Bugungi kunda bo'layotgan to's-to'polonlar, urush-janjallar, nohaq qon to'kilishi, notinchlik hamda obod joylarning vayron etilishidagi eng katta va asosiy sabab odamlarda Vatanga bo'lgan muhabbatning yetishmasligidir.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati
Bugun, 17 sentyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahridagi Mustaqillik saroyida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev raisligida navbatdagi VIII Jahon va an’anaviy dinlar yetakchilari qurultoyi ish boshladi.
“Dinlar muloqoti: kelajak yo‘lida sinergiya” shiori ostida o‘tayotgan mazkur xalqaro tadbirda 60 mamlakatdan yuzdan ziyod delegatsiya, jumladan jahon dinlari yetakchilari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, siyosatshunos hamda jamoat arboblari kelishgan. Ular qatorida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov ham ishtirok etmoqda.
Qurultoyning asosiy maqsadi – turli din va konfessiyalar vakillari o‘rtasida o‘zaro muloqot va hamkorlikni mustahkamlash, tinchlik, totuvlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini taraqqiy ettirishga qaratilgan. Shuningdek, global muammolar – terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, iqlim o‘zgarishi, ta’lim, salomatlik va iqtisodiy rivojlanish kabi masalalar ham muhokama markazida.
Qozog‘iston Repsublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qurultoyning ochilish marosimida so‘zga chiqib, diniy va madaniy turfa xillikka e’tibor qaratishi bilan mamlakatni “sharq va g‘arb, shimol va janubni bog‘lovchi ko‘prik” sifatida ta’rifladi. Uning ta’kidlashicha, turli din vakillari o‘rtasidagi hamjihatlik insoniyatning barqaror va farovon kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega.
Anjuman doirasida turli seksiyalar va davra suhbatlari tashkil etilgan. Ertaga, 18 sentyabr kuni Yosh diniy yetakchilarning II forumi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati