Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

Ko'z quvonchi

08.04.2024   2867   4 min.
Ko'z quvonchi

«Ular: “Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko'z quvonchini baxsh et va bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin!” deydigan kishilardir» (Furqon, 74).

Furqon surasidagi bu oyati karimada Rahmonga suyukli bandalarning eng go'zal sifatlaridan biri zikr etilgan. Ya'ni, bu duo Rahmonning suyukli bandalari qiladigan duolardan biridir.

«Parvardigoro, xotinlarimizdan va zurriyotlarimizdan bizlarga ko'z quvonchini baxsh et...» Ya'ni, xotinlarimizni bizlar uchun dunyo va oxiratda baxtu saodat manbai qilgin. Zero, yaxshi xotin erining dunyoviy ishlarida ham, uxroviy ishlarida ham ko'makdosh bo'ladi. Dunyoning tashvishlarini engishda eriga sabru qanoat tilaydi, uning ko'nglini ko'tarib, dalda bo'ladi. Eri yumushdan horib, charchab kelganida ochiq chehra bilan kutib oladi, orom olishi uchun joy hozirlaydi, uy-ro'zg'or ishlarini saranjom-sarishta tutadi. Imkoni boricha erining ko'nglini olishga harakat qiladi. Unday ayol erkak uchun Alloh taoloning katta ne'matidir. Erkak kishi uchun dunyoda soliha jufti haloldan ko'ra yaxshi ne'mat yo'qligi hadisi sharifda aytilgan.

Buyuk vatandoshimiz Hakim Termiziy “Navodirul usul fi ahodisir rosul” nomli kitobida qanday ayol yaxshi ekani haqida alohida fasl ajratib, dalil sifatida ushbu hadisni keltiradi: «Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: “Bandaga dunyoda berilgan ne'matlar ichida eng yaxshisi uning imonini mustahkamlashiga ko'maklashadigan mo'mina xotindir”».

Luqmon (alayhissalom) aytadi: “Soliha ayol bamisoli podshohning boshidagi tojdir. Yomon ayol bamisoli munkillagan cholning ustiga ortilgan og'ir yukdir”.

Oyatdagi «zurriyotlarimizdan» kalimasida farzandlar ko'zda tutilgan. Darhaqiqat, ota uchun farzandidan ko'radigan yaxshilikdan ortiq yaxshilik yo'q. Har bir ota farzandining odobli, ilmli, Alloh taologa itoatli va ibodatli bo'lishini istaydi.

Mazkur oyatdagi «ko'z quvonchi» deb tarjima qilingan «qurrotu ayn» jumlasiga e'tibor beraylik. «Ayn» so'zi arab tilida ko'z demakdir. «Qurrotun» so'zining esa bir necha ma'nolari bor. U bir joyda sobit turmoq, qaror topmoq, xursandchilik, surur, sovuq ma'nolarini anglatadi. Ko'z inson tanasidagi eng nozik a'zo bo'lgani uchun Alloh taolo uni tashqi ta'sirlardan himoyalab qo'ygan.

Insonning mo''tadil tana harorati 36.6 daraja bo'lgani holda, ko'zning harorati 9 darajani tashkil etadi. Tana haroratining mo''tadil holatidan ko'tarilishi kishining kasal ekaniga dalolat qilsa, ko'z haroratining ko'tarilishi uning xafaligi belgisi bo'ladi. Shuning uchun ham xotirjam kishining ko'zidan oqqan yosh sovuq, xafa kishining ko'zyoshi esa issiq bo'lar ekan. Demak, ko'zning harorati darajasi o'zgarmay, sobit turishi kishining xotirjamligi, xursandligiga bog'liqdir. Darhaqiqat, kishining xotini itoatli va bolalari ahli solih bo'lsa, ko'zlari quvonchga to'ladi, ya'ni xotirjam va xursand bo'ladi.

«...bizlarni taqvodorlarga peshvo qilgin!» “Peshvo” – imom deganidir. Imom esa odamlarni ortidan ergashtiruvchi kishidir. Imom odamlarni yaxshilikka boshlaydi, faqat yaxshilik borasida o'zgalarga o'rnak bo'ladi. Kishi dunyoda kimga ergashgan bo'lsa, qiyomat kunida o'sha bilan birga bo'ladi, mazmunidagi oyati karima bor. Shuning uchun suyukli bandalar, “Bizlarni odamlarga faqat yaxshilikda namuna bo'ladigan peshvolardan qilgin, odamlarga yomonlikni o'rgatadigan, o'zgalarga yovuzlikda namuna bo'ladiganlardan qilmagin”, deb duo qilishadi.

Alloh taolo barchalarimizni ana shunday duo qiluvchilardan va duolari ijobat bo'luvchilardan qilsin. Omin!

Tafsir kitoblari asosida

O'MI raisining birinchi o'rinbosari

Ustoz Homidjon domla IShMATBYeKOV tayyorladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh tutgan yo‘l

04.08.2025   1011   1 min.
Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahulloh tutgan yo‘l

#Imom_Moturidiy

يقول أبو المعين النسفي : "والشيخ الإمام أبو منصور الماتريدى رحمه الله كان من أشد الناس اتباعًا لأبي حنيفة فى الأصول والفروع جميعا"

Abul Mo‘iyn Nasafiy rahimahulloh aytadilar: "Usulda ham, furu’da ham, Imom Abu Hanifa yo‘lini tutgan odamlarning eng mahkami Imom Abu Mansur Moturidiy rahimahullohdir".  

"At-Tamhid li-qavoidit-tavhid" kitobi (23-bet)

Manba: @AhliSunnaValJamoaUz

INFOGRAFIKA