Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Dekabr, 2024   |   24 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:22
Bismillah
25 Dekabr, 2024, 24 Jumadul soni, 1446

Ramazon hayitini qanday o'tkazamiz?

9.04.2024   437   5 min.
Ramazon hayitini qanday o'tkazamiz?

1. Ramazon hayitiga o'tar kechani bedor o'tkazish.

Hayit kuniga o'tar kechani Qur'on tilovati, zikr, tasbeh va nafl namozlar bilan o'tkazish ulkan savoblarga sabab bo'ladi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallam: “Kim ikki iyd kechalarini Allohdan savob umidida qoim qilsa, qalblar o'ladigan kunda uning qalbi o'lmas”, deganlar (Ibn Moja, Tabaroniy rivoyati).


2. G'usl qilish
.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr, azho va arafa kunlari g'usl qilar edilar”(Ibn Moja rivoyati).


3. Eng yaxshi, yangi yoki toza kiyimlarni kiyib, xushbo'ylanish
.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayit namoziga chiroyli to'nlarini kiyib chiqardilar.


4. Hayit namoziga chiqishdan oldin biror narsa tanovul qilish.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr kuni bir nechta xurmo tanovul qilib chiqardilar. Toq er edilar” (Imom Buxoriy va Imom Termiziy rivoyati).


5. Masjidga imkon qadar piyoda va ertaroq borish
.
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki hayit namoziga piyoda yurib chiqardilar” (Ibn Moja rivoyati).


6. Masjidga etib etguncha “Laa ilaha illalloh” va “Allohu akbar” kabi zikrlarni aytib borish.


7. Hayit namozidan oldin boshqa biror nafl namoz o'qimaslik.
Masjidga borgandan so'ng tahiyyatul masjid yoki boshqa biror nafl namoz o'qilmaydi, balki zikr qilib o'tiriladi.


8. Namozga bir ko'chadan borib, boshqasidan qaytish.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday qilar edilar.


9. Hayit bilan muborakbod etish
.
Sahobalar: “Taqobbal Alloh minna va minkum (Alloh bizdan ham, sizdan ham qabul etsin), deb bir-birlarini bayram bilan tabriklashardi.


10. Ahli ayol va yosh bolalarni xursand qilish
.
Oilada bayram kayfiyatini paydo qilish, sovg'a-hadyalar ulashish kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning eng yaxshingiz o'z ahli ayoliga yaxshi munosabatda bo'lganingizdir”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).


11. Qavm-qarindosh, yosh ulug'larni ziyorat qilish.


12. Tanish-bilish, yoru do'st, qo'ni-qo'shnilarni bayram bilan tabriklash.

Alloh taolo tutgan ro'za, qilayotgan solih amal va duolaringizni husni qabul etsin! Ramazon hayitingiz muborak bo'lsin!

 Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Bu ishingni hech kimga aytma...

24.12.2024   1542   1 min.
Bu ishingni hech kimga aytma...

Rivoyat qilinishicha, bir kuni sahroda bir otliq kishi ketib borardi. Cho‘lda sarson bo‘lib, adashib chanqoqdan tinkasi qurigan bir kishini uchratdi. Bu odam otliqdan suv so‘radi, otliq unga suv berdi. Yo‘lovchi biroz o‘ziga kelgach otliqdan uni o‘zi bilan olib ketishini iltimos qildi. Otliq rozi bo‘ldi va yo‘lovchini otiga minishiga izn berdi.

Ammo, yo‘lovchi ko‘p toliqqani uchun otga o‘zi mingasha olmadi va: "Men chavandoz emasman, oddiy dehqonman, shuning uchun otga minishga o‘rganmaganman. Iloji bo‘lsa menga otga minishimga yordamlashib yuborsangiz", deb iltimos qildi.

Otliq otdan tushib, unga yordam berdi. Biroq, yo‘lovchi otga mingach, mohir chavandoz kabi otni choptirib qochib qoldi.
Shunda otliq o‘zini aldanganini angladi va qochayotgan o‘g‘rining ortidan qichqirib: "Menga qilgan bu ishingni hech kimga aytma, iltimos! Yo‘qsa, odamlar bir-birlariga muruvvat qilmay qo‘yadilar", dedi.

Homidjon domla ISHMATBЕKOV