigi muborak bo'lsin!
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Jannatda bir eshik bor, uni “Rayyon” deb ataladi. Qiyomat kuni undan ro'zadorlar kirishadiulardan boshqa hech kim undan kirmaydi”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
2. Do'zaxdan uzoq bo'lish muborak bo'lsin!Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qaysi bir banda Alloh yo'lida bir kun ro'za tutar ekan, Alloh taolo uning yuzini shu tufayli etmish kuz (etmish yillik masofaga) do'zaxdan uzoq qiladi”(Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
3. Ro'zaning shafoati muborak bo'lsin!Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Ro'za va Qur'on ikkisi Qiyomat kuni bandani shafoat qiladi",deganlar (Imom Ahmad rivoyati).
4. Alloh taologa ro'baro' bo'lgandagi xursandchilik muborak bo'lsin!Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “... Robbisiga yo'liqqanda, ro'zasi ila xursand bo'ladi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
5. Do'zaxdan omonlik muborak bo'lsin!Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ramazonda har kecha Allohning do'zaxdan ozod qilinadiganlari bo'ladi”,deganlar (Imom Termiziy rivoyati).
6. O'tgan gunohlaringiz kechirilgani muborak bo'lsin!Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:“Kim iymon bilan, savob umidida Ramazon ro'zasini tutsa, uning o'tgan gunohlari mag'firat qilinadi”, deganlar (Imom Nasoiy rivoyati).
7. Qabul bo'lgan duolar muborak bo'lsin!Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ro'zadorning duosi rad etilmaydi”,deganlar (Imom Ibn Hibbon rivoyati).
8. Allohning mukofoti muborak bo'lsin!Alloh taolo hadisi qudsiyda aytadi: “...faqat ro'za Men uchundir va uning mukofotini Men O'zim berurman” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).
Alloh taolo O'zi muvaffaq etib tutgan ro'zalarimizni O'zining roziligi bilan mukofotlasin!
Davron NURMUHAMMAD
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov tomonidan muassasa o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalariga "Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’milash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi"ning mazmun-mohiyatini ifoda etuvchi maxsus kurs mashg‘uloti o‘tib berildi.
Tadbir davomida Konsepsiyada mustahkamlangan vijdon erkinligi tamoyillari, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari keng yoritildi. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Manba: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati